Oziq-ovqat kimyosi


Oziq-ovqat kimyosi fanini yo‘nalishlari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Oziq-ovqat kimyosi fanini yo‘nalishlari 
 
Fundamental fanlarni erishgan yutuqlariga asoslanib, oziq-ovqat 
kimyosini quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin: 
1. Xom-ashyo va mahsulotlarni kimyoviy tarkibi. Xavfsizligi va 
to‘laqonliligi; 
2. Texnologik jarayonda makro va mikronutrientlarni o‘zgarishini 
umumiy konsepsiyasi; 
3. Xom-ashyo va mahsulot tarkibidagi komponentlarni ajratish
fraksiyalash va modifikatsiyalashni nazariy asoslari; 
4. Ozuqa qo‘shimchalarni olish va qo‘llash texnologiyasini ilmiy 
asoslari; 
5. Oziq-ovqat mahsulotlarini, qo‘shimchalari va komponentlarni 
tadqiqoti va tahlil uslublari. 
Nutrientlar – ozuqa mahsulotlari tarkibidagi tabiiy birikmalar.
Mikronutrientlar - mahsulot tarkibida mg va mkg miqdorda 
bo‘ladigan moddalar. Bularga o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar, 
polien yog‘ kislotalar, mineral moddalar va mikroelementlar
oligosaxaridlar kiradi. 
Makronutrientlar – ozuqa mahsulotlari tarkibida grammlar 
miqdorida bo‘ladigan moddalar. Bularga uglevodlar, lipidlar, oqsillar, 
fosfolipidlar kiradi. 
Alimentar moddalarga ozuqa mahsulotlar tarkibidagi zararli 
moddalarga aytiladi. Bularga mikotoksinlar, mikroorganizmlarni 
rivojlanishi natijasida hosil bo‘ladigan toksik moddalarga aytiladi. 
Noallimentar moddalarga ozuqa mahsulotlarga organizm uchun 
zararsiz lekin, nutrientlarni hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi 



moddalarga aytiladi. Misol tariqasida oqsillarni fermentativ gidroliziga 
to‘sqinlik qiluvchi oqsil tabiatli ingibitorlarni aytish mumkin.
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha hozirgi kungacha katta natijalarga 
erishilgan. 
Barcha 
oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
kimyoviy 
tarkibi 
o‘rganilgan va jadval tuzilgan. 
So‘nggi yillarda makro- va mikronutrientlarni bilan, organizmda 
sintez bo‘lmaydigan 28-32 nutrientlarga katta e’tibor berilmoqda. 
Bularga o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni mutanosibligi, 
polien yog‘ kislotalar (ma’lum kislotalarni nisbati), vitaminlar, ozuqaviy 
to‘qimalar, zararli yod moddalar kiradi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling