Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Peptidli- antibiotiklar. Bu guruh peptidlarga Bacillus brevis 
bakteriyasi sintezlaydigan gramitsidin S siklik antibiotik va Bacillus 
subtilius bakteriyasi sintezlaydigan surfaktin sirt-aktiv antibiotik kiradi. 
Ikkala antibiotik infeksion kasallik tarqatuvchi steptokokka va 
pnevmakokka qarshi kuchli antibiotik hisoblanadi. 
Mog‘or zambrug‘i Penicillium sintezlaydigan antibiotik dipeptid 
bo‘lib D-valin va sisteindan tashkil topgan. 
Ta’m beruvchi peptidlar. Bu guruhni eng muhim birikmalariga 
shirin va achchiq peptidlar kiradi. 
Shirin ta’m beruvchi peptidga aspartam L-α-aspartil-L-
fenilalaninni metilli efiri hisoblanadi. 
Aspartam saxarozaga nisbatan 180 marta shirin. Uzoq muddat 
saqlanganda va issiqlik bilan ishldov berilganda shirinligi kamayadi. 
Achchiq peptidlar pishloq va sut tarkibidagi oqsillarni (αs -kazein 
va β-kazein) sut kislotali bakteriyalarni proteinazalavri ta’sirida 


58 
parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu gidrofob birikmalar bo‘lib 2 
tadan 8 tagacha aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Gidroliz 
chuqur ketsa achchiq ta’m yo‘qoladi.
Protektorli peptidlar. Protektorli xususiyatga ega bo‘lgan va keng 
tarqalgan birikmaga glutation (γ-glutamilsisteinilglitsin) kiradi.
Glutation hamma hayvonlarda, o‘simliklarda, bakteriyalarda 
uchraydi, lekin eng ko‘p miqdorda achitqilarda va bug‘doy murtagida 
uchraydi. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyasiga kirishib, protektor 
rolini bajaradi, -SH gruppani oksidlanishdan saqlaydi. 
Oksidlovchini o‘ziga oladi. Glutationni oksidlanishi natijasida 
molekulyararo disulfid bog‘ hosil bo‘ladi. 
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar 
Peptid, 
fermentatatsiya, 
Peptidli 
buferlar, 
Peptid-gormonlar, 
Neyropeptidlar, Vazoaktiv peptidlar, Peptidli toksinlar, Peptidli-
antibiotiklar, Ta’m beruvchi peptidlar, Protektorli peptidlar

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling