Ҳозирги ўзбек тили
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayiruv urg’usi
Sintagma urg’usi – nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo’lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo’llangan urg’u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruktsiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg’usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo’lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida ko’rib chiqaylik: "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi." (Prezident I. Karimovning 1995 yil fevral oyidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan).
Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor: 1."Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". 2."Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi". Har bir gap nutqning fonetik bo’linishida bir frazaga teng bo’lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma’lum bo’ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita – intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo’linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar – sintagmalar bor: a) "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi"; b) "yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg’u (sintagma urg’usi) bilan yakunlangan bo’lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi "maqsadi" so’zining so’nggi bo’g’ini ochiq bo’lib, bu bo’g’indagi "i" unlisi cho’ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg’u), tovush toni ko’tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hol shu sintagmaning ma’nosini alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg’usidan so’ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan.(14,54-56). Sintagma urg’usining o’rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o’zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor – Dilbarning onasi. (Bu shifokor-ega sostavi; Dilbarning onasi – kesim sostavi). Bu - shifokor Dilbarning onasi. (Bu – ega, shifokor Dilbarning onasi – kesim sostavi). Ayiruv urg’usi – gap bo’laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so’zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo’llanadigan urg’u . U ikki turga bo’linadi: logik urg’u (mantiq urg’usi) va emfatik urg’u. 1. Logik urg’u - tinglovchining e’tiborini gap bo’laklaridan biriga alohida jalb etish, shu bo’lak orqali ifodalangan ma’noni maxsus ta’kidlash uchun qo’llanadigan urg’u. Gapning logik urg’u olgan bo’lagi odatda boshqa bo’laklardan kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: 1) Men universitetda o’qiyman (boshqa birov emas, men...). 2) Men universitetda o’qiyman (litseyda emas, universitetda...).3) Men universitetda o’qiyman (ishlamayman, o’qiyman...) kabi. Logik urg’u ob’ekti bo’lgan bo’lakning leksik urg’uli bo’g’ini boshqa bo’g’inlardan kuchliroq, undagi unli esa ancha cho’ziq talaffuz etiladi. 2.Emfatik urg’u (emotsional urg’u). Urg’uning bu turi ham biror gap bo’lagini alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg’uda bo’lakning (so’zning) ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg’uda shu ma’no bilan birga so’zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo’lgan sub’ektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg’u gapdagi so’zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan: "Eh, qanday go’zal manzara! Tabiat shu daraja go’zalki, ko’rib bahridiling ochiladi!" Bu gapda qanday va go’zal so’zlariga, aniqrog’i, shu so’zlardagi "qan-" va "-zal" bo’g’inlariga emfatik urg’u tushgan: shu bo’g’inlardagi unli tovush ancha cho’ziq va maxsus ton bilan talaffuz etilgan. Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling