Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Kommunal va yordamchi obyektlar
Download 189.57 Kb.
|
4-kurs amaliyot 14.04.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energiya
- Maxsulot ombori
- Avtomatik boshqarishning darajasi
Kommunal va yordamchi obyektlar
Suv, elektr, bug’, gazlarning sarfi va ularning manbalari. Suvning manbai pachkamar suv ombori. Boshlang’ich suvning sarflanish xajmi 669.97 m3/kuniga(k) shu jumladan 77.54 m3/k texnalogiyaga beriladi, 592.43 m3/k boshlangich suv tozalash bo’limiga yuboriladi. 440.31 m3/k miqdoridagi suv chimlk suvi sifatida , 100.1 m3/k minerallangan suv texnalogiyada ishlatiladi. Turli obyektlardan oqava suvlar rekuperatsiya qurilmasiga yuboriladi va tozalangandan keyin qaytadan qo’llaniladi. Suv tozalash qurilmasida 150.87 m3/k rekuperatsiyalangan suv tayyorlanadi, shu jumladan 21 m3/k tualet yuvilishi, 18m3/k avtomobil yuvish, 99.7 m3/k chang bosish va ko’kalamlashtirish uchun ishlatiladi. Qolgan 12.14 m3/k rekuperatsiya qilingan suv zavodning patski qismiga yuboriladi. Elektr energiya Qayta ishlash kompleksining xisob elektr yuklamasi 3265kBtni tashkil qiladi, shu jumladan 2880 kBt ishlab chiqarish qurilmalariga 385kBt yordamchi qurilmalarga beriladi. Elektr bilan taminlash PS 110/35/6kB xisobiga amalga oshiriladi. Tabiiy gaz Qayta ishlash kompleksida tabiiy gaz yoqilg’i sifatida qo’llaniladi. Gazning maksimal sarfi 1105m3/k. Xomashyo ombori Xom rudalar Tyubegatan konidan mashinalar yordamida xom rudalar omboriga olib kelinadi. Saqlanish muddati 7 kun. Saqlanish xajmi 15591 tonna. Maxsulot ombori Zavodda kaliy xlorid maxsuloti qoplarga qadoqlanadi (50 kg/qop) va tayyor maxsulot omborida saqlanadi. Tayyor maxsulot ombori temir yo’lga yaqin joyda joylashgan. Omborda 12.76 kun mobaynida 7732.6 t maxsulot saqlash mumkin. Maxsulot masofaga qarab avtomobil yoki temir yo’l orqali jo’natiladi. Xomashyo va maxsulotni temir yo’l bilan jo’natishni amalga oshirish uchun maxsus temir yo’l qurilgan. Avtomatik boshqarishning darajasi Ushbu qayta ishlash kompleksni yuqori samarali va xavfsiz eksplotatsiya qilish uchun DCS boshqarish sistemasi o’rnatilgan. Uning vazifasiga markazlashtirilgan o’lchamlar avtomatik boshqarilishi va ishlab chiqarishning nazoratlari kiradi. Muxim jixozlar uchun singnalizatsiya, blokirovkalar va ximoyalar o’rnatilgan. Bundan tashqari markazlashgan boshqarish va elektr qurilmalarning markazlashgan nazoratlari ham mavjud. Avtomatizatsiyaning ushbu darajasi sexda xarakat qilmasdan jixozlarni ishga solinishi, to’xtatilishi, texnologik jarayonning nazoratini boshqarishni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Download 189.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling