Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Funksional xossalar, eruvchanlik, gel, elastik eguluvchanlik, denaturatsiya, melanoidin, mutagen, destruksiya, izmerizatsiya. Takrorlash uchun savollar 1. Oqsillarni funksional xususiyatlarini aytib bering. 2. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda oqsillarni funksional xususiyatlarini ahamiyati. 3. Texnologik jarayonlarda oqsillar qanday o‘zgarishlarga uchraydi? 71 III-BOB. LIPIDLAR KIMYOSI 3.1. Lipidlarning tuzilishi va tarkibi Lipidlar murakkab efirli organik birikma bo‘lib tabiatda keng tarqalgan. Uglevodlar va oqsillar kabi tirik organizmlarni asosiy qismini tashkil etadi. O‘simliklarda lipidlar asosan urug‘ida va mevalarida yig’iladi. Masalan; kungaboqarda-30-58%; chigitda-20-29%; soyada-15- 26%; yeryong‘oqda- 50-61;-tarvuz urug‘ida-15-45% bo‘ladi. Hayvonlarda va baliqlarda teri ostida, to‘qimalar orasida yig’iladi. Masalan: Osetra balig‘ida-20-25%; seld balig‘ida-10%; cho‘chqa go‘shtida-33%; mol go‘shtida-9,8%; kiyik sutida-17-18%; echki sutida- 5%; Sigir sutida 3,3-5,0% bo‘ladi. Ba’zi bir mikroorganizmlarda 60% bo‘ladi. Lipidlar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi. Oddiy va murakkab lipidlar. Oddiy lipidlar tarkibida azot, fosfor va oltingugurt bo‘lmaydi. Murakkab lipidlar tarkibida azot, fosfor va oltingugurt atomlari bo‘ladi. Gidrolizlanishi bo‘yicha sovunlanadigan va sovunlanmaydigan lipidlarga bo‘linadi. Eng muhim oddiy lipidlarga atsilglitserinlar kiradi. Yog‘lar tarkibiga triatsilglitserin, diatsilglitserin va monoatsilglitserin kiradi. Toza atsilglitserinlar rangsiz, hidsiz va ta’msiz bo‘ladi. Lipidlarni rangi, ta’mi ular tarkibidagi o‘ziga xos moddalar orqali shakllanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling