Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
1.1.3. Sabzavot va mevalar
Oziq-ovqat sanoatida konservalangan mahsulotlarni tayyorlash uchun sabzavot va mevalar keng miqyosda ishlatiladi. Konservalangan mahsulotlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan meva va sabzavotlarning navlarida ozuqa va biologik faol moddalarning miqdori yuqori bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi hududida sabzavot va mevalarning turlari va navlari ko‘p tarqalgan. Sabzavotlar sinfiga kiradigan oziq-ovqat mahsulotlarining quyidagi asosiy turlari yetishtiriladi: tuganakli sabzavotlar. Ular guruhini kartoshka, batat (shirin kartoshka), topinambur (yer noki) tashkil qiladi; ildizmevali sabzavotlar. Ular turkumiga sabzi, qizil lavlagi, petrushka (ildizi), rediska, sholg‘om, turp, bryukva va boshqalar kiradi; karamga mansub sabzavotlar. Ularga karamning oqboshli, qizilboshli, rangli navlari, Savoy, Bryussel, Kolrabi kabi turlari kiradi; piyozga mansub sabzavotlar. Ular guruhini piyoz, tog‘ piyozi (anzur), sarimsoq piyoz, cheremshalar tashkil qiladi; salat-shpinat sabzavotlar. Ularning turlari quyidagilardan iborat: salat, shpinat, otquloq: desert sabzavotlarini sarsabil, artishok va rovochlar tashkil qiladi: oshqovoqqa mansub sabzavotlar. Ularga qovun, tarvuz, oshqovoq, bodring, qovoqcha (kabachka), patissonlar kiradi; 13 tomatga mansub sabzavotlar. Ular tomat (pomidor), baqlajon va bulg‘or qalampirlarini o‘z ichiga oladi. Sabzavotlar pishish muddatiga qarab erta-, o‘rta- va kechpishar navlariga bo‘linadi. Konservalash sanoatida asosan sabzi, karam, piyoz, sarimsoqpiyoz, bodring, tarvuz, qovun, oshqovoq, tomat (pomidor), baqlajon, bulg‘or qalampiri, achchiq qizil qalampirlar keng miqyosda ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida konservalash uchun mo‘ljallangan sabzining quyidagi navlari yetishtiriladi: Mishak 195, Nant 4, Shantane 2461, Mirzoi qizil 228, Mirzoi sariq 304. Karamning esa oqboshli, qizilboshli, rangli navlari, Savoy, Bryussel va Kolrabi kabi turlari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqiladi. Respublikada asosan oqboshli karam yetishtiriladi. Uning quyidagi navlari hamma mintaqalarda ko‘p tarqalgan: Sudya, O‘zbekcha, Toshkent 10, O‘zbekiston 133. Shulardan Sudya, O‘zbekiston va Toshkent 10 navlari konserva sanoatida ko‘p ishlatiladi. Respublikada piyozning Qoratol, Kaba 132, Marg‘ilon, Samarqand (qizil), andijoncha oq mahalliy va ispanskiy 313 navlari yetishtiriladi. Respublikaning barcha mintaqalarida, piyozning andijoncha oq mahalliy navidan tashqari, boshqa navlari ko‘p tarqalgan. Konservalash sanoatida qovun va tarvuzlar ham ishlatiladi. Ulardan quritilgan mahsulot, sharbat, murabbo, jem kabi mahsulotlar ishlab chiqiladi. O‘zbekiston viloyatlarida qovunning jaydari sariq handalak, Ko‘k kalapush, jaydari Bo‘ri kalla, jaydari Obi-novvot, Buharka 944, Oq qovun 557, jaydari Oq novvot, Ko‘kcha 588, Amiri, Shakar palak 554, Shakar palak 2580, jigar rangli Gulobi, ko‘k Gulobi, jaydari Qora qand, Qora po‘choq 3744 va boshqa navlari yetishtiriladi. Respublikada yetishtiriladigan tarvuzlarning navlari ham ko‘p. Ular jumlasiga Hayit qora, Qo‘ziboy 30, Marvarsimon, Guliston, Kuba koroli 92, Astraxansk va shunga o‘xshaganlar kiradi. Qovunning Ko‘k kalapush, Shakar palak 554, Shakar palak 2580, sariq Gulobi navlari, tarvuzning esa Hayit qora, Qo‘ziboy 30, Uzbekskiy 452, Marvarsimon va boshqa navlari konservalash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari qovun va tarvuzlardan tuzlangan mahsulotlar ham ishlab chiqiladi. Respublikada oshqovoqning Palavkadu 268, Kashkarskaya 1644, Ispanskaya 73, kabachkaning Grecheskiy 110 navi juda ko‘p tarqalgan. 14 Bodringning esa asosan Margilanskiy 822, Hosildor, Parad, Konkurent kabi navlari yetishtiriladi. O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan sabzavotlardan biri tomat (pomidor) hisoblanadi. Uning Vostok 36, Podarok 105, Maykopskiy, Talalixin 186, Temno-krasniy (to‘q-qizil) 2077, Peremoga 165, Volgogradskiy 5/95, Yusupovskiy 40, Ravshan, O‘zbekiston 170, Progressivniy navlari yetishtiriladi. Yetishtiriladigan tomat navlarining barchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinishidan tashqari, konservalangan mahsulotlar tayyorlash uchun ham ishlatish mumkin. Shirin qalampirning asosan Bolgarskiy 79 va Dar Toshkenta, achchiq qalampirning esa Margilanskiy 330 navlari respublikaning barcha mintaqalarida tarqalgan. Respublikada baqlajonning asosan Erevanskiy 34 va Avrora navlari yetishtiriladi. Har ikkala nav ham konservalangan mahsulotlar tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi. Mevalar xo‘randalar tomonidan har kuni iste’mol qilinibgina qolmasdan konservalash sanoatida ham turli xil konservalar va sharbatlar tayyorlash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston hududida yetishtirilayotgan mevalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: urug‘li, danakli, yong‘oq mevali va subtropik mevalar. Urug‘li mevalarga olma, nok, funduk, pista va leshinalar, donaklilarga – o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, olicha, gilos, olvoli va shunga o‘xshagan mevalar kiradi. Yong‘oq mevalilar guruhini grek yong‘og‘i, funduk, pista, subtropik mevalarni esa mandarin, apelsin, limon, greypfrut, xurmo, anor, anjir va shunga o‘xshaganlar tashkil qiladi. Oxirgi yillarda subtropik mevalar yetishtirishdagi Surxondaryo viloyatida orttirilayotgan tajriba kelajakda respublika aholisini limon, xurmo, apelsin va mandarinlar bilan to‘liq ta’minlashga imkon beradi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan olma navlarini ularning pishish muddatiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin: yozgi, kuzgi va qishki. Yozgi navlaridan asosan Oq naliv, Pervenes Samarkanda, Samarkandskaya ranyaya, Registon, Navoiy navlari yetishtiriladi. Yozda pishadigan olma navlari aholining kundalik ehtiyoji uchun iste’mol qilinadi. Faqat Oq naliv navini sharbat olish uchun ishlatish mumkin. O‘zbekistonda asosan olmaning Rozmarin letniy, Parmen zimniy zolotoy kuzda pishar navlari yetishtiriladi. Qishki olma navlarini Kandil Sinap, Grayma, Ranet Simirenko, Ranet Orleanskiy, Rozmarin, Mehmoni va boshqa navlar tashkil qiladi. Konservalangan mahsulotlar tayyorlash uchun olmaning asosan kuzgi va qishki navlari ishlatiladi. 15 Respublikada nokning Ranyaya iz Trevu, Lyubimitsa Klappa, Leshaya krasavitsa, Vilyams letniy, Bere Ligelya, Olive de Serr, Lastochka, Toshkent nok, Dilafruz, Qishki qizil, Mash’ati kabi navlari ko‘p yetishtiriladi va kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol qilinadi. Nokning kuzgi va qishki navlari, xuddi olmadek, konservalangan mahsulotlar tayyorlash va quritish uchun ishlatiladi. Behi faqatgina konservalangan mahsulot sifatida iste’mol qilinadi. Undan murabbo, marmelad, jem, kompot va shunga o‘xshagan konservalar tayyorlanadi. Respublikada behining Kuvinskaya obiknovennaya, Kuvinskaya krupnoplodnaya, Samarkandskaya krupnoplodnaya, Xarezmskaya yablokovidnaya, Xarezmskaya grushevidnaya, Shirin, Nordon, Turush va boshqa navlari yetishtiriladi. O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan mevalardan biri o‘rik. O‘rik mevasi kundalik ehtiyojni qondirish hamda konservalangan mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Jumladan, Arzami, Zarya Vostoka, Komsomoles, Konservniy pozdniy, Krashoshekiy Nikitskiy va shunga o‘xshagan o‘rik navlari konservalar tayyorlashda, Mirsaidjeli, Isfarak, Xurmai, Ko‘rsadiq, Subxoni, Qaysa, Xasani kabi navlari quritish uchun ishlatiladi. Respublikada shaftoli ham ko‘p tarqalgan bo‘lib, aholining kunlik ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi va konservalangan mahsulotlar tayyorlash uchun ham ishlatiladi. Uning Start, Farxad, Lola, Zafrani sredniy nomli navlari ko‘p tarqalgan. O‘zbekistonda olxo‘ri ham ko‘p yetishtiriladi. Uning Vengerka Italyanskaya, Ispolinskaya, Yaichnaya jeltaya navlari ko‘p tarqalgan. Olxo‘ri ham konservalash sanoatida va har kunlik ehtiyojni qondirish uchun iste’mol qilinadi. Olcha qimmatbaho konserva xomashyosi hisoblanadi. Undan murabbo, kompot, sharbat va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O‘zbekistonda olchaning Anadolskaya, Podbelskaya, Griot, Samarkandskiy navlari ko‘p tarqalgan. Gilos asosan har kuni iste’mol qilish uchun ishlatiladi. Konserva sanoatida undan kompotlar tayyorlanadi. Respublikada gilosning Drogana jeltaya, Qoragilos navlari ko‘p tarqalgan. Subtropik mevalardan O‘zbekistonda asosan anor, xurmo va anjir yetishtiriladi. Anorning Qazaqi-anor, Qizil anor, Oq dona navlari ko‘p tarqalgan. Xurmo O‘zbekistonda oxirgi 10-15 yildan buyon yetishtirilib kelinmoqda. U asosan Surxondaryo va Namangan viloyatlarida 16 o‘stiriladi. Uning Xiyakume, Zendji-Maru va Denauskiy saharniy nomli navlari ekiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling