Oziq-ovqat kimyosi


 Uglevodlarning fiziologik ahamiyati


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
4.5. Uglevodlarning fiziologik ahamiyati 
Uglevodlar insoniyat organizmi uchun asosiy energiya manbai 
hisoblanadi va hujayra, to‘qima, miya, yurak uchun muhim ahamiyatga 
ega. Uglevodlarni biologik oksidlanishi natijasida (yog‘ va qisman 


98 
oksillar) energiya ajraladi va adenizintrifosfat kislotasi ko‘rinishida 
hujayrada yig‘iladi. 1 gr. uglevod oksidlanganda 16,7 kDj (4 kkal) 
energiya ajraladi. 
Ba’zi bir uglevodlar biologik faollikka ega. Masalan, geparin qonni 
ivishini oldini oladi, gialuron kislota hujayra qobig‘idan bakteriyalarni 
o‘tishini oldini oladi. 
Glyukouron kislota esa zaharli moddalar bilan birikib murakkkab 
zaharsiz modda hosil qiladi va organizmdan chiqarib yuboradi. 
Insonni uglevod zaxirasi oz, tana vaznini 1% tashkil etadi. Mehnat 
faoliyati natijasida tez kamayadi. 
Kundalik norma 400-500gr. tashkil etadi va 80% kraxmalga to‘g‘ri 
keladi. 
Ozuqaviy qiymati bo‘yicha uglevodlar o‘zlashtiriladigan va 
o‘zlashtirilmaydigan 
uglevodlarga 
bo‘linadi. 
O‘zlashtiriladigan 
uglevodlarga mono- va oligosaxaridlar, kraxmal, glikogen kiradi. 
O‘zlashtirilmaydiganlarga sellyuloza, gemitsellyuloza, inulin, pektin, 
gummi moddalar va shilimshiq moddalar kiradi. 
Inson iste’mol qilganda uglevodlar parchalanadi va ichakda 
so‘riladi yoki yog‘larga aylanadi, yoki glikogenga aylanadi. Yog‘larni 
ko‘payishi ortiqcha oddiy qandlar iste’mol qilinganda va energiya sarf 
bo‘lmaganda yuz beradi. 
Uglevodlarni almashuvi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
1. 
Disaxaridlar 
va 
polisaxaridlar 
oshqozon 
ichakda 
monosaxaridgacha parchalanadi va organizmga so‘riladi va qonga 
o‘tadi. 
2. To‘qimada, asosan buyrakda glikogen sintezlanadi va 
parchalanadi. 
3. Glyukoza anaerob parchalanadi va piruvat hosil qiladi. 
4. Piruvat aerob nafas olishda ishtirok etadi. 
5. Geksozalar bir biriga aylanadi. 
7. Uglerodsiz mahsulotlardan uglevodlar hosil bo‘lishi. Bularga
pirouzum kislotasi, sut kislotasi, glitserin, aminokislotalar va
boshqalar. 
O‘zlashtirilmaydigan uglevodlar ozuqaviy to‘qima deyiladi va 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
 ichak funksiyasini jadallashtiradi; 
 xolesterinni so‘rilishini oldini oladi; 
 chirituvchi bakteriyalarni ingibirlaydi; 
 semirishga olib keluvchi lipid almashuvni bo‘zilishini oldini


99 
oladi; 
 toksik moddalarni organizmdan chiqarib yuborishga yordam 
beradi; 
O‘zlashtirilmaydigan uglevodlar yetishmasa yurak-qon tomir 
kasalligiga olib keladi, ichak funksiyasi bo‘ziladi. Kundalik norma 20-
25 gr tashkil etadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling