Ҳозирги ўзбек тили


Frazemalarning semantik tarkibidagi turkum semalari


Download 299.43 Kb.
bet75/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

Frazemalarning semantik tarkibidagi turkum semalari. Bu semalar frazeologik ma’noga tayanadi. Masalan: aravani quruq olib qochmoq (fe’l frazema), arpasini xom o’rmoq (fe’l frazema), ammamning buzog’iday (sifat frazema), bag’ri qattiq (sifat frazema), bir og’iz (ravish frazema), bir og’izdan (ravish frazema), to’rt ko’z bilan (ravish frazema), tomdan tarasha tushganday (ravish frazema) kabi.


MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR



  1. 2.Nima uchun frazema ko’chma ma’noli turg’un konstruktsiya sanaladi?

  2. Frazemaning ifoda planini qanday tushunasiz?

  3. Frazemaning semantik tarkibidagi uslubiy baho (stilistik bo’yoq) haqida gapiring.

  4. Frazemalardan nutqda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  5. Frazemalarning semantik tarkibida turkumlik semalari bo’ladimi?

2-reja bo`yicha dars maqsadi; Talabalarga Frazeologik monosemiya va polisemiya. Frazemalarning semantik turlari haqida ma’lumot berish




Identiv o’quv maqsadi
1. Frazeologik monosemiyani aytib beradi.
2. Frazeologik polisemiyani tushuntiradi.
3. Frazemalarning semantik turlarini ajratadi.
2-reja bayoni
Frazeologik monosemiya – frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik ma’noning bo’lishidir. Chunonchi, ko’ngliga qo’l solmoq frazemasining semantik tarkibida "yashirin fikr-o’yini bilishga harakat qilmoq" ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo’q: "Rizaning yuragiga qo’l solib ko’rgan Muhiddin uning javobidan xursand bo’ldi." (R.F.). "Kechagi ishdan maqsadim u erdagi xotinlarning ko’ngliga qo’l solib ko’rish, undan keyin o’zimga ba’zi bir ishonchliroqlarini tanlab olish edi." (S.Z.). Keltirilgan gaplarning birinchisida ko’ngliga qo’l solmoq frazemasining variatsiyasi – "yuragiga qo’l solib ko’rmoq" ishlatilgan, har ikki holda ham bitta frazeologik ma’no – "yashirin fikr-o’yini bilishga harakat qilmoq" nazarda tutilgan.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling