Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet27/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR

1.Urg’u nima? Uning qanday tiplari bor?


2.Qanday hollarda urg’u aktsentema sanaladi?
3.So’z urg’usining fonetik tabiatiga nimalar kiradi? Bu belgilariga ko’ra so’z urg’usining qanday turlari farqlanadi?
4.Erkin va bog’langan urg’ular qanday farqlanadi?
5.Harakat qilish belgisiga ko’ra so’z urg’usining qanday turlari bor?
6.Ko’chadigan va ko’chmaydigan urg’ular qanday farqlanadi?


3-reja bo`yicha dars maqsadi; Talabalarga Intonatsiya haqida ma’lumot berish


Identiv o’quv maqsadi


1. Intonatsiya haqida tushuncha beradi.
2. Intonatsiya turlarini aytib beradi.


3- reja bayoni
Intonatsiya-og’zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari. Intonatsiya fonetik-fonologik tizimning supersegment birligi sanaladi, uni o’rganuvchi soha esa i n t o n o l o g i ya yoki p r o s o d i k a (prosodiya) deyiladi.
Har qanday nutq harakatdir, bu harakat esa albatta ma’lum intonatsiya bilan qo’shilib, qorishib yuzaga keladi: nutqning toni, sur’ati, pauzalari, tonning balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan holda o’zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo’lmaydi: har bir gapning o’ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi:
1.Nutq melodikasi. Bunda nutqda ishtirok etgan gaplardagi ovozning ko’tarilishi va pasayishi nazarda tutiladi. Bu jarayon gap tarkibidagi bo’g’inlarda qo’llangan unli tovushlarning baland yoki past talaffuz etilishiga asoslanadi. Tabiiyki, gapdagi barcha bo’g’inlar bir xil balandlikda talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-tuyg’u va hokazolarga) qarab o’zgarib boradi. Shuning uchun ham darak, so’roq va buyruq gaplarning yoxud emotsional va emotsional bo’lmagan gaplarning intonatsiyalari bir xil emas.
2.Nutq ritmi – urg’uli va urg’usiz, cho’ziq va qisqa bo’g’inlarning qo’llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo’lishi. Nutq ritmining badiiy yoki ifodali o’qishda, shuningdek, she’riy misralardagi qofiyadoshlik, ohangdoshlikni ta’minlashda ahamiyati katta: band ritmi, alliteratsiya ritmi, anafora, emfaza kabilar nutq ritmini ta’minlovchi muhim vositalar sanaladi.
3.Temp – sur’at, daraja, tezlik. Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo’laklari, ularning o’rni, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta’sirida har xil bo’ladi. Masalan: darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo’ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg’u olsa, uning talaffuzidagi temp kuchayadi.
So’roq gapda eganing tezligi darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq bo’ladi, kesim tezligi esa nisbatan kamayadi. Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so’z tezligi keskin pasayadi. (14,63-66).
4. Nutq intensivligi - talaffuzning kuchli va kuchsiz bo’lishi. Nutq intensivligi, odatda, nafas chiqarishning kuchayishi yoki kuchsizlanishiga asoslanadi. Masalan, xonadagi nutq ochiq maydondagi nutq intensivligidan kuchsizroq bo’ladi.
5. Nutq tembri – tovushning bo’yoqdorligi. Bunday bo’yoqdorlik asosiy ton va qo’shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqib, nutqning ta’sirli, quvnoq, o’ynoqi yoki, aksincha, ma’yus, g’amgin bo’lishini ta’minlaydi.
6. Pauza – nutq oqimidagi ayrim to’xtalishlar. Pauzaning sintaktik va nosintaktik turlari bor: sintaktik pauza gap bo’laklarini belgilash funktsiyasini bajaradi; nosintaktik pauza esa so’zlovchining nafas olishini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi.
Izoh: Logik urg’u va emfatik urg’ular ham, aslida, intonatsiya bilan bog’liq hodisalardir, ammo ular urg’ular tizimiga ham dahldor, shu bois ularni darslikning aktsentuatsiyaga oid bo’limida ko’rish ma’qul topildi.
Intonatsiya turlari – intonatsiyaning yuqorida sanab ko’rsatilgan prosodik elementlar ishtirokida shakllangan maxsus ko’rinishlari. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Tugallangan intonatsiya. Har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega bo’ladi.
2.Tugallanmagan intonatsiya. Ayrim so’z yoki so’z birikmasining gap emasligini bildiradigan intonatsiya. Masalan: A’lochi talaba (aniqlovchi-aniqlanmish qolipidagi birikma. Bunda intonatsion tugallik yo’q). Talaba – a’lochi: egaQkesimqgap. (Bunda gapga xos intonatsion tugallik bor).
3. Darak intonatsiyasi - tinch ohang.
4. So’roq intonatsiyasi – ko’tariluvchi ohang.
5.Undov intonatsiyasi – fikrni kuchli his bilan ifodalashda qo’llanadigan ohang. Bu ohang emotsional gaplarda qo’llanadi.
6.Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi – undalmalarga, vokativ gaplarga, buyruq gaplarga xos intonatsiya.
7.Sanash intonatsiyasi – teng grammatik munosabatda bo’lgan so’zlarni – uyushiq bo’laklarni bog’lovchi fonetik vosita.
Intonatsiyaning til va nutqdagi roli: a) gapning intonatsion tugalligini ifodalovchi muhim vosita sifatida xizmat qiladi; b) gapning ifoda maqsadiga va emotsionallikka ko’ra turlarini farqlashda ishtirok etadi; v) sintaktik aloqalarni ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi.
MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR


1.Intonatsiya nima?
2.Intonatsiyaning qanday prosodik elementlari bor?
3.Intonatsiyaning turlari?
4.Intonatsiyaning til va nutqdagi roli?
5.Fonetikaning intonatsiyani o’rganuvchi bo’limi qanday nomlanadi?

Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:


1. Intonatsiya turlari.

Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:



  • Urg’u so’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi yoki gaplardagi ayrim bo’laklarning, nutq oqimidagi ayrim frazalarning maxsus ohang bilan ta’kidlanishidir.

Har qanday nutq harakatdir, bu harakat esa albatta ma’lum intonatsiya bilan qo’shilib, qorishib yuzaga keladi: nutqning toni, sur’ati, pauzalari, tonning balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan holda o’zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo’lmaydi: har bir gapning o’ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi:



Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling