XULOSA - XULOSA
- 1. Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. SHuning uchun o`simliklarni ulardan himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
- 2. Qishloq xo`jalik ekinlarini hasharotlardan to`g`ri himoya qilish, mahsulotlarni saqlab qolishni, ularning tarqalishi, zarar keltirish me`yorini, bioekologiyasini bilish katta amaliy ahamiyatga ega.
- 3. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda qishloq xo`jalik entomologiyasining roli kattadir. Uning asosiy vazifasi hosilni zararkunandalardan va ularning ta`siridan saqlashdir. Ayniqsa hozirgi vaqtda o`simliklarning zararkunandalarga chidamliligi, navning xossalari, agrotexnik darajasi, almashlab ekish, agrobiologik omillar va kurash choralarini o`rganish talabidir.
- 4. Har yili zararkunanda hasharotlar qishloq xo`jaligiga katta zarar etkazmoqda. Ularga qarshi kurashilmaganda hosilning asosiy qismi 50-60 hattoki undan ham ko`p miqdorda nobud bo`ladi. Amaliyotda bir yoki ikki turni yo`qotganda ham hosildorlikni oshirgan bo`ladi.
-
- O`zbekiston Fanlar akademiyasining zoologiya va parazitologiya institutida akademik .A.Azimov, professorlar M.K.Qodirov, A.SH.Hamroev kabi entolog olimlarning xizmatlari katta.
- Hasharot zararkunandalargi qarshi kurashish va fan ishlab chiqilgan ishlab chiqilgan usullarni hayotda tadbiq qilish uchun eng avval hasharotldar anatomiyasi, marfologiyasi, biotomiyasini bilish zarur. SHuning uchun ham hasharotlarning tashqi tuzilishi, ichki tuzilishini bilish, og`iz apparatining tuzilishini va ularning xilma-xilligini bilish, og`iz apparatining tuzilishini zararkunanda hasharotlarning turini aniqlashda ish beradi. Hasharotlarning qanot tuzilishi va uning tomirlanishini bilish hali hasharotlarning sistematik kategoriyasini aniqlashda foyda beradi.
-
- Nematodalar ipsimon, yumaloq chuvalchanglar tipiga mansub bo`lib ular orasida bug`doy nematodasi katta zarar etkazadi. Bug`doy nematodasi bug`doy hosildorligini pasaytiradi. Don sifatini buzadi. nematoda ta`sirida duch kelgnan bug`doy past bo`yli, bo`g`inlar oralig`i qisqa, barglar burashgan bo`lib, ayniqsa boshoq kalta bo`ladi. Boshoqda bug`doy doni o`rniga avvaliga yashil so`ngra jigarrang qubbalar hosil bo`ladi. Dala bug`doy nematodasi uchrashi hosilni umuman kamaytiradi. Bug`doy nematodasi bilan zararlangan dalada hattoki 5 yilgacha bug`doy ekish ma`n qilinadi.
- G`alla ekinlariga 500 dan ortiq turdagi zararkunanda zarar etkazadi. Hosilning sifatini va miqdorini pasaytiradi. Bu zararkunandalarning 50 dan ortiq turi sezilarli iqtisodiy zarar etkazadigan hasharot bo`lib, ulardan tashqari bir necha turdagi chigirtka, simqurt, tunlamlar kabi hammako`r zararkunandalar ham katta ziyon keltiradi. Asosiy bug`doy zararkunandalri bo`lib - bug`doy tripsi, bitlar oilasiga mansub g`alla bitlari, zararli xasva, nayza boshli xasva, may qiziloyoq qo`ng`izi, shilimshiq qurt, gessen pashshasi kabi bug`doy zararkunandalari bor.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! - E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |