1.2-jadval
Standart eritmalar shkalasi
Probirka raqami
|
Eritma, ml
|
Rang darajasi
|
№1
|
№2
|
1
|
0
|
50
|
0
|
2
|
0,5
|
49,5
|
5
|
3
|
1,0
|
49,0
|
10
|
4
|
1,5
|
48,5
|
15
|
5
|
2,0
|
48,0
|
20
|
6
|
Tekshirilgan suv
|
|
Suvning shaffofligi uning rangi va loyqaligi bilan belgilanadi va tarkibidagi muallaq moddalar miqdoriga (qum, loy, tuproq va hakoza) bog‘liq bo‘ladi. Suvning shaffofligi bevosita hovuzda yoki tajriba namunalarida aniqlanadi. Suv shaffofligini sifat jihatidan baholaganda distillangan suvdan iborat bo‘lgan etalon bilan taqqoslab, so‘z bilan ifodalanadi (ozgina loyqali, juda loyqali). Suv shaffofligi miqdorining baholanishi krest yoki shrift usuli bo‘yicha olib boriladi.
Krest usuli hovuzda yoki oqava suvlarni tozalash inshootlarida suvning shaffofligini aniqlashda qo‘llaniladi va bunda oq fondagi qora krestni suv ustuni qatlamidan ko‘ringani bo‘yicha maksimal balandlik aniqlanadi. Ichimlik suvi krest bo‘yicha 30 smdan kam bo‘lmagan shaffoflikka ega bo‘lishi kerak. Shrift bo‘yicha suvning shaffofligini aniqlash laboratoriya sharoitida olib boriladi va standart shrift o‘qilishi rangsiz silindrdagi suv qatlamining maksimal balandligini aniqlashga asoslangan. Shrift bo‘yicha ichimlik suvining shaffofligi 30 smdan kam bo‘lmasligi kerak.
Harorat va zichlik suvning eng muhim parametridir. Toza suvning zichligi uning haroratiga bog‘liq va 15 0C da 0,99913 g/sm3 , 20 0C da 0,99823 g/sm3 ni tashkil etadi. Tabiiy va oqava suvlarning zichligi ham unda erigan birikmalarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, suvning zichligi 1 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |