Oziq-ovqat kimyosi
Oziq-ovqat kimyosi fanining vazifalari va uning inson
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Oziq-ovqat kimyosi fanining vazifalari va uning inson
oziqlanishidagi ahamiyati «Oziq-ovqat kimyosi» fani haqida tushuncha Oziq-ovqat kimyosi fani umumta’lim fanlardan bo‘lib, inson oziqlanishini nazariy asoslarini va ilmiy ahamiyati o‘rganuvchi fandir. Oziq-ovqat kimyosi – kimyoviy fanlarni bir qismi bo‘lib, uni insonlarni oziqlanishida ahamiyati katta. Uning vazifalariga xomashyo, yarim va tayyor mahsulotlarni kimyoviy tarkibini, xomashyoni va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda va qayta ishlashda yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni, yangi oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ovqatlanish tizimlarini o‘rganadi. Fanni o‘rganish ob’yektiga yangi xomashyo manbalari, yangi oziq- ovqat mahsulotlarini turlari va zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonlari kiradi. Insoniyat oldida turgan eng asosiy muammolardan quyidagilarni aytish mumkin. yer yuzi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; energiya bilan ta’minlash; xomashyo bilan ta’minlash; atrof muhit muhofazasi, ekologik va radiatsion xavfsizlikni ta’minlash. Bular ichida eng muhimi va murakkabi yer yuzi aholisini oziq- ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Inson organizmiga tushadigan ozuqaviy moddalar hujayrada yuz beradigan murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida, inson organizmi uchun kerakli plastik moddalar va energiya bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari insonni davolash va profilaktik funksiyalarni bajarishi kerak. Hozirgi kunda insonlarni oziqlanishida bir qancha kamchiliklarni ko‘rish mumkin: hayvon yog‘ini ko‘p iste’mol qilish; to‘yinmagan yog‘ kislotalarini tanqisligi 5 hayvon oqsilini kam iste’mol qilish; vitaminlarni tanqisligi; mineral moddalarni tanqisligi (kalsiy, temir); mikroelemenlarni tanqisligi (selen, rux, yod, ftor); ozuqaviy to‘qimalarni tanqisligi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkich 1- jadvalga keltirilgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling