Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar Lipid, gidrolizlanish, atsilglitserin, triatsilglitserin, diatsilglitserin, monoatsilglitserin, xolesterin, yog‘, kislota soni, yod soni, sovunlanish soni. Takrorlash uchun savollar 1. Lipidlarga tavsif bering? 2. Lipidlarni gidrolizlash, atsillashni, pereatsillash, perieterifikat- siyalash reaksiyalarini yozib bering?. 3. Mahsulotlarni saqlashda lipidlarni o‘zgarishini aytib bering? 4. Yog‘ kislotalari va ularning tuzilishini izohlab bering? 5. Yog‘lar va ularning fizik-kimyoviy xossalarini izohlab bering? 6. Yog‘larning saqlash va texnologik ishlov berishda o‘zgarishini izohlab bering? 7. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda lipidlarni o‘zgarishini izohlab bering? 88 IV-BOB. UGLEVODLAR KIMYOSI 4.1. Oziq-ovqat mahsulotlari uglevodlari 4.1.1. Oddiy uglevodlar O‘tgan asrda uglerod, vodorod va kislorodlardan iborat kimyoviy moddalarga uglevodlar deb nom berishgan. Bu nom bugungi kunda ham saqlanib kelmoqda. Uglevodlar o‘simlik va hayvonot oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida keng tarqalgan. Ular o‘simlik mahsulotlarida juda ham ko‘p bo‘lganligi uchun o‘simlik mahsulotlari uglevodlarning asosiy manbai hisob-lanadi. O‘simlik mahsulotlarida quruq moddalarning 90 % gachasi uglevodlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Uglevodlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tomirlari, ildiz- mevalari va urug‘larida to‘planadi. Odam organizmi uchun hazm bo‘ladigan uglevodlar asosiy energiya manbai hisoblanadi. O‘simlik mahsulotlari hujayralarining devorlari, hamda oraliq plastinkasi uglevodlardan iborat. Uglevodlar protoplazmada ham bo‘ladi. Uglevodlarga shakarlar, kraxmal, glikogen, kletchatka, gemitsellyuloza, pektin va shunga o‘xshagan qator moddalar kiradi. Ular o‘zlarining manbalarida sof, ya’ni boshqa moddalar bilan birikmagan va bir-birlari hamda boshqa kimyoviy moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi uglevodlarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: monasaxaridlar yoki monozalar va polisaxaridlar yoki poliozalar. Monosaxaridlar molekulalari bir-birlari bilan birikib polisaxaridlarni hosil qiladi. Masalan, ikki molekula monosaxarid birikib disaxaridni, uch molekula–trisaxaridni, to‘rt molekula esa tetrasaharidni hosil qiladi. Di-, tri- va tetrasaxaridlar birinchi toifali uglevodlar, monosaxaridlarning besh va undan oshiq molekulalaridan tashkil topgan uglevodlar esa polisaxaridlar guruhni tashkil qiladi (15–rasm). 15- rasm. Uglevodlar klassifikatsiyasi 89 Oddiy uglevodlar gidrolizlanmaydi, polisaxaridlar esa ikki, uch, to‘rt va undan ko‘p monosaxaridlar molekulalariga ajraladi. Oddiy uglevodlarning aldegid (-CHO) yoki keton (>C=O) guruhlari bo‘ladi. Aldegid guruhli monosaxaridlar aldozalar, keton guruhlilari esa ketozalar deb ataladi. Monosaxaridlar kristall moddalar bo‘lib, suvda yaxshi eriydi va ozmi-ko‘pmi shirin ta’mga ega bo‘ladi. Monosaxaridlar, molekulalaridagi uglerod atomining soniga qarab, tetrozalar, pentozalar, geksozalar va geptozalarga bo‘linadi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida asosan pentozalar va geksozalar bo‘ladi. Agar geksozalar mahsulotlarda sof holda uchrasa, pentozalar esa tuzilishi murakkab bo‘lgan pentozanlar tarkibiga birikkan bo‘ladi. Pentozalarga arabinoza, ksiloza va ribozalar kiradi. L–Arabinoza sof holda uchramaydi, hujayra devorlaridagi va oraliq plastinkasidagi gemitsellyulozalar, pektin moddalari, pentozanlar va glikozidlar bilan bog‘langan bo‘ladi. d–ksiloza ham o‘simlik mahsulotlari hujayralari tarkibidagi pentozanlar bilan birikkan holda uchraydi. d–arabinoza esa o‘simlik mahsulotlarida sof holda ham uchrashi mumkin. Asosan ribonuklein kislotalari, vitaminlar bilan birikkan holda va kofermentlar sifatida uchraydi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida geksozalardan d–glyukoza, d– galaktoza, d–mannoza va d–fruktozalar bo‘ladi. 90 d–glyukoza oziq-ovqat mahsulotlarida sof holda ko‘p miqdorda uchraydi. U fruktoza va saxaroza bilan birgalikda mevalarning asosiy shakarlari hisoblanadi. Glyukoza shirin mevalarda, hamda asalda ko‘p miqdorda bo‘ladi va ularning shirinligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, glyukoza di-, trisaxaridlar, kraxmal, glikogen, kletchatka, sellyuloza molekulalari va glyukozidlar tarkibiga kiradi. Sof holda d–fruktoza asosan mevalarda uchraydi. Fruktoza d – fruktopuranoza sifatida saxaroza shakarining va inulinning tarkibiga kiradi. Asal tarkibida fruktoza va glyukoza teng miqdorda uchraydi. Fruktoza, saxaroza va boshqa shakarlarga nisbatan shirin bo‘lganligi sababli asal shakardan ham shirin bo‘ladi. Glyukoza va fruktoza suvda yaxshi eriydi, hamda kristall holda cho‘kmaga tushadi. Suvsiz glyukoza 146 o C da, suvsiz fruktoza esa 95- 105 o C da suyuqlanadi. Glyukoza, fruktoza va saxarozaning mevalaridagi miqdori 12-jadvalda ko‘rsatilgan. d–galaktoza o‘simlik hujayralari tarkibidagi galaktanlar, sut shakari laktoza, trisaxarid rafinoza va glyukozidlar tarkibiga kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarida sof holda deyarli uchramaydi. D–mannoza ham sof holda deyarli uchramaydi, oziq-ovqat mahsulotlaridagi glyukozidlar tarkibida uchraydi. 91 12-jadval Ba’zi uglevodlarning mevalardagi miqdori (% hisobida) Meva Glyukoza Fruktoza Saxaroza Olma 2,50-5,50 6,48-11,81 1,52-5,31 Nok 0,93-3,74 5,37-9,67 0,44-2,58 Behi 1,96-2,37 6,05-6,49 0,38-1,58 O’rik 0,10-3,34 0,1-3,0 2,8-10,4 Shaftoli 4,2-6,0 3,3-4,4 5,0-7,1 Karam 1,5-4,1 0,9-2,7 4,0-9,3 Qulupnay 1,8-3,15 1,65-2,18 0,15-1,07 Gilos 1,75-7,59 1,49-3,59 0,11-1,36 Olcha 3,8-5,3 3,3-4,4 0,2-0,8 Uzum 7,2 7,2 Yuqorida ta’kidlaganidek, monosaxaridlar va disaxaridlar shirin ta’mga ega bo‘ladi (13 –jadval). 13-jadval Ba’zi uglevodlarning saxarozaga nisbatan shirinlik darajasi, foiz hisobida Shakarlar Shirinligi Shakarlar Shirinligi Saxaroza 100 Maltoza 32 Fruktoza 173 Galaktoza 32 Glyukoza 74 Rafinoza 23 Ksiloza 40 Laktoza 16 Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling