Ҳозирги ўзбек тили
So’z o’zlashtirishning chet so’zlarni qo’llashdan farqlari
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar
- Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar
So’z o’zlashtirishning chet so’zlarni qo’llashdan farqlari. So’z yoki ma’no o’zlashtirilishini chet so’zlarni qo’llashdan farq qilish kerak. So’z yoki ma’no o’zlashtirilishi muayyan til leksikasini boyituvchi qonuniy hodisadir, chunki bir til boshqa tildan o’zi uchun zarur bo’lgan leksik-semantik birliklarni o’zlashtiradi. Chet so’zlarni ishlatish hodisasi esa g’ayri qonuniydir, chunki o’zbek tilining o’zida biror so’z mavjud bo’lgani holda, uning o’rnida chet so’zni ehtiyojsiz, maqsadsiz qo’llash tilni boyitmaydi, aksincha, ayrim shaxslarning o’z nutqiga e’tiborsiz qarashinigina aks ettiradi.
Leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo’lishi mumkin. Bunday ikki guruhga ajralish asosan ot, sifat, ravish va fe’l turkumlaridagi leksemalarga xosdir. Son va olmosh turkumlarida, shuningdek, bog’lovchi, yuklama, ko’makchi va undovlarda ishlatilish doirasi chegaralangan so’zlar yo’q. I.Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar o’zbek tilida so’zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy bo’lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqida bir xil darajada qo’llanadigan so’zlardir: bosh, qo’l, ko’z, daraxt, meva (otlar); oq, qora, qizil, katta, kichik, yaxshi, yomon (sifatlar); tez, oz, ko’p, jo’rttaga, atayin (sifat-ravishlar); yurmoq, ishlamoq, o’qimoq, yozmoq (fe’llar) va b.lar. Bunday leksemalar umumxalq lug’aviy birliklar deb ham yuritiladi. II.Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb-hunar leksikasiga va jargon-argolarga xos so’zlardir. Jonli so’zlashuvda ishlatiladigan vulgarizmlar ham qo’llanishi chegaralangan lug’aviy birliklar sanaladi. Dialektlarga xos so’zlar qo’llanishi territoriyaga ko’ra chegaralangan leksemalardir. Bunday so’zlar leksik dialektizmlar sanaladi. Ular ikki xil bo’ladi: a)dialektizm-so’z. Bunda so’zning ifoda plani, demak, nomemasi shevaga xos bo’ladi: buzog’ - Toshk.sh., go’sala – Bux.sh., o’djak – Xorazm.sh.(ad.-orf.buzoq); rayhon - Toshk.sh., nozvoy – Sam.sh. (ad.-orf.rayhon); yostiq - Toshk.sh., taka - o’g’iz dial, bolish – Bux.sh.(ad.-orf.yostiq); do’ppi - Toshk.sh., qalpoq-Sam.sh., kallapo’sh – Bux.sh. (ad.-orf.do’ppi) kabi; b)dialektizm-ma’no. Bunda leksemaning ifoda plani (nomemasi)emas, ma’nosi (sememasi) shevaga xos bo’ladi, nomema esa adabiy tilda ham qo’llanadi. Masalan, chopqi(Toshk.sh.)-chopqi(Sam.sh.)-chopqi(ad.tilda). Demak, chopqi nomemasi dialektizm-so’z sanalmaydi, ammo uning shevalardagi ma’nolari bir xil emas. Qiyos qiling: chopqi (Tosh.shevasida-«shox-shabba qirqish, go’sht, piyoz qiymalash va sh.k.ishlarda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob»)- chopqi (Sam.shevasida – «tig’i sopi ichiga qayirib yopib qo’yiladigan pichoqcha, qalamtarosh») – chopqi (ad.tilda – «shox-shabba qirqish, go’sht qiymalashda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob»). Demak, chopqi leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent shevasi va adabiy tildagi ma’nosi. Bular diallektizm emas; 2) Samarqand shevasidagi ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo’lib, adabiy tilga o’tmagan, shuning uchun u dialektizm-ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni lagan leksemasida ham ko’ramiz. Bu leksema adabiy tilda «quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi idish» ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va shu ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda «katta chuqur to’garak idish», «kir yuviladigan tog’ora» ma’nolari ham bor, lagan so’zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi. Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi. (Bu haqda «Frazeologiya» bo’limiga qarang.) Leksik va frazeologik dialektizmlar birgalikda lug’aviy dialektizmlar hisoblanadi. Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor: a) fonetik dialektizmlar dialektga xos nutq tovushlari yoxud so’zning u yoki bu shevadagi fonetik tarkibi. Masalan, o’zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta unli fonema bor: i-o’, ä-a, ÿ-u, o’(Ø)-o’(o) va e(e). Bunday zidlanishning har bir a’zosi so’z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladi. Qiyos qiling: tish («odamning tishi»)-to’sh («tashqari»), o’s («qurum»)-is («hid»), so’z («chiz»)-siz («siz»)1, ot (o’t:«olov», «o’simlik») - t (o’t: «o’tishga buyruq»), or (o’r: «bedani o’r») - r (o’r: «sochni o’r»), tur («turishga buyruq») – tÿr («xil», «jins»)2 kabi. Biroq hozirgi o’zbek adabiy tilining fonologik tizimida unli fonemalarning bunday zidlanishi («yo’g’onlik» va «ingichkalik» belgilari bilan farqlanish) yo’q, demak, yuqoridagi so’zlarning har biridagi unli fonema faqat shevaning o’zigagina xos, shunga ko’ra ular fonetik dialektizmlar sanaladi. b) grammatik dialektizmlar – biror shevaning o’zigagina xos (adabiy tildagidan o’zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy tildagi – «-miz»(shaxs-son affiksi) o’rnida Toshkent shevasida «-vuz» affiksi ishlatiladi: boramiz(ad-orf.)-borovuz (Tosh.sh.) kabi. Adabiy tildagi «-da» (o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi) o’rnida Samarqand shevasida «-ga» qo’llanadi: Toshkentda o’qiyapman (ad.tilda.) – Toshkentga o’qopman (Sam.sh.) kabi. Hozirgi zamon davom fe’li shakllari shevalarda «-vot» (Toshk.) – «-op» (Sam.) – «-utti» (Nam.) affikslari bilan ifodalanadi: borvotti, boropti, borutti kabi. Keltirilgan misollarning shevalardagi turlari grammatik dealektizmlar sanaladi. Yozuvchi Erkin Samandarovning «Daryosini yo’qotgan qirg’oq» romanidan keltirilgan quyidagi dialogda esa dialektizmlarning uslubiy vosita sifatidagi roli, personajlar nutqini tipiklashtirishdagi ahamiyati yanada yorqinroq ko’zga tashlanadi. Ichkaridan Anvar chiqdi. Nima bo’layotganini angshara olmay serrayib turdi. - Voy, anavi olvolini ko’ring, - dedi Qumrixon o’rnidan turib. - Olvoling nimasi? - Olvoli de, huv ana. - Chiyani aytasanmi? Qumrixon bog’istoncha chiya so’ziga tushunmadi. - Olchami? - Ha, olvoli egum kelutti. - Ma, Qumri, -dedi Ganja bir hovuch olchani uzib. («Sharq yulduzi» j-li, 1989,№1,39-b.) Yuqoridagi dialog epizodida mevaning bir turi uch xil nom bilan – olvoli, chiya va olcha leksemalari vositasida atalgan, bu hol ikki (Namangan va Bo’ston) sheva vakillari o’rtasidagi nutqiy muloqotning jonli, hayotiy chiqishiga xizmat qilgan. Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling