Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Sut mahsulotlari. Sut o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra hayvonot
mahsulotlari o‘rtasida g‘oyat muhim o‘rin tutadi va unga teng keladigan tabiatda bironta ham oziq-ovqat mahsuloti yo‘q. Sigir, qo‘y va echki sutlari kazeinga boy hisoblanadi. Ularda kazeindan tashqari albumin va globulin oqsillari ham bo‘ladi. Oziq-ovqat sanoatida ishlov berilgan va kimyoviy tarkibi me’yorlashtirilgan sigir sutida 2,8 % oqsil, 3,2 % yog‘ va 4,7 % uglevodlar bo‘lib, 100 g sutning energetik qiymati 243 kJ ga teng. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va almashilmaydigan aminokislotalar bir- biri bilan odam organizmi uchun kerakli nisbatda bo‘ladi. Shuning uchun sut va sut mahsulotlari tez hazm bo‘ladigan mahsulotlar hisoblanadi. Sut oqsilining tarkibida 20 ta aminokislota, Shu jumladan, barcha almashilmaydigan aminokislotalar aniqlangan. Sut oqsilining biologik qiymati eng yuqori va 96 % ni tashkil qiladi. Sut yog‘ining tarkibida 25 ta yog‘ kislotasi borligi isbotlangan va ular ko‘pchiligining o‘simlik mahsulotlari yog‘lari tarkibida yo‘qligi aniqlangan. Sutda organizm uchun qimmatli bo‘lgan moddalar fosfatid, sterinlar va 20 dan ortiq vitaminlar bor. Sutning uglevodlari asosan laktoza shakaridan iborat bo‘lib, juda ham tez hazm bo‘ladi. Bundan tashqari sutning tarkibida 30 dan oshiq mineral moddalar bor. Unda titan, vanadiy, kumush va kobalt kabi, boshqa mahsulotlarda kam uchraydigan mikroelementlar mavjud. Sutdagi mineral tuzlarning umumiy miqdori 0,7-1,0 % gacha bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, sut va sut mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar 100 dan oshadi. Ko‘rsatilgan kimyoviy moddalardan tashqari fermentlar, gormonlar va boshqa moddalar bo‘ladi. Qo‘y sutida mol sutiga nisbatan A vitamin kamroq, oqsillar deyarli 1,7 marta, yog‘lar esa 1,8 marta ko‘p. Echki sutining o‘ziga xos hidi bor. Unda oqsil va yog‘lar miqdori mol sutiga qaraganda ancha ko‘p, uglevodlar esa nisbatan kam. Biya suti kimyoviy tarkibiga ko‘ra ayol sutiga o‘xshaydi, lekin C vitaminiga boy bo‘ladi. Unda oqsillar va yog‘lar kam, uglevodlar esa taxminan 1,4 marta ko‘p bo‘ladi. Sutdan olinadigan mahsulotlarda ham sutning umumiy kimyoviy tarkibi deyarli saqlanib qoladi. Faqat ularning miqdori va ba’zilarining fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarishi mumkin. Sut va sut mahsulotlari tarkibidagi asosiy kimyoviy moddalar miqdori 4- va 4a-ilovalarda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling