Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
Download 256.24 Kb.
|
kur ishi
Texnika xavfsizligi
Texnik etil spirtni qabul qilish, saqlash va berish Texnik etil spirti omborlarining binolari va inshootlari qurilish va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar talablariga mos kelishi lozim. Texnik etil spirti qabul qilish bo‘limi spirtni saqlash xonalaridan brandmauer (yonmaydigan) devor bilan ajratilishi lozim. Texnik etil spirti qabul qilish bo‘limiga asosiy kirishdan tashqari bevosita tashqariga chiqadigan qo‘shimcha chiqish yo‘li bo‘lishi lozim. Texnik etil spirti ombori va texnik etil spirti qabul qilish bo‘limi xonalaridagi pol temir qo‘shilib sementlanishi, eshikka qarama-qarshi tomonga qiyaligi bo‘lishi lozim. Texnik etil spirti omborining o‘rasi chuqurligi texnik etil spirti omborida mavjud bo‘lgan barcha sig‘imlarning hajmiga teng bo‘lgan hajmda bo‘lishi lozim. . Binodan tashqaridagi ochiq texnik etil spirti omborida barcha sig‘imlarning poydevorlari atrofida texnik etil spirti omborida mavjud bo‘lgan barcha sig‘imlarning hajmiga teng bo‘lgan hajmni hosil qiluvchi devorlari bo‘lgan temir qo‘shilib sementlangan maydonchasi bo‘lishi lozim. Texnik etil spirti omborlarining xonalarida maydonchalar, o‘tish ko‘prikchalari, panjarali zinalar metalldan bo‘lishi lozim. Texnik etil spirti omborida derazalar yer sathidan kamida 2 m, balandlikda, shimolga qaratilgan, panjaralar va temir to‘sinlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Yopiq texnik etil spirti omborida xonaning havosida etil spirti bug‘larining miqdori 1000 mg/m3 dan oshmaydigan ravishda havo almashuvi tutib turilishi kerak. Texnik etil spirti omborida yashin qaytargich bilan jihozlangan sig‘imlarning metall korpuslari yerga tutashtirilgan bo‘lishi kerak. 146. Texnik etil spirti omborlarining xonalarida faqat bug‘li nasoslar o‘rnatilishiga ruxsat etiladi. Elektr ta’minotli nasoslarni qo‘llash portlashdan himoyalangan turida elektr dvigateli ta’minoti o‘rnatilgan holdagina ruxsat etiladi. 147. Texnik etil spirti omborida sig‘imlar o‘rtasida hamda sig‘im korpusidan devorgacha 1,5 m dan kamroq masofa bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. 148. Texnik etil spirti omborida spirtni berish va qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan uskunalarni o‘rnatish taqiqlanadi. 149. Sisternalar va o‘lchagichlarda texnik etil spirti sathi ko‘rsatkichlarining shisha qismlari mexanik zararlanishdan himoyalanishi lozim. 150. Texnik etil spirti omborida va texnik etil spirti qabul qilish bo‘limida yonuvchan materiallar va chet buyumlarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 151. Texnik etil spirti ombori va texnik etil spirti qabul qilish bo‘limini yong‘in o‘chirgichlar, bug‘ bilan alanga o‘chirishning yong‘in jo‘mraklari hamda boshqa yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlash yong‘in nazorati idoralarining talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 152. Texnik etil spirti omborining kirish eshigida “Begonalarning kirishi taqiqlangan!” yozuvi bilan, binoning ichida esa “Alanga yondirilmasin!”, “Chekish taqiqlanadi!” yozuvlari osilishi kerak. 153. Texnik etil spirti omborining xonasi havo beruvchi-so‘ruvchi va avariyali shamollatish bilan hamda yoritish bilan jihozlanishi kerak. 154. Texnik etil spirti omborida havo muhitining holati ustidan doimiy nazorat yuritilishi kerak. 155. Texnik etil spirti omborlari xonalarida payvandlash ishlarini, shuningdek sisternalar va o‘lchagichlarni ulash va kesish ishlarini bajarish taqiqlanadi. Ushbu ishlar barcha sisternalarni spirtdan bo‘shatib, ularni toza suv bilan to‘ldirib, yonma-yon xonalarga boruvchi texnik etil spirti quvurlarda barcha jo‘mraklarni yopishdan keyin ruxsat etiladi (jo‘mraklar bo‘lmagan quvurlarda tiqinlar o‘rnatiladi). Kesish, ulash, payvandlash va hokazolar kerak bo‘lgan sisterna suv bilan yuvilishi va shamollatilishi kerak. 156. Sisterna ichiga yuvish yoki ta’mirlash uchun kirish lozim bo‘lganda uni avval spirtdan to‘liq bo‘shatib, ichki devorlarini suv bilan yuvish lozim. 157. Ishchilar sisternaning ichiga kirishidan avval mas’ul muhandis-texnik xodim joyida shaxsan tayyorlash ishlarining to‘g‘ri o‘tkazilganiga ishonch hosil qilishi, sisternaga kirish uchun tayinlangan ishchi esa kislorodli izolatsiyalovchi asbobni hamda arqon bog‘langan muhofaza belbog‘ini taqishi lozim. 158. Ta’mirlash hamda yoritish etishmagan hollarida faqat akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish ruxsat etiladi. 159. Transportdan spirtni qabul qilish tugaganda uning nasos bilan olinmagan qoldiqlari faqat uzatish idishida qolishi mumkin. O‘lchagichlarda va bosib kiritish quvurida texnik etil spirti qolishiga ruxsat etilmaydi. 160. Texnik etil spirtni ochiq usulda quyishga ruxsat etilmaydi. 161. Yuklash-tushirish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 162. Yozgi paytda jo‘natish uchun bochkalarga quyilgan spirtni ko‘pi bilan ikki sutkagacha saqlash ruxsat etiladi. 163. Yozgi paytda spirtni tashishda bochkalar o‘z sig‘imining 5 foiz hajmiga bo‘sh qoldiriladi. 164. Texnik etil spirti omborida texnik etil spirti solingan bo‘sh bochkalarning saqlanishiga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, texnik etil spirti quyilgan bochkalarni bir-birining ustiga qo‘yish va ularni bo‘yiga ikkitadan ortiq bochkani yoni bilan qo‘yishga ruxsat etilmaydi. 165. Texnik etil spirtni tashishga faqat avtomobil, temir yo‘l sisternalarida yoki metall baklarda (bochkalarda) ruxsat etiladi. 166. Texnik etil spirtdan bo‘shagan idishlarni yuvishdan keyin tiqinlar bilan berkitib, xonalarda yoki maxsus maydonchalarda bostirma ostida ombor va ishlab chiqarish xonalaridan kamida 20 m uzoqlikdagi masofada saqlash lozim. Download 256.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling