Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet76/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

Frazeologik polisemiya – frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo’lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: 1) "Behud bo’lmoq" ma’nosi: "stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. "Muncha darmonsiz bo’lmasam",- o’yladi u". (S.Z.); 2) "Esankiramoq" ma’nosi: "...muloyim qarab qo’yishlarini, ...jilmayib gapirishlarini sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi". (O.Yo.)
Leksemalarda bo’lganidek, frazemalarda ham polisemiya hodisasi ma’no ko’chish qonuniyatlariga asoslanadi.


Frazemalarning semantik turlari. Frazema ma’nosi bilan uning tarkibida qo’llangan leksemalar ma’nosi o’rtasidagi munosabat asosida frazemaning ikki semantik turi farqlanadi:
1. F r a z e o l o g i k b u t u n l i k. Bunday frazemaning umumlashgan ko’chma ma’nosi frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlanadi. Masalan, tepa sochi tikka bo’lmoq frazemasi yaxlit holda "g’azablanmoq" ma’nosini –umumlashgan ko’chma ma’noni anglatadi. Bunday ko’chma ma’noga esa kishi darg’azab bo’lganida uning badanidagi tuklarning sezilar-sezilmas harakatga kelishi (psixo-fiziologik holat) asos bo’lgan, demak, frazemaning ko’chma ma’nosini frazema tarkibidagi so’zlarning o’z ma’nolari bilan izohlash mumkin. Ya n a: Ona suti og’zida frazemasi yaxlit holda "hali yosh", "tajribasiz" ma’nosini anglatadi, bunday ko’chma ma’noni esa frazema tarkibidagi so’zlar ma’nosi bilan izohlash mumkin: "Mahmadona, shumsan-da. Ona suting og’zingda-yu, soqolimning oqiga qaramay aql o’rgataman deysan". (O.)
2. F r a z e o l o g i k ch a t i sh m a. Bunday frazema ifodalagan ko’chma ma’no frazema tarkibidagi so’zlar anglatgan leksik ma’nolar bilan izohlanmaydi. Masalan, ikki qo’lini burniga tiqib frazemasi "quruqdan quruq, evaziga hech narsa olmay" ma’nosini ifodalaydi, bu ma’noni frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari bilan izohlab bo’lmaydi: "Kelmagandan keyin, domlaga "ozodlik" olib kelish kerak-da. Bu bo’lsa shumshayib, ikki qo’lini burniga tiqib keldi". (P.T.) "...Senga ish yo’q!"-deb, bizni quvib yubordi. Katta o’g’lim bilan ikki qo’limizni burnimizga suqib o’z uyimizga bordik". (S.A.)
Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasida ma’lum umumiylik va tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:
Umumiylik: 1) ikkalasi ham turg’un konstruktsiya sanaladi; 2) ikkalasida ham umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko’chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy bo’yoq (uslubiy sema) bo’ladi, chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda bitta sintaktik vazifada qo’llanadi.
Farqlari: 1) Frazeologik butunlik tarkibidagi so’zlarning ma’nolari frazemaning ko’chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa so’zlar ma’nosi bilan frazema ma’nosi (frazeologik ma’no) o’rtasida bunday aloqa yo’q; 2) frazeologik butunlikning ma’nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so’zlarga xos ma’nolar sezilib turganligidan frazemaning ma’nosi ko’p qirrali, boy bo’ladi. Frazeologik chatishma ma’nosining gavdalanishida esa frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari ishtirok etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so’nggan bo’ladi.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling