Ҳозирги ўзбек тили
So’z o’zlashtirish usullari ham ikki xil bo’ladi
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
So’z o’zlashtirish usullari ham ikki xil bo’ladi:
1. O’ z i ch a o l i sh. Bunda boshqa tildan o’zlashtirilayotgan so’z hech qanday o’zgarishsiz yoki ayrim (juz’iy) fonetik o’zgarishlar bilan olinadi. Mas., g’o’za(f-t.),gul(f-t.), poya(f-t), kaptar( 2. K a l k a l a b o l i sh. Bunda boshqa tildagi (mas., rus tilidagi) so’zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o’zbekcha so’z yasaladi va shu so’z bilan boshqa til (mas.,rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos qiling: yarimo’tkazgich To’liq va yarim kalkalar so’z o’zlashtirishning grammatik usuli deb ham qaraladi, chunki bunda boshqa til so’zlarining ma’noli qismlaridan nusxa ko’chirilishi orqali so’z yasaladi. Ammo tilda ba’zan yangi so’z yasalmay, azaldan mavjud bo’lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma’nosini yuklash orqali ham ma’no o’zlashtirilishi ta’minlanadi. O’zlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi. Masalan, til so’zi "so’zlashuv quroli" nomi sifatida ruscha yazo’k so’ziga ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi yazo’k so’zining “plennik” ma’nosini o’zbek tilidagi til so’zi bilan ifodalashga turtki bo’lgan: “Qo’mondonlik Ostonaqullar keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni oldi”. (A.Rahm. Ellik bir bahodir.) O’zbek tilidagi o’zak leksemasida “so’zning o’zagi” ma’nosining paydo bo’lganligi ham ruscha koren leksemasining “koren slovo” ma’nosiga asoslangandir. Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling