Ҳозирги ўзбек тили


Tanlangan tillar miqdoriga ko’ra


Download 299.43 Kb.
bet83/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

Tanlangan tillar miqdoriga ko’ra lug’atlar bir tilli, ikki tilli va ko’p tilli bo’ladi: "Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati" (H.Homidiy, Sh.Abdullaeva, S.Ibrohimova, 1967) bir tilli; "Ruscha-o’zbekcha va o’zbekcha-ruscha geografiya terminlari lug’ati" (H.H.Xasanov, 1964), "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o’zbekcha terminologik lug’at" (N.T.Hotamov, 1969), "Ruscha-o’zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug’ati" (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiev, O’.Pratov, H.A.Jamolxonov, 1963), "Ruscha-o’zbekcha lug’at" (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli; "Lotincha-o’zbekcha-ruscha normal anatomiya lug’ati" (A.A.Asqarov, H.Z.Zohidov, 1964). "Botanikadan ruscha-o’zbekcha entsikopedik lug’at"ga (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov) ilova qilingan "Botanik nom va terminlarning o’zbekcha-ruscha-lotincha so’zligi" (201-254-betlar) hamda "Botanik nom va terminlarning lotincha-ruscha-o’zbekcha so’zligi" "Zoologiya entsiklopediyasi"ga (T.Z.Zohidov) ilova qilingan "Sut emizuvchilarning o’zbekcha-lotincha-ruscha nomlari"(1960, 210-228 betlar) hamda "Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning o’zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1969, 195-226 betlar) esa ko’p tilli lug’atlardir.
Ikki tilli va ko’p tilli lug’atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. Shu sababli ular tarjima lug’atlari deb ham yuritiladi.
So’z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko’ra lug’atlar izohli va izohsiz turlarga bo’linadi: so’z yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan cheklangan lug’atlar izohsiz lug’atlar deb, shunday so’z yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug’atlar izohli lug’atlar deb ataladi. Chunonchi: "O’zbek tilining qisqacha imlo lug’ati" (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "O’zbek tilining chappa lug’ati" (R.Qo’ng’irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug’atlar, "O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (Azim Hojiev, 1974), "O’zbekcha-ruscha lug’at" (Bosh muharrir-prof.A.K.Borovkov, 1959), "O’zbek tilining izohli lug’ati", ikki tomli (1981 y.) kabilar izohli lug’atlardir.
Ob’ekti (materiallarning qaysi sohaga yoki nimaga oidligi) jihatidan ham lug’atlar xilma-xil bo’ladi. Chunonchi:
a) terminologik lug’atlar: "Ruscha-o’zbekcha fizik terminlar lug’ati" (M.D.Yagudaev, R.X.Mallin, 1952). "Ruscha-o’zbekcha matematik terminlar lug’ati" (M.Sobirov, 1952), "Pedagogikadan qisqacha ruscha-o’zbekcha terminologiya lug’ati" (Sh.Boyburova, N.Takanaev, 1963), "Qisqacha ruscha-o’zbekcha iqtisodiy terminlar lug’ati" (O.Aminov, J.Do’stmuhamedov, A.Usmonov, 1971), "Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari" (I.Ismoilov, 1966) va h.k;
b)frazeologik lug’atlar: "O’zbek tilining qisqacha frazeologik lug’ati" (Sh.Rahmatullaev, 1964); "O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati" (Sh.Rahmatullaev, 1978); "Ruscha-o’zbekcha frazeologik lug’at" (M.Sodiqova, 1972); "Frazeologicheskiy slovar "Hazoyin-ul Maoniy" Alishera Navoi" (E.A.Umarov, 1971)
v)orfografik lug’atlar: "O’zbek adabiy tilining orfografik lug’ati" (S.Ibrohimov, M.Rahmonov, 1940), "Imlo lug’ati" (Olim Usmon, 1941, 1949); "O’zbek adabiy tilining imlo lug’ati" (S.Ibrohimov, M.Rahmonov, 1956), "O’zbek tilining qisqacha imlo lug’ati" (F.Kamolov, Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "Imlo lug’ati" (Y.Abdullaev, M.Omilxonova, S.Zufarova, 1970-1976), "O’zbek tilining imlo lug’ati" (S.I.Ibrohimov, E.A.Begmatov, A.A.Ahmedov. (1976); "O’zbek tilining imlo lug’ati" (Sh.Rahmatullaev, A.Hojiev, 1995);
g)orfoepik lug’atlar: "Talaffuz madaniyati" (O’.Usmonova, 1976). Ushbu risolaning 29-58-betlarida ayrim so’zlar talaffuzi (lug’ati) berilgan:
d)antroponimik lug’atlar: "O’zbek ismlari imlosi" (E.A.Begmatov, 1972); "O’zbek ismlari" (E.A.Begmatov, 1991);
e)toponimik lug’atlar: "Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?" (S.Qoraev, 1970);
yo)sinonimlar lug’ati: "O’zbek tili sinonimlarining qisqacha lug’ati" (A.Hojiev, 1963), "O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (A.Hojiev, 1974);
j)chastota lug’ati: "Slovar naibolee upotrebitelno’x slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazo’ka" (I.A.Kissen, 1972). Bu tipdagi lug’atlarda o’zbek tilidagi so’zlarning faollik darajasi ko’rsatiladi;
z)dialektologik lug’atlar: "Xorazm shevalari", 1-kitob, (F.Abdullaev, 1961 yil), "O’zbek shevalari leksikasi" (kollektiv, 1966). Bu kitoblarda dialektologik tadqiqotlar natijasi bilan birga, sheva so’zlarining lug’atlari ham berilgan;
i)tarixiy lug’atlar: "O’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at" (P.Shamsiev, S.Ibrohimov, 1953), "Navoiy asarlari lug’ati" (P.Shamsiev, S.Ibrohimov, 1972), "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati", 4 tomlik. O’zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (hozir-akademik) E.I.Fozilov tahriri ostida. –Toshkent,1983 (I-II tomlar), 1984 (III tom), 1985 (IVtom); "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari uchun qisqacha lug’at" (X.Nazarova, 1972), "Drevnetyurkskiy slovar" (kollektiv, 1969);
y)internatsional so’zlar lug’ati "Internatsional so’zlar lug’ati" (O.Usmon, 1959). "Ruscha-internatsional so’zlar izohli lug’ati" (Olim Usmon, Renat Doniyorov, 1965);
k)teskari lug’at: "O’zbek tilining chappa lug’ati" (R.Qo’ng’irov, A.Tixonov, 1968). Bu tipdagi lug’atlarda so’zlar tartibi so’z boshidagi birinchi harf asosida emas, balki so’z oxiridagi harflarning alfavitdagi tartibi asosida joylashtiriladi. "Chappa lug’at" bir xil tovush yoki bir xil bo’g’in bilan tugagan qofiyadosh so’zlarni topishda juda qulay praktik qo’llanma hisoblanadi;
l)etimologik lug’atlar: "Etimologicheskiy slovar tyurkskix yazo’kov" (E.V.Sevortyan, 1974). Bu tipdagi lug’atlarda so’zlarning kelib chiqishi ilmiy asosda yoritiladi; "O’zbek tilining qisqa etimologik lug’ati" (Sh.Rahmatullaev, M.Mirtojiev, M.Qodirov, 1997); "O’zbek tilining etimologik lug’ati" (Sh.Rahmatullaev, 2000);
m)maqol va matallar lug’ati: "O’zbek xalq maqollari" (To’plovchi va tuzuvchilar: Mansur Afzalov, Saidahmad Xudoyberganov, Malik Rahmonov, Sobirjon Ibrohimov, Husayn Shams va Rustam Komilovlar, 1958, 1965); "Keng uyning kelinchagi" (Sh.Shomaqsudov, S.Dolimov, 1961).



Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling