Ҳозирги ўзбек тили
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
Frazemaning mazmun plani uning nimanidir nomlashi, ifodalashi, anglatishidir. Masalan, og’zi-qulog’ida frazemasining mazmun planida "xursand" ma’nosi ifodalangan.
Frazemaning mazmun plani albatta ko’chma ma’noga asoslanadi, aks holda uning to’g’ri ma’noli turg’un birikmalardan (elektron hisoblash mashinasi, kvadrat uyalab ekish kabi sostavli terminlardan) farqi qolmaydi. Frazemaning mazmun planidagi ma’no frazeologik ma’no hisoblanadi. Qiyos qiling: leksemaning mazmun planida-"leksik ma’no"; frazemaning mazmun planida-"frazeologik ma’no". Frazeologik ma’no leksik ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi so’zlar bog’lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bo’ladi. Frazemaning semantik tarkibida frazeologik ma’nodan tashqari, uslubiy bo’yoq ham mavjud bo’ladi. Masalan, to’nini teskari kiymoq frazemasining semantik tarkibida "o’chakishmoq" (frazeologik ma’no) bilan birga "qaysarlik" semasi (uslubiy bo’yoq) ham bor. To’rt tomoni qibla frazemasida "qayoqqa xohlasa ketaversin" ma’nosi bilan birga salbiy baho (uslubiy bo’yoq) ham ifodalangan. Chehrasi ochiq frazemasining semantik tarkibida esa "xushtabiat" ma’nosi ijobiy baho (uslubiy bo’yoq) semasi bilan qoplangan. Salbiy yoki ijobiy baho semalari, odatda, frazemalarning mazmun planida bo’rtib turadi, bu omil frazemalardan nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi uslubiy vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, ayniqsa, badiiy asar tilida bunday birliklarning roli katta. M i- s o l l a r: Bir umr qulingiz bo’lmasam, kalomullo ursin, ko’zim ochildi, aka! (T.M.) Rangi quv o’chib, yupqa lablari titrab, ko’zlarining paxtasi chiqib ketdi. (H.N) Ba’zi frazemalarda qonun hujjatlari tiliga ixtisoslashish, terminlashish ham uchraydi. Bunday paytlarda frazema ma’nosida neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo’yoq sustlashib, oxiri tushib qoladi. Buni jinoyat-protsessual kodeksida qo’llanadigan aybini bo’yniga qo’ymoq, aybiga iqror bo’lmoq kabi termin "frazemalar"da ko’rish mumkin. Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling