Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet65/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR

1.So’z o’zlashtirishga olib keladigan qanday omillarni bilasiz?


2.So’z o’zlashtirishning qanday yo’llari va usullari bor?
3.Jonli so’zlashuv orqali va bosma manbalar orqali so’z o’zlashtirish qanday farqlanadi?
4.Leksemalarni o’zicha olish va kalkalab olish haqida ma’lumot bering.
5.Kalkaning qanday turlari bor?
6.To’liq kalka, yarim kalka va semantik kalka haqida ma’lumot bering.

3-reja bo`yicha dars maqsadi; Talabalarga O’zbek tilida so’zlarning eskirish va yangilinish jarayonlarini, O’zbek tili leksikasida so’zlarning emotsional-ekspressivlik doirasi haqida ma’lumot berish




Identiv o’quv maqsadi

  1. Leksik istorizmlarni izohlaydi.

  2. Leksik arxaizmlarni tushuntiradi.

  3. Leksik neologizmlarni aytib beradi.

3-reja bayoni
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo’lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o’rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – jamiyatda bo’lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug’at boyligida yangi-yangi so’z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so’z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug’at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.
Leksik istorizmlar o’tmish voqeligi bo’lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Masalan: botmon-«O’zbekistonning turli erlarida turli salmoqqa ega bo’lgan (ikki puddan o’n bir pudgacha) og’irlik o’lchovi»; chaqirim-«1,06 kilometrga teng uzunlik o’lchovi»; cho’ri-«qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingboshi-«daha yoki qishloq oqsoqoli, hokimi»; omoch-«ulovga qo’shib er haydaydigan metall tishli primitiv yog’och asbob» va b.lar.
Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirishning mahsuli bo’ladi, ammo ular, ba’zan, qisqa vaqtda paydo bo’lishlari ham mumkin: yaqin o’tmishda (1991 yilgacha) o’zbek tilining faol so’zlari bo’lgan ayrim leksemalarning (
Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling