Ozmu ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yonalishi 3-kurs talabasi Xasanboyev Xasanboyning tabiatshunoslik fanidan tayorlagan mustaqil ishi
Download 1.71 Mb.
|
mustaqil iw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanlararo tadqiqot metodlari
Fan metodlari -ma'lum fan tarmog'iga kiruvchi yoki
fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo'llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e'tibori bilan o'z predmetiga va o'ziga xos tadqiqot usullariga ega bo'lgan sohalar majmuyidir Fanlararo tadqiqot metodlari-asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birIashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmuyi. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo'llaniladi. Shunday qilib. metodologiya ma'lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog'liq bo'lmaydi. «Ong hech qachon faqat bitta ta'limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o'z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo'ymasligi kerak. Metodologiya alohida metodlaming oddiy yig'indisi, ulaming «mexanik birligi ham emas. Metodologiya - turli darajadagi usul va tamoyillaming faoliyat sohalari, yo'nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolaming murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Optika fizikaning yoruglik haqidagi bo‘limi bo‘lib, unda yorug‘likning nurlanish jarayoni, har xil muhitlarda tarqalishi va yorugiikning moddalar bilan ta’siri o ‘rganiladi. Ko‘pgina optik hodisalar o ‘rganilganda, (masalan, ikki muhit chegarasida yorug'likning sinishi bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni) yorug‘lik nurlari to‘g‘risidagi tasawurlardan foydalanish mumkin. Yorug‘lik nurlari yorug'lik e nergiyasi tarqaladigan — geom etrik chiziqlar haqidagi tasawurlardir. Bu yerda geometrik optika haqida so‘z boradi. Geometrik optika yoruglik texnikasida, ko‘p sonli optik asboblar va qurilmalar, oddiy lupa va ko‘zoynakdan tortib g‘oyat murakkab optik mikroskoplar va teleskoplarning ishlashi tekshirilayotganda keng qo'llaniladi. Yoruglikning interferensiyasi, difraksiyasi va qutblanishini geometrik optika qonunlari asosida tushuntirib boimaydi, bu hodisalarni tushuntirish uchun yorug‘likni ko‘ndalang to‘lqinlar deb qarash lozim. Shu tariqa to‘lqin optikasi vujudga keldi. Dastlab, yorugiik to‘lqinlari dunyoviy «efir» deb ataluvchi, butun koinotni toidirib turgan muhitda tarqaluvchi elastik to‘lqinlardir, degan tasawur mavjud edi. 1864-yilda Maksvell yorugiikning elektromagnit nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra yorug‘lik toiqinlari muayyan to ‘lqin uzunliklari diapazoniga mos tushuvchi elektromagnit tolqinlaridan iborat. XX asr boshlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatdiki, ba’zi bir hodisalarni, masalan, fotoeffektni tushuntirish uchun yorugiik dastasini o ‘ziga xos zarralar — yorugiik kvantlarining yoki boshqacha aytganda, fotonlarining (A.Eynshteyn) oqimi ko‘rinishida tasaw ur qilish lozim. Yorug‘lik kvantlari haqidagi tasawurlami kvant optikasi o‘rganadi. Kvant optikasi optik hodisalar bo‘yicha fizika nuqtayi nazaridan eng izchil tadqiqotlar o ‘tkazadi. Muayyan sharoitlarda, (fotonlarning konsentratsiyasi katta boisa) fotonlar oqimi yorugiik toiqiniga o ‘xshab ketadi. Shunday qilib, toiqin optikasi kvant optikasining chegaraviy holi ekan. Agar bunda (qaralayotgan masalaning shartiga ko‘ra) yoruglikning tolqin uzunligini nazarda tutmaslik mumkin bolsa, tolqin optika geometrik optikaga «o‘tadi». Demak, geometrik optika toqin optikaning o'ziga xos chegaraviy holi ekan. Shuni e’tirof etish kerakki, hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida optikaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling