Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

1.1.3. Sabzavot va mevalar 
 
Oziq-ovqat sanoatida konservalangan mahsulotlarni tayyorlash 
uchun sabzavot va mevalar keng miqyosda ishlatiladi. Konservalangan 
mahsulotlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan meva va sabzavotlarning 
navlarida ozuqa va biologik faol moddalarning miqdori yuqori bo‘lishi 
kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida sabzavot va mevalarning 
turlari va navlari ko‘p tarqalgan. 
Sabzavotlar 
sinfiga 
kiradigan 
oziq-ovqat 
mahsulotlarining 
quyidagi asosiy turlari yetishtiriladi: 
 tuganakli sabzavotlar. Ular guruhini kartoshka, batat (shirin 
kartoshka), topinambur (yer noki) tashkil qiladi; 
 ildizmevali sabzavotlar. Ular turkumiga sabzi, qizil lavlagi, 
petrushka (ildizi), rediska, sholg‘om, turp, bryukva va boshqalar 
kiradi; 
 karamga mansub sabzavotlar. Ularga karamning oqboshli, 
qizilboshli, rangli navlari, Savoy, Bryussel, Kolrabi kabi turlari 
kiradi; 
 piyozga mansub sabzavotlar. Ular guruhini piyoz, tog‘ piyozi 
(anzur), sarimsoq piyoz, cheremshalar tashkil qiladi; 
 salat-shpinat sabzavotlar. Ularning turlari quyidagilardan iborat: 
salat, shpinat, otquloq: 
 desert sabzavotlarini sarsabil, artishok va rovochlar tashkil qiladi: 
 oshqovoqqa mansub sabzavotlar. Ularga qovun, tarvuz, oshqovoq, 
bodring, qovoqcha (kabachka), patissonlar kiradi; 


13 
 tomatga mansub sabzavotlar. Ular tomat (pomidor), baqlajon va 
bulg‘or qalampirlarini o‘z ichiga oladi. 
Sabzavotlar pishish muddatiga qarab erta-, o‘rta- va kechpishar 
navlariga bo‘linadi. 
Konservalash 
sanoatida 
asosan 
sabzi, 
karam, 
piyoz, 
sarimsoqpiyoz, bodring, tarvuz, qovun, oshqovoq, tomat (pomidor), 
baqlajon, bulg‘or qalampiri, achchiq qizil qalampirlar keng miqyosda 
ishlatiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
konservalash 
uchun 
mo‘ljallangan sabzining quyidagi navlari yetishtiriladi: Mishak 195, 
Nant 4, Shantane 2461, Mirzoi qizil 228, Mirzoi sariq 304. Karamning 
esa oqboshli, qizilboshli, rangli navlari, Savoy, Bryussel va Kolrabi kabi 
turlari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqiladi. Respublikada asosan oqboshli 
karam yetishtiriladi. Uning quyidagi navlari hamma mintaqalarda ko‘p 
tarqalgan: Sudya, O‘zbekcha, Toshkent 10, O‘zbekiston 133. Shulardan 
Sudya, O‘zbekiston va Toshkent 10 navlari konserva sanoatida ko‘p 
ishlatiladi. 
Respublikada piyozning Qoratol, Kaba 132, Marg‘ilon, Samarqand 
(qizil), andijoncha oq mahalliy va ispanskiy 313 navlari yetishtiriladi. 
Respublikaning barcha mintaqalarida, piyozning andijoncha oq mahalliy 
navidan tashqari, boshqa navlari ko‘p tarqalgan. 
Konservalash sanoatida qovun va tarvuzlar ham ishlatiladi. 
Ulardan quritilgan mahsulot, sharbat, murabbo, jem kabi mahsulotlar 
ishlab chiqiladi. O‘zbekiston viloyatlarida qovunning jaydari sariq 
handalak, Ko‘k kalapush, jaydari Bo‘ri kalla, jaydari Obi-novvot, 
Buharka 944, Oq qovun 557, jaydari Oq novvot, Ko‘kcha 588, Amiri, 
Shakar palak 554, Shakar palak 2580, jigar rangli Gulobi, ko‘k Gulobi, 
jaydari Qora qand, Qora po‘choq 3744 va boshqa navlari yetishtiriladi. 
Respublikada yetishtiriladigan tarvuzlarning navlari ham ko‘p. Ular 
jumlasiga Hayit qora, Qo‘ziboy 30, Marvarsimon, Guliston, Kuba koroli 
92, Astraxansk va shunga o‘xshaganlar kiradi. 
Qovunning Ko‘k kalapush, Shakar palak 554, Shakar palak 2580, 
sariq Gulobi navlari, tarvuzning esa Hayit qora, Qo‘ziboy 30, Uzbekskiy 
452, Marvarsimon va boshqa navlari konservalash uchun ishlatiladi. 
Bundan tashqari qovun va tarvuzlardan tuzlangan mahsulotlar ham 
ishlab chiqiladi. 
Respublikada oshqovoqning Palavkadu 268, Kashkarskaya 1644, 
Ispanskaya 73, kabachkaning Grecheskiy 110 navi juda ko‘p tarqalgan. 


14 
Bodringning esa asosan Margilanskiy 822, Hosildor, Parad, Konkurent 
kabi navlari yetishtiriladi. 
O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan sabzavotlardan biri tomat 
(pomidor) hisoblanadi. Uning Vostok 36, Podarok 105, Maykopskiy, 
Talalixin 186, Temno-krasniy (to‘q-qizil) 2077, Peremoga 165, 
Volgogradskiy 5/95, Yusupovskiy 40, Ravshan, O‘zbekiston 170, 
Progressivniy navlari yetishtiriladi. Yetishtiriladigan tomat navlarining 
barchasini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
iste’mol 
qilinishidan 
tashqari, 
konservalangan mahsulotlar tayyorlash uchun ham ishlatish mumkin. 
Shirin qalampirning asosan Bolgarskiy 79 va Dar Toshkenta, 
achchiq qalampirning esa Margilanskiy 330 navlari respublikaning 
barcha mintaqalarida tarqalgan. 
Respublikada baqlajonning asosan Erevanskiy 34 va Avrora 
navlari yetishtiriladi. Har ikkala nav ham konservalangan mahsulotlar 
tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi. 
Mevalar xo‘randalar tomonidan har kuni iste’mol qilinibgina 
qolmasdan konservalash sanoatida ham turli xil konservalar va 
sharbatlar 
tayyorlash 
uchun 
ishlatiladi. 
O‘zbekiston hududida 
yetishtirilayotgan mevalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
urug‘li, danakli, yong‘oq mevali va subtropik mevalar. 
Urug‘li mevalarga olma, nok, funduk, pista va leshinalar, 
donaklilarga – o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, olicha, gilos, olvoli va shunga 
o‘xshagan mevalar kiradi. Yong‘oq mevalilar guruhini grek yong‘og‘i, 
funduk, pista, subtropik mevalarni esa mandarin, apelsin, limon, 
greypfrut, xurmo, anor, anjir va shunga o‘xshaganlar tashkil qiladi.
Oxirgi yillarda subtropik mevalar yetishtirishdagi Surxondaryo 
viloyatida orttirilayotgan tajriba kelajakda respublika aholisini limon, 
xurmo, apelsin va mandarinlar bilan to‘liq ta’minlashga imkon beradi. 
O‘zbekistonda yetishtiriladigan olma navlarini ularning pishish 
muddatiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin: yozgi, kuzgi va qishki. 
Yozgi 
navlaridan 
asosan 
Oq 
naliv, 
Pervenes 
Samarkanda, 
Samarkandskaya ranyaya, Registon, Navoiy navlari yetishtiriladi. Yozda 
pishadigan olma navlari aholining kundalik ehtiyoji uchun iste’mol 
qilinadi. Faqat Oq naliv navini sharbat olish uchun ishlatish mumkin. 
O‘zbekistonda asosan olmaning Rozmarin letniy, Parmen zimniy 
zolotoy kuzda pishar navlari yetishtiriladi. Qishki olma navlarini Kandil 
Sinap, Grayma, Ranet Simirenko, Ranet Orleanskiy, Rozmarin, 
Mehmoni va boshqa navlar tashkil qiladi. Konservalangan mahsulotlar 
tayyorlash uchun olmaning asosan kuzgi va qishki navlari ishlatiladi. 


15 
Respublikada nokning Ranyaya iz Trevu, Lyubimitsa Klappa, 
Leshaya krasavitsa, Vilyams letniy, Bere Ligelya, Olive de Serr, 
Lastochka, Toshkent nok, Dilafruz, Qishki qizil, Mash’ati kabi navlari 
ko‘p yetishtiriladi va kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol 
qilinadi. Nokning 
kuzgi 
va qishki 
navlari, xuddi 
olmadek, 
konservalangan mahsulotlar tayyorlash va quritish uchun ishlatiladi. 
Behi faqatgina konservalangan mahsulot sifatida iste’mol qilinadi. 
Undan murabbo, marmelad, jem, kompot va shunga o‘xshagan 
konservalar 
tayyorlanadi. 
Respublikada 
behining 
Kuvinskaya 
obiknovennaya, 
Kuvinskaya 
krupnoplodnaya, 
Samarkandskaya 
krupnoplodnaya, 
Xarezmskaya 
yablokovidnaya, 
Xarezmskaya 
grushevidnaya, Shirin, Nordon, Turush va boshqa navlari yetishtiriladi. 
O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan mevalardan biri o‘rik. O‘rik 
mevasi kundalik ehtiyojni qondirish hamda konservalangan mahsulotlar 
tayyorlash uchun ishlatiladi. Jumladan, Arzami, Zarya Vostoka, 
Komsomoles, Konservniy pozdniy, Krashoshekiy Nikitskiy va shunga 
o‘xshagan o‘rik navlari konservalar tayyorlashda, Mirsaidjeli, Isfarak, 
Xurmai, Ko‘rsadiq, Subxoni, Qaysa, Xasani kabi navlari quritish uchun 
ishlatiladi. 
Respublikada shaftoli ham ko‘p tarqalgan bo‘lib, aholining kunlik 
ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi va konservalangan 
mahsulotlar tayyorlash uchun ham ishlatiladi. Uning Start, Farxad, Lola, 
Zafrani sredniy nomli navlari ko‘p tarqalgan. 
O‘zbekistonda olxo‘ri ham ko‘p yetishtiriladi. Uning Vengerka 
Italyanskaya, Ispolinskaya, Yaichnaya jeltaya navlari ko‘p tarqalgan. 
Olxo‘ri ham konservalash sanoatida va har kunlik ehtiyojni qondirish 
uchun iste’mol qilinadi. 
Olcha qimmatbaho konserva xomashyosi hisoblanadi. Undan 
murabbo, kompot, sharbat va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. 
O‘zbekistonda 
olchaning 
Anadolskaya, 
Podbelskaya, 
Griot, 
Samarkandskiy navlari ko‘p tarqalgan. 
Gilos asosan har kuni iste’mol qilish uchun ishlatiladi. Konserva 
sanoatida undan kompotlar tayyorlanadi. Respublikada gilosning 
Drogana jeltaya, Qoragilos navlari ko‘p tarqalgan. 
Subtropik mevalardan O‘zbekistonda asosan anor, xurmo va anjir 
yetishtiriladi. Anorning Qazaqi-anor, Qizil anor, Oq dona navlari ko‘p 
tarqalgan. 
Xurmo O‘zbekistonda oxirgi 10-15 yildan buyon yetishtirilib 
kelinmoqda. U asosan Surxondaryo va Namangan viloyatlarida 


16 
o‘stiriladi. Uning Xiyakume, Zendji-Maru va Denauskiy saharniy nomli 
navlari ekiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling