Oziq-ovqat kimyosi


 Moyli o‘simlik urug‘i oqsillari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
2.8.3. Moyli o‘simlik urug‘i oqsillari 
Moyli o‘simlik tarkibidagi oqsillarni miqdori 14-37% ni tashkil 
etadi. Kungaboqar pistasida oqsillarni miqdori 15%, mag‘zida 16-19%, 
yer yong‘oqda 20-37%, chigit mag‘zida 34-37% ni tashkil etadi. 
Moyli o‘simlik urug‘i tarkibida 10-30% albumin va 90% ni 
globulin tashkil etadi. 
Globulinlarni molekulyar og‘irligi 15 kD 300 kD va undan ortiq 
bo‘ladi. Juda oz miqdorda 600 kD oqsil bo‘ladi. Hammasi aminokislota 
tarkibi bilan farqlanadi. 


61 
Hozirgi paytda ushbu manbalardan oqsilli mahsulotlar olish real 
imkoniyatlari mavjud. 
Moyli o‘simlik urug‘ida va kunjarasida noozuqaviy moddalar 
bo‘lib, bular olinayotgan konsentratlarni ozuqaviy qiymatini 
kamaytiradi. Bularga tripsin ingibitorlari kiradi. 
2.8.4. Kartoshka va meva-sabzavotlar tarkibidagi oqsillar 
Azotli moddalarni kartoshkada 2%, sabzavotlarda 1-2% va 
mevalarda 0,4-1,0 % bo‘lgani uchun bu turdagi mahsulotlar oqsil 
manbai sifatida katta ahamiyatga ega emas. Lekin kartoshka bundan 
istisno, chunki bu mahsulotni inson 1 kunda 330 g iste’mol qilishi 
oqsilga bo‘lgan talabni 8% ni tashkil etadi. Kartoshka tarkibidagi oqsilli 
azot sabzavot va meva tarkibidagi oqsilsiz azotdan 1,5-2,5 marta ko‘p. 
Kartoshka oqsili biologik to‘laqonli oqsil hisoblanadi, chunki 
tarkibida hamma o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar mavjud. Tuxum 
oqsiliga nisbatan biologik qiymati 85%, etalon oqsilga nisbatan 70%. 
Tarkibidagi muhim aminokislotalarga metionin, sistein va leysin kiradi. 
Kartoshka oqsilini 70% dan ko‘pini globulin, 30%dan kamini 
albumin tashkil etadi.
 
2.8.5. Go‘sht va sut oqsillari 
Go‘sht, sut va ular asosida olingan mahsulotlar organizm uchun 
kerakli oqsillarga boy bo‘lib, yaxshi o‘zlashtiriladi. Muskul to‘qima 
oqsillari to‘laqonli bo‘lib mol, qo‘y go‘shti oqsiliga yaqin. 
Birlashtiruvchi to‘qima oqsili va paylar to‘laqonli emas. Inson va 
hayvon organizmida muskul to‘qimalari qisqartirish funksiyasini, 
birlashtiruvchi va pay to‘qimalari esa struktura funksiyasini bajaradi. 
Hamma turdagi oqsillarni funksiyasi ularni fibrillyar tabiatiga 
asoslangan. 
Go‘sht mahsulotlari tarkibida oqsillarni miqdori 11dan 22% gacha 
bo‘ladi. Asosiy muskul oqsillariga miozin va aktin kiradi. Miozin 
muskul oqsillarini 55% ni tashkil etadi. Molekulyar massasi 460 kD. 
Muskul hujayrasida suvda eriydigan xromoproteid mioglobin 
mavjud bo‘lib, prostetik gruppa gem - siklik tetrapirroldan iborat. 
Shuning uchun qizil ranga ega.
Mioglobinni 
biologik 
funksiyasi 
gemoglobulinga 
o‘xshab 
kislorodni tashish emas, kislorodni zaxiralash hisoblanadi. Kislorod 


62 
tanqisligi sharoitida mioglobindan ajraladi muskul hujayrasidagi 
mitoxondriyasiga boradi va ATFni sintezi amalga oshiriladi. 
Hayvonot olamida eng ko‘p tarqalgan oqsillarga kollagen 
hisoblanadi. Kollagen – terini, qon tomirni, suyakni, shoxni va payni 
asosiy makromolekulasi. 
Kollagen - tashqi hujayra oqsili, lekin u hujayra ichida 
sintezlanadi.
Sut - bu geterogen sistema bo‘lib, dispers faza sifatida 
emulgirlangan yog‘ globuli va kazeinni kolloid mitsellasi hisoblanadi. 
Dispers muhit sifatida oqsil eritmasi, laktoza, tuzlar va vitaminlar 
hisoblanadi. Sut tarkibidagi oqsillarni miqdori 2,9-3,5% gacha bo‘ladi.
Ular ichida 2 ta asosiy guruhi mavjud: kazein va zarbdor oqsili 
hisoblanadi. Sut tarkibidagi asosiy oqsil kazein, oson hazm bo‘ladi va 
o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarni, kalsiy, fosfor, va bir qator 
fiziologik faol peptidlarni manbai hisoblanadi. 
Sut oqsillari yuqori biologik qiymatli mahsulot bo‘lib, u ortiqcha m
Sut tarkibida 20 tadan ortiq fermentlar mavjud (ksantinoksidaza, 
peroksidaza, katalaza, lipaza, xolinesteraza va boshqalar). 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling