Oziq-ovqat kimyosi


 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

3.5. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda
lipidlarni o‘zgarishi 
Xomashyolarni qayta ishlashda texnologik jarayonlar natijasida 
ularni tarkibidagi lipidlar o‘zgarishga uchraydi. Bularning hammasi 
olinadigan tayyor mahsulotning tarkibiga, ozuqaviy va biologik 
qiymatiga ta’sir etadi.
Bu jarayonlarning intensivligi lipidlarni kimyoviy tarkibiga, 
qo‘shilayotgan va hosil bo‘layotgan (masalan, antioksidantlar, 
melanoidinlar) moddalarga, namlikka, mikroorganizmlarni borligiga, 
fermentlarni faolligiga, havodagi kislorod bilan to‘qnashuviga, 
qadoqlash usuliga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘liq.
O‘simlik yog‘i tarkibida asosan ko‘p miqdorda to‘yinmagan 
yog‘lar bo‘lgani uchun havo kislorodi ishtirokida avtooksidlanish 
jarayoni ketadi. 
Yog‘ni namligi kam, mineral moddalar bo‘lmagani uchun 
mikroorganizmlar bilan zararlanmaydi va yog‘larni qorong‘i joyda uzoq 
saqlash mumkin. Yog‘larni saqlashni mo‘tadil harorati 4-6
o
C, havoni 
nisbiy namligi 75% hisoblanadi. Uy sharoitida shisha idishda qorong‘i 
joyda saqlash tavsiya etiladi. 
Hayvon yog‘lari (qo‘y, cho’chqa, sigir) o‘zini yog‘ kislota tarkibi 
bilan (to‘yingan yog‘ kislotasi ko‘pligi tufayli) saqlashga chidamli 
hisoblanadi. Lekin ularni tarkibida antioksidantlar bo‘lmagani uchun bu 
chidamliligini kamaytiradi. Bularni ichida sariyog‘, margarin, omuxta 
yog‘ beqaror hisoblanadi. 
Yog‘li xomashyolarni va tayyor mahsulotlarni saqlashda murakkab 
jarayonlar ketadi. Masalan, bug‘doy unini saqlashda gidrolitik va 


87 
oksidlanish jarayonlari ketishi natijasida taxirlanadi, oqsillar bilan 
ta’sirlanib non sifatiga ta’sir etadi. 
Oksidlanish jarayonlarini oshishi mahsulot tarkibida organizm 
uchun zararli moddalar hosil bo‘ladi. Shuning uchun bunday 
mahsulotlarni oksidlanishdan saqlash muhim vazifa hisoblanadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling