Oziq-ovqat kimyosi
Oziq-ovqat mahsulotlari oqsillari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
2.1. Oziq-ovqat mahsulotlari oqsillari 2.1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillarning inson oziqlanishidagi ahamiyati Oqsil moddalar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy azotli tarkibiy qismi hisoblanadi, oziq moddalarida organizm hayotida asosiy o‘rin tutadi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillar organizm uchun juda muhim bo‘lib, ayniqsa organizmning to‘qimalari oqsilini yangilashda katta rol o‘ynaydi. Odam organizmida oqsillarning 100000 dan ortiq turlari mavjud va ular turli xil funksiyalarni bajaradi. Tabiatda mikroorganizmlardan tortib to insongacha 1,2 millionga yaqin turli organizmlarni tarkibida oqsillarni turlari 1 mlrdan 100 mlrdni tashkil etadi. Oqsillarni bunday turli tumanligi ular tarkibidagi 20 ta α- aminokislotalarni bir-biri bilan turli nisbatda va ketma-ketlikda bog‘lanishi natijasida shakllangan. Ularni molekulyar massasi 5 mingdan 1 mln. Daltongacha bo‘ladi. Har bir tirik organizm o‘ziga xos oqsil yig‘indisi bilan farqlanadi va bu oqsil tuzilishi haqida irsiy belgilar hujayra DNKda kodlangan. Oqsillar inson oziqlanishida muhim o‘rinni egallaydi. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti va federal agrosanoat uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra insonni 1 kunda oqsilga bo‘lgan talabi - 60-100 g ni tashkil etadi. Yoki oziq-ovqat mahsulotini umumiy kaloriyasini 12-15% tashkil etishi kerak. Umumiy energiyani 6-8% hayvon va o‘simlik oqsiliga to‘g‘ri kelishi kerak. Insonni 1 kg vazniga 1 gramm, bolalarni yoshiga qarab 1grammdan 4 grammgacha talab qilinadi. Katta yoshli erkaklar uchun 73-120 gramm, ayollar uchun 60-90 gramm, jumladan hayvon oqsili 43-65 g erkaklar uchun va 43-49 gramm ayollar uchun. Og‘ir infeksion va jarrohlik kasalini, nafas olish, hazm qilish organlari kasallangan insonlar uchun oqsilga bo‘lgan talab 1 kunda 110- 120 g, qand diabeti bilan kasallanganlar uchun 135-140 g, buyrak xastaliklar uchun esa 20-40 g tashkil etadi. Hozirgi kunda har bir inson kuniga me’yordagi 70 g hayvon oqsilini o‘rniga 60 g iste’mol qilyapti. Yer yuzida oqsilga bo‘lgan tanqislik 10-25 mln.tonnani tashkil etadi. Yer yuzidagi 6 mlrd. aholini yarmi oqsil tanqisligini boshidan kechiryapti. 29 Ozuqaviy oqsillarni chorvachilikni rivojlantirish asosida ko‘paytirish o‘simliklarga nisbatan istiqboli kam. Chunki 1 kg hayvon oqsilini (go‘sht, sut tuxum) olish uchun 5-8 kg yem oqsilini sarflashga to‘g‘ri keladi. Ushbu muammoni yechishda so‘ngi yillarda rivojlanayotgan biotexnologik yo‘nalish - gen injenerligini istiqboli katta. Gen injenerligini mohiyati shundagi har qanday begona organizmni geni boshqa organizmga o‘tkaziladi va yangi foydali organizm olinadi. Gen injenerligi asosida olingan o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar genetik o‘zartirilgan va mahsulotlari transgen oziq- ovqat mahsulotlari deyiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirishni yana bir usuli yuqori hosildor, sovuqqa, suvsizlikka chidamli o‘simliklarni tatbiq etish orqali amalga oshirish mumkin. Genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molga chiqarish maxsus organlar orqali nazoratdan o‘tkaziladi, chunki bu mahsulotlar insonlarga zarari tegmasligi kerak. Oqsil tanqisligi oziqlanishni katta muammosi hisoblanadi. Oqsil tanqisligi har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday kasalliklardan biri kvashiorkor kasalligidir. Insonlarda kvashiorkor qisman yoki to‘liq och qolganda yoki to‘laqonsiz oqsil mahsulotlari iste’mol qilganda rivojlanadi. Kasallik oshqozon ichak funksiyasini buzilishi bilan kuzatiladi. Chunki oshqozon bezi kerakli miqdorda fermentlarni sintez qilishi sekinlashadi va hujayra shilimshiq qatlami yangilanmaydi. Organizmda azot balansi, suv-tuz balansi buziladi va organizmni rivojlanishi to‘xtaydi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling