Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konservalangan mahsulotlar.
Baliq mahsulotlari. Baliq O‘zbekiston Respublikasida kam
yetishtiriladigan, lekin organizmda tez hazm bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarining bir turi hisoblanadi. Baliq nafaqat to‘la qiymatli, oqsil va yog‘lar manbai hisoblanadi, u bolalar uchun juda zarur bo‘lgan A va D vitaminlariga boy mahsulotdir. Baliq go‘shti oqsilining tarkibida almashilmaydigan aminokislotalarning bir-biriga nisbati optimal darajada bo‘lganligi sababli baliq oqsilining biologik qiymati go‘sht mahsulotlarining biologik qiymatiga teng va 95 % ni tashkil qiladi. Baliq go‘shtining kimyoviy tarkibi asosan baliqlar turiga va ular yashagan suvning tarkibiga, muzlatilganligiga yoki muzlatilmaganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekistonning ko‘l, suv omborlari va daryolarida yetishtiriladigan baliqlar go‘shti tarkibida 16,0 % dan (karp) 19,0 % gacha (sudak) oqsil, 0,6 % dan (treska) 10,9 % gacha (osetr) moy, 1,0 % dan (sazan) 1,4 % gacha (okun) mineral moddalari bo‘ladi. Eng qimmatbaho baliq mahsuloti ikra hisoblanadi. U asosan oqsillar, yog‘lar va mineral moddalarga, B 1 va B 12 vitaminlariga, mineral elementlardan esa yod, fosfor va natriyga juda boy. Ikrada oqsillar miqdori 23,9 % dan 36,0 % gacha, moylar miqdori esa 1,9 % dan 40,8 % gacha, mineral moddalar miqdori 5,4 % dan 13,8 % gacha bo‘ladi. Baliq go‘shti tarkibidagi asosiy kimyoviy moddalar miqdori 5- va 5a-ilovalarda keltirilgan. Konservalangan mahsulotlar. Konservalangan mahsulotlar ularni tayyorlashda ishlatilgan xomashyo turlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi: go‘shtdan tayyorlangan konservalar; sutdan tayyorlangan konservalar; sabzavotlardan tayyorlangan konservalar; baliqdan tayyorlangan konservalar; go‘sht va sabzavotlardan tayyorlangan konservalar. Go‘sht, sut, baliq va o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan konservalarning asosiy kimyoviy tarkibi ishlatilgan xomashyolarning tarkibiga sifat jihatidan yaqin kelsada, lekin xomashyo kimyoviy tarkibidan umuman farq qilishi mumkin, chunki ba’zilariga retseptura bo‘yicha tashqaridan yog‘, ta’m, hid, rang beruvchi moddalar va konservantlar qo‘shiladi. Go‘sht va sabzavotlardan tayyorlangan konserva mahsulotlarining asosiy kimyoviy moddalarining miqdori va energetik qiymati faqat go‘shtdan tayyorlangan konservalar tarkibidagi miqdordan past, faqat 27 o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan konservalar tarkibidagi miqdordan esa yuqori bo‘ladi. Konservalangan mahsulotlar tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevod, mineral moddalar miqdori 6- va 6a-ilovalarda ko‘rsatilgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling