Oziq-ovqat kimyosi
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
1.1. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari
1.1.1. Go‘sht va sut mahsulotlari Bozor munosabatlari davrida O‘zbekiston Respublikasining tanlagan yo‘li va iqtisodiy siyosati bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirishga, respublika aholisining iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilashga va davlat iqtisodiyotini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘zining samarasini bermoqda. Shu boisdan ham O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida jadal rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Bugungi kunda respublikada neft mahsulotlari bo‘yicha mustaqillikka erishish uchun barcha iqtisodiy va texnikaviy imkoniyatlar ishga solinmoqda va kerakli darajada bazis yaratilmoqda. Paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, meva va sabzavotchilik respublika qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Aholiga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda: don va don mahsulotlarini yetishtirish uchun 1,0 mln ga, meva va sabzavotlar uchun esa 420 ming ga sug‘oriladigan maydonlar ajratilgan. 447,4 ming kvadrat kilometrdan iborat respublika hududining 30 % (tog‘ yonbag‘irlari va tog‘lar) chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin. Bulardan tashqari, mamlakatimizda sun’iy ko‘llarning sonini oshirish, ulardan baliq urchitishda foydalanish bo‘yicha ham ibratli ishlar qilinmoqda. Go‘sht, sut va baliq mahsulotlari to‘liq qiymatli oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Ularning oqsillari tarkibida almashinmaydigan barcha aminokislotalar odam organizmi talabiga yaqin maqbul nisbatda mavjud. Respublika hududida yashaydigan aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. Ularning avlod-ajdodlari azaldan chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanib kelishgan. Shu boisdan ham o‘zbeklarning va O‘zbekistonda yashaydigan boshqa millat va elatlarning ratsionlarida go‘sht va sut mahsulotlari alohida o‘rin egallaydi va sevib iste’mol qilinadi. O‘zbekistonda chorvachilik bilan bir qatorda parrandachilik ham tez rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, respublika hududidagi o‘rmon va to‘qayzorlarda yovvoyi hayvonlar va parrandalar ham 10 yashaydi. Ularning go‘shti ham aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Konservalash sanoatida va aholining kundalik ratsionlarida uy hayvonlarining va parranda go‘shtlarining salmog‘i juda ham katta. Respublikada go‘sht manbai sifatida qora mol, qo‘y va echki yetishtiriladi. Konserva va kolbasa mahsulotlarini tayyorlashda asosan mol, faqat ayrim hollardagina qo‘y go‘shti ishlatiladi. Echki va qo‘y go‘shtlaridan asosan aholining kundalik iste’mol ehtiyojini qondirish uchun foydalaniladi. Bulardan tashqari, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalari bilan chegaradosh tumanlarida ot va tuya go‘shtlari ham oziq-ovqat mahsulotlari sifatida ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli demokratik davlat bo‘lib, aholisining bir qismi cho‘chqa go‘shtini ham iste’mol qiladi. Cho‘chqa go‘shti kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Shu sababli respublikada cho‘chqachilik yoki go‘sht yetishtiradigan ko‘p tarmoqli qo‘shimcha xo‘jaliklar tashkil qilinmoqda. Quyonchilik ham aholiga go‘sht etkazib beruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan oxirgi yillarda quyonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Qo‘shimcha go‘sht mahsulotlari manbai sifatida uy parrandalaridan tovuq, kurka, o‘rdak va g‘oz go‘shtlari yetishtiriladi. Tovuq go‘shti va uning tuxumi asosan sanoat texnologiyasi asosida parrandachilik fabrikalarida yyetishtiriladi, uning go‘shti mol va qo‘y go‘shtlaridan keyin eng ko‘p miqdorda iste’mol qilinadigan mahsulot hisoblanadi. Kurka, o‘rdak va g‘oz go‘shtlari ularni parvarish qilish uchun sharoiti bor qishloq joylarda yetishtiriladi. Respublika oziq-ovqat sanoatida va aholining kundalik ehtiyojlari uchun faqat tovuq tuxumi ishlatiladi. Yovvoyi hayvon va parrandalardan kiyik, yovvoyi cho‘chqa, yovvoyi o‘rdak va g‘oz, kaklik, bedana va shunga o‘xshaganlarning go‘shti iste’mol qilinadi. Lekin ularning salmog‘i juda ham kichik. Yetishtiriladigan mol, qo‘y va echkilar faqat go‘sht manbai bo‘lib qolmasdan, sut mahsulotlarining ham asosiy manbai hisoblanadi. Respublika sanoatida sut mahsulotlarini olish va qayta ishlash uchun sigir suti ishlatiladi. Undan yog‘ miqdori me’yorlashtirilgan sut, qaymoq, smetana, tvorog, pishloq va achitilgan boshqa mahsulotlar (kefir, atsidofilin va shunga o‘xshaganlar) ishlab chiqariladi. Qishloq tumanlari aholisi sigir sutidan tashqari qo‘y va echki sutlarini ham 11 iste’mol qiladi. Ulardan uy sharoitida ham yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni tayyorlash mumkin. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling