Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar Oqsil, aminokislota, funksional guruhlar, polipeptid zanjir, dipeptid,tripeptid, fibrillyar oqsillar, globulyar oqsillar, oddiy oqsillar, murakkab oqsillar, proteinlar, proteidlar, gidratatsiya, degidratatsiya, denaturatsiya, destruksiya, kollagen, glyutin, ilvira. Takrorlash uchun savollar 1. Aminokislotalar tuzilishini aytib bering? 2. Aminokislotalar tarkibida nechta funksional guruh mavjud? 3. Oziq –ovqat mahsulotlarining oqsillari tarkibidagi aminokislotalar ular molekulalaridagi karboksil va amin guruhlarining soniga hamda kimyoviy tuzilishiga qarab qanaqa sinflarga bo‘linadi? 4. Oqsil molekulalarining tuzilishini aytib bering? 5. Oqsillarning birlamchi tuzilishi deb nimaga aytiladi? 6. Oqsillarning ikkilamchi tuzilishi deb nimaga aytiladi? 7. Oqsillarning uchlamchi tuzilishi deb nimaga aytiladi? 8. Oqsillarning to‘rtlamchi tuzilishi deb nimaga aytiladi? 55 9. Oziq –ovqat mahsulotlarining oqsillarini necha guruhga bo‘lish qabul qilingan? 10. Fibrillyar oqsillarning molekulalari tuzilishini aytib bering? 11. Globulyar oqsillarning molekulalari tuzilishini aytib bering? 12. Kollagen va elastin oqsillarining molekulasining shaklini aytib bering? 13. Oqsillarning amfoterlik xossalari nimalardan iborat? 14. Oqsillarning gidratlanishi deb nimaga aytiladi? 15. Oqsillarning degidratlanishi deb nimaga aytiladi? 16. Oqsillarning denaturatsiyasi deb nimaga aytiladi? 17. Oqsillarning destruksiyasi deb nimaga aytiladi? 2.7. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi peptidlar va ularning fiziologik ahamiyati 2.7.1. Peptidlarni hosil bo‘lishi Peptidlar kichik molekular massali modda bo‘lib aminokislotalar qoldig‘idan tashkil topgan. Tabiatda peptidlarni ikkita turlari mavjud bo‘lib, birinchi turi organizm faoliyatida sintezlanadi va fiziologik vazifasini bajaradi. Ikkinchi turlari organizmda fermentativ yoki kimyoviy gidrolizlanish natijasida hosil bo‘ladi. Fermentatatsiya natijasida peptidlarni hosil bo‘lishi oshqozon ichagida ovqat tarkibidagi oqsillarni o‘zlashtirilishida hosil bo‘ladi. Bu oshqozonda pepsin, gastriksin ta’sirida boshlanib va ichakda tripsin, ximotripsin, amino- va karboksipeptidaza ta’sirida tugallanadi. Kichik peptidlarni parchalanishi di- va tripeptidaza ta’sirida yuz beradi va erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi. So‘ngra bular organizmda so‘riladi va oqsillarni sinteziga sarflanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling