Oziq-ovqat kimyosi
Oqsillarning biologik qiymati
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
2.2. Oqsillarning biologik qiymati
Tabiatda aminokislotalarni miqdori 300 ga yaqin. Ular 3 guruhga bo‘linadi: 1. Oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalar (20 ta). 2. Oqsil sintezida ishtirok etadigan va boshqa aminokislotalardan hosil bo‘ladigan aminokislotalar. 3. Erkin aminokislotalar. Oziqlanish nuqtai-nazaridan o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar muhim ahamiyatga ega. Bu aminokislotalar inson organizmida sintez bo‘lmaydi va organizmga ozuqa orqali kirishi kerak. 30 O‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar 8 ta (fenilalanin, triptofan, leysin, valin, izoleysin, lizin, metionin, treonin), qisman o‘rni qoplanadiganlarga 2 ta (arginin, gistidin) va to‘liq o‘rni qoplanadigan aminokislotalar 10 ta. Arginin va gistidin yosh o‘sayotgan organizmlar uchun zarur. Organizmda bironta o‘rni qoplanmaydigan aminokislota yetishmasa azotli balans buziladi, markaziy nerv sistemani faoliyati shikaslanadi, rivojlanish to‘xtaydi avitaminoz kasalligiga olib keladi. 1 ta o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarni yetishmasligi boshqa aminokislotalarni to‘liq o‘zlashtirilishini kamaytiradi. Organizmni faoliyatida o‘rni qoplanmaydigan aminokislotlarga bog‘liqliginin aniqlash uchun oqsillarni biologik qiymati kimyoviy usul bilan belgilanadi. Buning uchun aminokislota skori aniqlanadi. Skor (oziq-ovqat mahsulotlari oqsilining biologik qiymati, KS) bu mahsulot tarkibidagi o‘rni qoplanmaydigan aminokislotlarni (AK mahsulot ) etalon sifatida qabul qilingan o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarga (AK etalon ) nisbati. Uni hisoblashda quyidagi formula ishlatiladi: Etalondagi aminokislota miqdori 2- jadvalda keltirilgan. 2- jadval Insonni kundalik hayotida o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarga bo‘lgan talabiga tavsiya (mg/g oqsil uchun) O‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar Xalqaro sog‘liqni saqlash uyushmasi tavsiyasi (2005 yil) Katta yoshdagi insonlar Inson vazniga nisbatan mg/kg 2-5 yoshdagi bolalar 10-12 yoshdagi bolalar O‘smir bolalar Izoleysin 28 28 13 40 10 Leysin 66 44 19 70 14 Lizin 58 44 16 55 12 Metionin + sistin 25 22 17 35 13 Fenilalanin + tirozin 63 22 19 60 14 Treonin 34 28 9 40 7 Triptofan 11 9 5 10 3,5 Valin 35 25 13 50 10 Oqsillarni biologik qiymatini aniqlashni boshqa usuli o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarni indeksini aniqlashga asoslangan (INAK). Indeks quyidagi formula bilan aniqlanadi: 31 Bu erda: p-aminokislotalar soni; b-tekshirilayotgan oqsil tarkibidagi aminokislota miqdori, e- etanol tarkibidagi aminokislota miqdori. O‘simlik va hayvon oqsili bir biridan biologik qiymati bilan farqlanadi. Hayvon oqsilini aminokislota tarkibi inson oqsili tarkibiga yaqin. Hayvon oqsili to‘laqonli hisoblanadi. O‘simlik oqsili tarkibida lizin, triptofan, treonin va boshqa aminokislotalar go‘sht va tuxum oqsiliga nisbatan kam bo‘lgani uchun to‘laqonli emas. Bug‘doy oqsili tarkibida lizin va treonin miqdori kam. Lekin bu aminokislotalar sut oqsili kazeinda ko‘p. Kazeinda oltingugurt tutuvchi aminokislota bug‘doy tarkibidagi aminokislota bilan kompensatsiyalash mumkin. Oqsillarni biologik qiymati aminokislota tarkibidan tashqari ularni hazm bo‘lish darajasi bilan ham belgilanadi. Hazm bo‘lish darajasi fermentlarni faolligiga, oshqozon ichagida gidrolizlanish darajasiga, mahsulotni tayyorlash jarayoniga bog‘liq. Teri oqsili va soch kereatini fibrillyar strukturali bo‘lgani uchun inson o‘zlashtirmaydi. Oqsillarga issiqlik bilan ishlov berish, qaynatish, maydalash hazm bo‘lishni tezlashtiradi, yuqori haroratda qizdirish (100 o C yuqori) esa kamaytiradi. Hayvon oqsillari o‘simlik oqsillariga nisbatan yaxshi hazm bo‘ladi. Ichakda hayvon oqsili aminokislotalarini 90% singiydi, o‘simlik oqsili aminokislotalari esa 60-80%. Har xil oqsillarni o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling