Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Yod moddalarga: og‘ir metallar, pestitsidlar, antibiotiklar
radiatsion modda manbailari va boshqalar kiradi. 
Ikkinchi 
yo‘nalish bu texnologik jarayonda makro- va 
mikronutrientlarni, biologik faol qo‘shimchalarni va yod moddalarni 
o‘zgarishiga bag‘ishlangan. 
Bu yerda shuni aytish kerakki, nafaqat bu moddalarni o‘zgarishini, 
Shu bilan uni tayyor mahsulot sifatiga va xavfsizligiga ta’siri 
o‘rganiladi. 
Texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan 
yangi ishlov berish usullarni (harorat, yuqori to‘lqinli chastota (SVCH), 
infraqizil nur bilan ishlov, ultrabinafsha nur bilan ishlov, ultratovush
ferment preparatlari va boshq.) mahsulot sifatiga (ozuqaviy qiymatga, 
xavfsizligi, ta’mi, nafisligi va boshq.) ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga 
oladi.
Lekin, hozir faqat mahsulot tarkibidagi ba’zi komponentlarni 
o‘zgarishini o‘rganish bilan cheklanmasdan, ularni o’zaro ta’siri, 
destruksiyasi, transformatsiyasi, strukturasi va xavfsiz birikmalar hosil 
bo‘lishi va bularni oziq-ovat mahsulotlarini ozuqaviy qiymatiga, 
xavfsizligiga, ta’miga, hidiga katta e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa so‘nggi yillarda erishilgan ishlov berishni yangi usullariga 
katta e’tibor berilmoqda. (harorat, SVCH, IQ, UF-nurlash, ultratovush 
ferment preparatlari va boshq.).
Shu bilan birga oziq-ovqat kimyosi texnologik jarayonlarda 
alimentar 
va 
noalimentar 
moddalarni 
o‘zgarishini 
umumiy 
konsepsiyasini yaratishga katta e’tibor bermoqda. 
Oziq-ovqat kimyosi fanini uchinchi yo‘nalishi bu oziq-ovqat xom-
ashyosi tarkibidagi komponentlarni ajratishni, fraksiyalashni va 
modifikatsiyalashni nazariy asoslarini yaratishga qaratilgan. Bu 
yondoShuvlar oziq-ovqat texnologiyasida keng qo‘llaniladi. Bularga, 



qandli moddalarni, kraxmalni, yog‘larni, o‘simlik oqsilini va boshqalarni 
ajratish kiradi. 
Keyingi 2 ta bo‘lim ozuqaviy qo‘shimchalar va biologik faol 
qo‘shimchalarni olishni ilmiy asoslarini yaratishga bag‘ishlangan.
Oziq-ovqat qo‘shimchalari tabiiy va sintetik moddalar bo‘lib, ular 
oziq-ovqat mahsuloti sifatida tanovvul qilinmaydi. Bu moddalar oziq-
ovqat xom-ashyosiga, yarim va tayyor mahsulotga saqlash muddatini 
o‘zaytirish, organoleptik xususiyatlarini yaxshilash uchun qo‘shiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling