Oziq-ovqat kimyosi


 Oziq-ovqat mahsulotlari oqsillari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
2.1. Oziq-ovqat mahsulotlari oqsillari 
2.1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillarning
inson oziqlanishidagi ahamiyati
Oqsil moddalar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy azotli tarkibiy 
qismi hisoblanadi, oziq moddalarida organizm hayotida asosiy o‘rin 
tutadi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillar organizm uchun juda
muhim bo‘lib, ayniqsa organizmning to‘qimalari oqsilini yangilashda 
katta rol o‘ynaydi. Odam organizmida oqsillarning 100000 dan ortiq 
turlari mavjud va ular turli xil funksiyalarni bajaradi.
Tabiatda mikroorganizmlardan tortib to insongacha 1,2 millionga 
yaqin turli organizmlarni tarkibida oqsillarni turlari 1 mlrdan 100 
mlrdni tashkil etadi. 
Oqsillarni bunday turli tumanligi ular tarkibidagi 20 ta α-
aminokislotalarni bir-biri bilan turli nisbatda va ketma-ketlikda 
bog‘lanishi natijasida shakllangan. Ularni molekulyar massasi 5 
mingdan 1 mln. Daltongacha bo‘ladi.
Har bir tirik organizm o‘ziga xos oqsil yig‘indisi bilan farqlanadi 
va bu oqsil tuzilishi haqida irsiy belgilar hujayra DNKda kodlangan.
Oqsillar inson oziqlanishida muhim o‘rinni egallaydi. Xalqaro 
sog‘liqni saqlash tashkiloti va federal agrosanoat uyushmasi tavsiyasiga 
ko‘ra insonni 1 kunda oqsilga bo‘lgan talabi - 60-100 g ni tashkil etadi. 
Yoki oziq-ovqat mahsulotini umumiy kaloriyasini 12-15% tashkil etishi 
kerak. Umumiy energiyani 6-8% hayvon va o‘simlik oqsiliga to‘g‘ri 
kelishi kerak. Insonni 1 kg vazniga 1 gramm, bolalarni yoshiga qarab 
1grammdan 4 grammgacha talab qilinadi.
Katta yoshli erkaklar uchun 73-120 gramm, ayollar uchun 60-90 
gramm, jumladan hayvon oqsili 43-65 g erkaklar uchun va 43-49 gramm 
ayollar uchun.
Og‘ir infeksion va jarrohlik kasalini, nafas olish, hazm qilish 
organlari kasallangan insonlar uchun oqsilga bo‘lgan talab 1 kunda 110-
120 g, qand diabeti bilan kasallanganlar uchun 135-140 g, buyrak 
xastaliklar uchun esa 20-40 g tashkil etadi.
Hozirgi kunda har bir inson kuniga me’yordagi 70 g hayvon 
oqsilini o‘rniga 60 g iste’mol qilyapti. Yer yuzida oqsilga bo‘lgan 
tanqislik 10-25 mln.tonnani tashkil etadi. Yer yuzidagi 6 mlrd. aholini 
yarmi oqsil tanqisligini boshidan kechiryapti. 


29 
Ozuqaviy 
oqsillarni 
chorvachilikni 
rivojlantirish 
asosida 
ko‘paytirish o‘simliklarga nisbatan istiqboli kam. Chunki 1 kg hayvon 
oqsilini (go‘sht, sut tuxum) olish uchun 5-8 kg yem oqsilini sarflashga 
to‘g‘ri keladi.
Ushbu muammoni yechishda so‘ngi yillarda rivojlanayotgan 
biotexnologik yo‘nalish - gen injenerligini istiqboli katta. 
Gen injenerligini mohiyati shundagi har qanday begona 
organizmni geni boshqa organizmga o‘tkaziladi va yangi foydali 
organizm olinadi. 
Gen injenerligi asosida olingan o‘simliklar, hayvonlar va 
mikroorganizmlar genetik o‘zartirilgan va mahsulotlari transgen oziq-
ovqat mahsulotlari deyiladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirishni yana bir usuli yuqori 
hosildor, sovuqqa, suvsizlikka chidamli o‘simliklarni tatbiq etish orqali 
amalga oshirish mumkin. 
Genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molga 
chiqarish maxsus organlar orqali nazoratdan o‘tkaziladi, chunki bu 
mahsulotlar insonlarga zarari tegmasligi kerak.
Oqsil tanqisligi oziqlanishni katta muammosi hisoblanadi. Oqsil 
tanqisligi har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday kasalliklardan 
biri kvashiorkor kasalligidir. Insonlarda kvashiorkor qisman yoki to‘liq 
och qolganda yoki to‘laqonsiz oqsil mahsulotlari iste’mol qilganda 
rivojlanadi. Kasallik oshqozon ichak funksiyasini buzilishi bilan 
kuzatiladi. Chunki oshqozon bezi kerakli miqdorda fermentlarni sintez 
qilishi sekinlashadi va hujayra shilimshiq qatlami yangilanmaydi. 
Organizmda azot balansi, suv-tuz balansi buziladi va organizmni 
rivojlanishi to‘xtaydi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling