Oziq-ovqat kimyosi


 Oqsil molekulalarining tuzilishi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

2.4. Oqsil molekulalarining tuzilishi 
 
Oziq-ovqat mahsulotlari oqsillarining molekulalari bir yoki bir 
necha polipeptid zanjirlaridan iborat bo‘ladi. Ular o‘z navbatida 
yuqorida ko‘rsatilgan 

-aminokislotalar qoldiqlaridan tuzilgan. Oqsil 
molekulalarining katta–kichikligiga qarab, ularda yuzdan bir necha 
minggacha aminokislota qoldiqlari bo‘lishi mumkin. Masalan, qon 


37 
zardobi albuminida 500 ga yaqin, miozin oqsilida esa 1800 aminokislota 
qoldiqlari aniqlangan. 
Har bir oqsil molekulasi nafaqat undagi 

-aminokislotalar 
qoldiqlari soni bilan, balki aminokislotalar tarkibi va fizik–kimyoviy 
xossalari bilan ham farq qiladi. 
Oqsil molekulasining polipeptid zanjirini hosil qilishda avval 
birinchi aminokislotaning karboksil yoki amin guruhi ikkinchi 
aminokislotaning amin yoki karboksil guruhi bilan reaksiyaga kiradi: 
Ikki aminokislotaning reaksiyaga kirishi natijasida hosil bo‘lgan 
dipeptidning ikkinchi aminokislota qoldig‘idagi bo‘sh karboksil yoki 
amin guruhi bilan uchinchi aminokislotaning amin yoki karboksil guruhi 
orqali reaksiyaga kirishib, tripeptid hosil qiladi: 
Shu yo‘l bilan yuzlab va minglab aminokislotalar qoldig‘idan 
iborat oqsillarning polipeptid zanjirlari hosil bo‘ladi. Zanjir hosil qilish 
reaksiyasida bir aminokislota bir necha martalab qatnashishi mumkin. 
Aminokislotalarning 
funksional 
guruhlari 
bir-birlari 
bilan 
reaksiyaga kirishganda peptid (-CONH-) bog‘lari hosil bo‘ladi va u juda 


38 
kuchli bog‘ hisoblanadi. Bog‘ni hosil qilishda aminokislotalar karboksil 
va aminoguruhlari hisobidan suv ajralib chiqadi. 
Oqsillar molekulalaridagi aminokislotalar soni va ularning bir-biri 
bilan tabiiy bog‘lanishiga oqsillarning birlamchi tuzilishi deb ataladi. 
Oqsil molekulasidagi har bir polipeptid zanjir spiralsimon shaklda, ya’ni 
eshilgan holda bo‘ladi. Chunki aminokislotalar karboksil guruhlarining 
qoldiqlari bilan aminoguruhlardagi bo‘sh 
vodorodlar 
o‘rtasida 
muntazam vodorod bog‘lari hosil bo‘ladi. Uning natijasida uzun 
polipeptid zanjiri spiralsimon shaklga o‘tadi (3-rasm) va uzunligi 
qisqaradi.
3-rasm. Oqsil molekulasining polipeptid zajiri: 
oqsil molekulasidagi spiral, vodorod bog‘lari
Oqsil molekulalaridagi peptid zanjirlarining spiral shaklga o‘tishi 
ularning ikkilamchi tuzilishi deb ataladi. 
Oqsillarning uchlamchi tuzilishida ular molekulalaridagi sulfgidril 
va gidrofob guruhlari katta ahamiyatga ega. Sistein aminokislotasi 
qoldiqlaridagi sulfgidril (-SH) guruhlarining oksidlanishidan polipeptid 
zanjirida disulfid bog‘lari (-S-S-) hosil bo‘ladi. Uning natijasida uzun 
polipeptid zanjirlar dumaloq (sharsimon) shaklga o‘tadi.
Ipsimon shakldagi oqsillarning polipeptid zanjirlarida sistein 
aminokislotasi qoldiqlari bo‘lmaganligi sababli disulfid bog‘lari hosil 
bo‘la olmaydi, oqsillar sharsimon shaklga o‘tmaydi va uzunligicha 
qoladi. 
Oqsillarning uchlamchi tuzilishida aminokislotalar qoldiqlarining 
qutbli bo‘lmagan (gidrofob) yon guruhlari ham katta ahamiyatga ega. 
Ular bir-birlariga juda ham yaqin kelganda o‘zaro tortilish kuchi paydo 
bo‘ladi. Natijada oqsil zanjirlarida gidrofob va disulfid bog‘lari bor 
joylar ichkariga tortilib qoladi va oqsil molekulasi sharsimon va unga 


39 
yaqin shakllarga o‘tadi. Shu boisdan oqsil molekulasidagi polipeptid 
zanjirlarining tashqi qavatiga aminokislotalar qoldiqlaridagi bo‘sh qutbli 
karboksil va aminoguruhlari chiqib qoladi. Shu sababli sharsimon va 
unga yaqin shakldagi oqsillar suvda eriydi. 
Oqsillarning to‘rtlamchi tuzilishi bir necha polipeptid zanjirlardan 
iborat molekulalar tuzilishida kuzatiladi. Molekulasida polipeptid 
zanjirlari bittadan ko‘p bo‘lgan oqsillar oligomer oqsillar, ularning 
polipeptid zanjirlari esa protomerlar deb ataladi. Protomerlarning bir-
birlari bilan turli xil bog‘lar orqali bog‘lanishiga oqsillarning to‘rtlamchi 
tuzilishi deb aytiladi. 
Go‘sht mahsulotlari tarkibidagi oligomer oqsillardan kollagenning 
tuzilishi juda yaxshi o‘rganilgan. Uning molekulasi uchta parallel 
polipeptid zanjirlardan iborat bo‘lib, umumiy o‘q atrofida arqon kabi 
eshilgan holda bo‘ladi (4-rasm). 
Kollagenning polipeptid zanjirlari asosan prolin va oksiprolin 
aminokislotalari qoldiqlaridan iborat bo‘lib, ularda sistein va sistin 
aminokislotalarining qoldiqlari bo‘lmaydi. 
Shu boisdan ham uning molekulasi uzun ipsimon shaklda 
qolaveradi. Kollagen polipeptid zanjirlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
(to‘rtlamchi tuzilish) lizin aminokislotasi qoldiqlaridagi bo‘sh 

-
aminoguruhlari va ikkinchi yoki uchinchi protomerlardagi bo‘sh 
karboksil va amino guruhlari hamda asparagin aminokislotasi 
qoldiqlaridagi karboksil va oksiprolin (yoki oksilizin) qoldiqlarining 
gidroksil (-OH) guruhlari o‘rtasida hosil bo‘ladi. 
4-rasm. Kollagen oqsili molekulasining tuzilishi 


40 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling