Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet77/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR

1.Frazemaning semantik tarkibiga nimalar kiradi?


2.Frazeologik monosemiya va polisemiya hodisalari qanday farqlanadi?
3.Frazemaning qanday semantik turlari bor?
4.Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma qanday farqlanadi?
5.Polisemantik frazemalarning uslubiy xususiyatlarini qanday tushunasiz?

3-reja bo`yicha dars maqsadi; Talabalarga Frazemalarning shakl va ma’no munosabati haqida ma’lumot berish




Identiv o’quv maqsadi
1. Frazeologik omonimiyani ajratib beradi.
2. Frazeologik paronimiyani tushuntiradi.
3. Frazeologik sinonimiyani izohlab beradi.
4. Frazeologik antonimiyani aytadi.
3- reja bayoni
Frazemalarning shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi:
I.Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi (shakldagi, tuzilishdagi) tenglik hodisasidir.
Q i yo s q i l i n g: 1. Jon bermoq - «barhayot qilmoq»: ... Odamzodga jon bergan ham jonini oladigan ham yaratganning o’zi (P.T.)
2.Jon bermoq - «o’lmoq» «so’nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin arava ustida yulduz to’la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq - «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»: Qaynanangiz rosa sevar ekan, rais, - dedi Ro’zi polvon hazil aralash, - ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq - «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda bergan so’zining ustidan chiqibdi (P.Q.).
Shaklan teng bo’lgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi.1
Erkin birikma bilan frazema (turІun birikma) o’rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o’zaro farqlanadi. Chunonchi: 1. Ko’z yummoq (erkin birikma) – «Ko’zini yumib olmoq» ma’nosida; 2) Ko’z yummoq (turІun birikma, frazema) – «ko’ra-bila turib e’tiborsiz qoldirmoq» ma’nosida; 3) ko’z yummoq (turІun birikma, frazema) – «vafot etmoq» ma’nosida. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turІun birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turІun birikmalar (frazemalar) o’rtasida shakliy tenglik borligini ko’ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling