Oziq-ovqat kimyosi


 Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

1.1. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari 
1.1.1. Go‘sht va sut mahsulotlari 
 
Bozor munosabatlari davrida O‘zbekiston Respublikasining
tanlagan yo‘li va iqtisodiy siyosati bozor iqtisodiyotiga o‘tishni 
tezlashtirishga, respublika aholisining iqtisodiy ahvolini yanada 
yaxshilashga va davlat iqtisodiyotini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, 
bugungi kunda o‘zining samarasini bermoqda. Shu boisdan ham 
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida jadal rivojlanayotgan 
davlat hisoblanadi. Bugungi kunda respublikada neft mahsulotlari 
bo‘yicha mustaqillikka erishish uchun barcha iqtisodiy va texnikaviy 
imkoniyatlar ishga solinmoqda va kerakli darajada bazis yaratilmoqda. 
Paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, meva va sabzavotchilik 
respublika qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi. 
Aholiga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ulkan ishlar 
amalga oshirilmoqda: don va don mahsulotlarini yetishtirish uchun 1,0 
mln ga, meva va sabzavotlar uchun esa 420 ming ga sug‘oriladigan 
maydonlar ajratilgan. 447,4 ming kvadrat kilometrdan iborat respublika 
hududining 30 % (tog‘ yonbag‘irlari va tog‘lar) chorvachilikni yanada 
rivojlantirish 
uchun 
ishlatilishi 
mumkin. 
Bulardan 
tashqari, 
mamlakatimizda sun’iy ko‘llarning sonini oshirish, ulardan baliq 
urchitishda foydalanish bo‘yicha ham ibratli ishlar qilinmoqda. 
Go‘sht, sut va baliq mahsulotlari to‘liq qiymatli oziq-ovqat 
mahsulotlari hisoblanadi. Ularning oqsillari tarkibida almashinmaydigan 
barcha aminokislotalar odam organizmi talabiga yaqin maqbul nisbatda 
mavjud. 
Respublika hududida yashaydigan aholining asosiy qismini 
o‘zbeklar tashkil qiladi. Ularning avlod-ajdodlari azaldan chorvachilik 
va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanib 
kelishgan. Shu boisdan ham o‘zbeklarning va O‘zbekistonda 
yashaydigan boshqa millat va elatlarning ratsionlarida go‘sht va sut 
mahsulotlari alohida o‘rin egallaydi va sevib iste’mol qilinadi. 
O‘zbekistonda chorvachilik bilan bir qatorda parrandachilik ham 
tez rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, respublika hududidagi 
o‘rmon va to‘qayzorlarda yovvoyi hayvonlar va parrandalar ham 


10 
yashaydi. Ularning go‘shti ham aholi tomonidan iste’mol qilinadi. 
Konservalash sanoatida va aholining kundalik ratsionlarida uy 
hayvonlarining va parranda go‘shtlarining salmog‘i juda ham katta.
Respublikada go‘sht manbai sifatida qora mol, qo‘y va echki 
yetishtiriladi. Konserva va kolbasa mahsulotlarini tayyorlashda asosan 
mol, faqat ayrim hollardagina qo‘y go‘shti ishlatiladi. Echki va qo‘y 
go‘shtlaridan asosan aholining kundalik iste’mol ehtiyojini qondirish 
uchun foydalaniladi. Bulardan tashqari, O‘zbekistonning Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalari bilan chegaradosh 
tumanlarida ot va tuya go‘shtlari ham oziq-ovqat mahsulotlari sifatida 
ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli demokratik davlat bo‘lib, 
aholisining bir qismi cho‘chqa go‘shtini ham iste’mol qiladi. Cho‘chqa 
go‘shti kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Shu 
sababli respublikada cho‘chqachilik yoki go‘sht yetishtiradigan ko‘p 
tarmoqli qo‘shimcha xo‘jaliklar tashkil qilinmoqda. 
Quyonchilik ham aholiga go‘sht etkazib beruvchi tarmoqlardan 
biri 
hisoblanadi. 
Shu 
boisdan 
oxirgi 
yillarda 
quyonchilikni 
rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. 
Qo‘shimcha 
go‘sht 
mahsulotlari 
manbai 
sifatida 
uy 
parrandalaridan tovuq, kurka, o‘rdak va g‘oz go‘shtlari yetishtiriladi. 
Tovuq go‘shti va uning tuxumi asosan sanoat texnologiyasi asosida 
parrandachilik fabrikalarida yyetishtiriladi, uning go‘shti mol va qo‘y 
go‘shtlaridan keyin eng ko‘p miqdorda iste’mol qilinadigan mahsulot 
hisoblanadi. Kurka, o‘rdak va g‘oz go‘shtlari ularni parvarish qilish 
uchun sharoiti bor qishloq joylarda yetishtiriladi.
Respublika oziq-ovqat sanoatida va aholining kundalik ehtiyojlari 
uchun faqat tovuq tuxumi ishlatiladi. 
Yovvoyi hayvon va parrandalardan kiyik, yovvoyi cho‘chqa, 
yovvoyi o‘rdak va g‘oz, kaklik, bedana va shunga o‘xshaganlarning 
go‘shti iste’mol qilinadi. Lekin ularning salmog‘i juda ham kichik. 
Yetishtiriladigan mol, qo‘y va echkilar faqat go‘sht manbai bo‘lib 
qolmasdan, sut mahsulotlarining ham asosiy manbai hisoblanadi. 
Respublika sanoatida sut mahsulotlarini olish va qayta ishlash uchun 
sigir suti ishlatiladi. Undan yog‘ miqdori me’yorlashtirilgan sut, 
qaymoq, smetana, tvorog, pishloq va achitilgan boshqa mahsulotlar 
(kefir, atsidofilin va shunga o‘xshaganlar) ishlab chiqariladi. Qishloq 
tumanlari aholisi sigir sutidan tashqari qo‘y va echki sutlarini ham 


11 
iste’mol qiladi. Ulardan uy sharoitida ham yuqorida ko‘rsatilgan
mahsulotlarni tayyorlash mumkin.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling