Ҳозирги ўзбек тили
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’zning uslubiy bo’yoІi
Leksik neologizm turlari. So’zning neologizmlik belgisi leksemaga yaxlit holda yoki uning bir qismiga (mas., ma’nolaridan biriga) aloqador bo’ladi, shunga ko’ra leksik neologizm quyidagi ikki turga bo’linadi:
N e o l o g i z m-l e k s e m a. Bunda leksema yaxlitligicha neologizm bo’ladi: devident, internet, faks, interfaks kabi. N e o l o g i z m-s e m e m a. Bunda leksemaning o’zi emas, uning ma’nolaridan biri neologizm sanaladi. Bunga ko’k so’zining hozirgi tilda paydo bo’lgan «dollar» ma’nosini misol qilib ko’rsatish mumkin. Neologizmning yuzaga kelishi quyidagi omillarga tayanadi: 1. Jamiyatda yangi voqelik paydo bo’ladi, bu voqelikni nomlash zarurati esa tilda yangi so’z yoki atamaning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Bunda: a) voqelikning nomi boshqa tildan o’zlashtiriladi: kompyuter, monitoring, slayd kabi; b) voqelikning nomi o’zbek tilining o’zida yasaladi: MDH (mustaqil davlatlar hamdo’stligi) kabi. 2. Jamiyatda yoki tabiatda mavjud bo’lgan voqelikning nomiga sinonim tarzida yangi so’z yasaladi: eskirtma (arxaizm atamasining yangi yasalgan sinonimi), yangirtma (neologizm atamasining yangi yasalgan sinonimi) kabi. Neologizm hodisasi frazemalar va grammatik birliklar doirasida ham uchraydi. (Bu haqda tegishli bo’limlarga qaralsin). So’zning uslubiy bo’yoІi. O’zbek tili leksikasida so’zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ikki qatlamga ajratiladi: 1.Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so’zlar. Bunday so’zlarning semantik tarkibida faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo’ladi: yuz, oriq, ozІin, jilmaymoq kabi. 2.Emotsional-ekspressiv jihatdan bo’yoqdor so’zlar. Bunday so’zlarning semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo’yoqlar (ifoda semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo’ladi: turq (denotativ ma’noQuslubiy bo’yoq), dirdov (denotativ ma’noQuslubiy bo’yoq), qiltiriq, ipiltiriq (denotativ ma’no Quslubiy bo’yoq), irshaymoq (denotativ ma’no Quslubiy bo’yoq) kabi. I z o h: yaxshi va yomon, Іazab va nafrat kabi so’zlarda uslubiy bo’yoq bordek tuyuladi, aslida esa ularda uslubiy bo’yoq yo’q, bu so’zlar belgi yoki voqelikni atash (nomlash) bilan cheklanadi, shunga ko’ra emotsional-ekspressiv jihatdan bo’yoqdor so’zlar sanalmaydi.1 Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling