Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Go‘sht, sut, baliq, yovvoyi hayvonlar, parranda, konserva, kolbasa, sabzavotlar sinfi. Takrorlash uchun savollar 1. O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlariga nimalar kiradi? 2. Qanaqa mahsulotlar to‘la qiymatli oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. 3. Respublikada go‘sht manbai sifatida nimalar yetishtiriladi? 4. Oziq-ovqat sanoatida konservalangan mahsulotlarni tayyorlash uchun keng miqyosda qanaqa mahsulotlar ishlatiladi? 5. Sabzavotlar sinfiga kiradigan oziq-ovqatmahsulotlarining qanaqa asosiy turlari yetishtiriladi? 1.2. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi 1.2.1. Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi Ushbu darslikning nomini o‘qish bilanoq “kimyo bilan oziq-ovqat mahsulotining nima aloqasi bor?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ha, dunyoda kimyoga aloqador bo‘lmagan nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki bironta ham jism yo‘q. Mahsulotlar tarkibi kimyoviy elementlar birikmasidan iborat. Ularni organizm tomonidan o‘zlashtirish hisobiga odam unadi, o‘sadi va jismoniy va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatadi, ya’ni onadan bor-yo‘g‘i 3-4 kg bo‘lib tug‘ilgan bola organizmi oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy moddalarini o‘zlashtirish hisobiga, yillar o‘tib, 70-90 kg, hatto 100-120 kg vaznga ega bo‘ladi. Odam suyagi, eti, qoni va boshqa moddalari ham organizm tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy moddalarini o‘zlashtirilishi hisobidan paydo bo‘ladi. Demak, odam organizmining kimyoviy tarkibi ham u iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy elementlaridan tashkil topgan. Lekin odam tanasining kimyoviy tarkibi u iste’mol qilgan mahsulotlarning kimyoviy elementlarini aynan takrorlamaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining, shu jumladan go‘sht, sut, baliq va konservalangan mahsulotlarning tarkibi ham kimyoviy elementlarning quyidagi birikmalaridan iborat bo‘ladi: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv. Bularning hammasi mahsulotning ozuqa moddalari deb ataladi. Lekin mahsulotlarning, ayniqsa, 17 konservalangan mahsulotlarning tabiiy tarkibi ular bilan chegaralanib qolmaydi. Ular boshqa moddalarga ham boy bo‘ladi. Masalan, ularning tarkibida organik, hatto anorganik kislotalar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, boshqa aromatik va rang beruvchi moddalar ham bo‘ladi. Ular ozuqa moddalarga nisbatan ikkinchi darajali bo‘lsalarda, mahsulotlarning raqobatlashishini ta’minlashda, iste’molchilar tomonidan tanlashda, kimyoviy moddalarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishida ahamiyati juda katta. Chunki ular oziq-ovqat mahsulotlariga mazali ta’m, xushbo‘y hid va yoqimli rang berishadi. Demak, oziq-ovqat mahsulotlarining, ayniqsa, issiqlik ta’sirida ishlov berilganlarining, kimyoviy tarkibi asosiy ozuqa moddalardan hamda ta’m va rang beruvchi kimyoviy moddalardan iborat bo‘ladi (1-rasm). Rasmda ko‘rsatilgan kimyoviy moddalarning barchasi odam organizmi uchun foydali va zararsiz hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan kimyoviy moddalardan tashqari, mahsulotlar tarkibida ularning ozuqa va biologik qiymatini pasaytiradigan moddalar ham bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat, ayniqsa, o‘simlik mahsulotlari tarkibida, ko‘pincha antivitaminlar, ya’ni vitaminlarga qarshi moddalar bo‘ladi. Ular turkumiga asosan mahsulot tarkibidagi vitaminlarni oksidlashda ishtirok etadigan fermentlar kiradi. Agar mahsulotlarni saqlash, tashish va ularga texnologik ishlov berish qoidalariga rioya qilinmasa, antivitaminlar ta’sirida oziq-ovqat mahsulotlarida vitaminlarning faolligi butunlay pasayib yoki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Antivitaminlardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarida, ayniqsa, dukkakli o‘simliklar va g‘alla donlarida, tuxum, kartoshka va shularga o‘xshagan mahsulotlarda fermentlar ingibitorlari, ya’ni fermentlarga qarshi, oqsillardan tuzilgan moddalar ham mavjud bo‘ladi. Ular iste’mol qilingan oziq-ovqat moddalari tarkibida o‘z faolligini yo‘qotmagan holda odam organizmiga tushganda taom hazm qilish organlarida taomning oqsil va uglevodlarini parchalaydigan fermentlarning faolligini butunlay to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin. Bu holda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsil va uglevodlarning organizmda hazm bo‘lish darajasi pasayib ketishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, antivitamin va antifermentlardan tashqari, konservalash uchun ishlatiladigan o‘simlik mahsulotlari tarkibida antimineral moddalar ham bo‘ladi. 18 1-rasm. Oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy kimyoviy tarkibi Ularning mineral moddalarga qarshiligi shundan iboratki, mahsulot tarkibidagi mineral moddalar bilan reaksiyaga kirishib, ularning hazm bo‘lish darajasini pasaytirib yuboradi. Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida, ayniqsa, o‘simlik mahsulotlarida (kartoshkada solanin, achchiq danak mag‘zida amigdalin) odam organizmi uchun zararli bo‘lgan moddalarning bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari, konservalar tayyorlash davrida oziq-ovqat mahsulotlarini qovurishda, yog‘larni qizdirishda hamda go‘sht va baliq mahsulotlarini dudlab konservalashda konserogen moddalar ham hosil bo‘ladi. Ular tayyor konservalangan mahsulotlarga o‘tib ularning tarkibiy qismiga aylanib qoladi. Mahsulotlarni konservalashda ularga konservantlar, rangi, ta’mi va xushbo‘y yapada hidini yaxshilovchi kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Ularning ko‘pchiligi odam organizmida ma’lum miqdorda to‘planib qolganda unga zarar etkazishi mumkin. Konservantlar, rang va hidni yaxshilovchi kimyoviy moddalar ham konservalangan mahsulotlarda ushlanib qoladi va ularning tarkibiy qismiga aylanadi. Qishloq xo‘jalik zararkunandalari va meva-sabzavotlarning kasalliklariga qarshi turli xil pestitsid va gerbitsidlar ishlatiladi. Ularning bir qismi sabzavot va mevalar, suv va yemish orqali mol va baliq go‘shtlari, hamda sut tarkibiga o‘tadi. Bunday mahsulotlar doimo 19 iste’mol qilinganda ularning zararli moddalari odam organizmida to‘planib qoladi va konsentratsiyasi ma’lum bir miqdorga yetganda inson organizmiga zarar keltirishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Bulardan tashqari atrof-muhitdan (tuproq, suv, havo) oziq-ovqat mahsulotlariga radioaktiv moddalar ham o‘tishi mumkin. Ular mahsulotlarni saqlashda radioaktiv nurlar bilan ta’sir etgan vaqtda ham o‘tishi va odam organizmiga zarar etkazishi mumkin. Odam organizmiga zarar yetkazuvchi barcha moddalarning mahsulotlardagi miqdorlari sanitariya idoralari tomonidan qat’iyan cheklanadi (1,2-ilova). Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olgan holda, oziq-ovqatlarning tarkibini 2-rasmda keltirilganidek tasvirlash mumkin. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling