Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/54
Sana19.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1607314
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
Fayzulla diplom tayyori

O’zg. 
Varoq 

 Varoq 
Xujjat 
Imzo 
Sana 
Zafar, Karshinskiy, Qizilqo‘rg‘on, Lalmikor, Mavlono, Nutans 799, Savruk, Temur, 
Unumli tariq, Xonakox. Bahorgi tariqdan faqat Vodka navi (Fransiya) yetishtiriladi. 
Yormalarning sifatini baxolash uchun organoyeptik va fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlar berilgan. Organoleptik ko‘rsatkichlar bu yormaning tashqi ko‘rinishi, 
rangi, ta’mi, xidi, g‘irchillashidir. Shu bilan birga yormalarning ombor hashoratlari 
bilan zararlanganligi, namligi, tarkibidagi aralashmalar miqdori, sifati buzilgan yadrolar
qobig‘I olinmagan donlar miqdori, bo‘lingan yadrolar, muchka, metallomagnit 
aralashmalar miqdori, yormaning yirikligi va nomeri hamda pishishi aniqlanadi. 
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha yormalarni kraxmalga va oqsilga boy mahsulotlarga 
bo‘linadi. Ba’zi bir yormalardagi kraxmal miqdori 75 % va undan yuqori bo‘ladi. Oqsil 
moddalari esa 9-16 % tashkil etadi. Yorma mahsulotlari ozroq moy, eruvchi uglevodlar 
va mineral moddalardan tashkil topgan. Klechatka va gemisellyuloza miqdori ozroq 
bo‘lgan uchun yorma mahsulotlari yaxshi hazm bo‘ladi. Uglevodlar miqdori ko‘p 
bo‘lgan yorma mahsulotlari yuqori nergetic qiymatini belgilaydi. 
Yorma maxsulotlarini sifatini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. 
Organeleptik (rangi, mazasi, hidi va g‘ichirlashi) namligi aralashmalar miqdori (iflos 
aralashmalar, mag‘zi buzilgan donlar miqdori, oqlanmagan donlar, mag‘zi singan)
to‘liq yaroqli mag‘izli yormalar miqdori zararkunandalar Bilan zararlanganligi 
metallomagnit aralashmalar miqdori kuldorligi va yirikligi (Raqamli yormalar uchun) 
yaxshi oqlanmagan, guli qobig‘I oxirigacha tozalanmagan. 
Yorma maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari don massasidan 
turli aralashmalarni va qobiqlarni ajratish orqali, ularning oziqaviylik qiymatini 
yaxshilab, osongina oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashga olib kelishdan iboratdir. 
Yorma ishlab chiqarish korxonalarining farqli tomoni shundaki, ularda yorma 
olinadigan donlar xilma-xil bo‘ladi hamda donni oqlash jarayonida unning mag‘zini 
butunligicha saqlab qolishga harakat qilinadi. Korxonaga yorma olish uchun qayta 
ishlashga kelib tushayotgan turli navlardagi donlar yormabop donlar deb ataladi, chunki 
ushbu ekinlarning asosiy qismidan yorma ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bundan 
tashqari yorma va yorma mahsulotlari suli, tariq, bug‘doy, makkajo‘xori, no‘xat


36 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling