Oziq ovqat xavfsizligi


Download 1.33 Mb.
bet2/6
Sana24.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1290243
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
lllkk

Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bо‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish - texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bо‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bо‘lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish – texnika taraqqiyotining asosiy yо‘nalishlaridan biri bо‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, avtomatlashtirish avvallari insonboshqarishga qodir bо‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bо‘lmagan yangi, samaralimateriallarni yaratishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish— uzluksiz rivojlanuvchi tizim bо‘lib, u ishlab chiqarishning о‘ziga xos xususiyatlari va fantexnikaningkо‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanad
Ushbu kurs ishida bug` tayyorlash vannasidagi suv bug‘ining haroratini avtomatik rostlash jarayonini kо‘rib о‘tamiz. Kurs ishini bajarishda matematik

modellashtirishning analitik usulidan foydalanamiz.


Matematik modellar analitik kо‘rinishda, ya’ni matematik tenglamalar tizimi kо‘rinishida ifodalanadi.
Analitik usul tizimlarni bir necha xususiyatlari avvaldan ma’lum bо‘lgan kichkina tizimchalarga bо‘lib fizika, mexanika, kimyo qonunlari asosida modellashtirishga asoslangan bо‘lib, bu tizimchalar modellarining yig‘indisi katta tizim modelini ifoda etadi. Bunday yondashuv analitik modellashtirish deb nomlanadi. Turli eksperimentlar о‘tkazish asosida ma’lumotlarga ega bо‘lish analitik modellashtirish doirasiga kirmaydi. Bu usul yordamida yetarlicha о‘rganilgan, xususiyatlari avvaldan ma’lum bо‘lgan obyektlarni modellashtirishda foydalaniladi.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling