Ozmu ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yonalishi 3-kurs talabasi Xasanboyev Xasanboyning tabiatshunoslik fanidan tayorlagan mustaqil ishi


Download 1.71 Mb.
bet3/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1122337
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil iw

AKUSTIKA (yun. akustikos — eshitaman) — fizikaning tovush hodisalarini, yaʼni jismda mexanik toʻlqinlarning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan boʻlimi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. XVII ga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bogʻlanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588—1648) tovush toʻlqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush tezligini oʻlchadilar. Torrichelli

vakuumda (havosiz joyda) tovush tarqalmasligini isbot qildi.


Reley Akustikaning nazariy asoschisi boʻldi: uning «Tovush nazariyasi» (1877) kitobi bosilib chiqdi.
Akustika quyidagi sohalarga boʻlinadi: umumiy Akustika, fiziologik Akustika, elektr Akustika, meʼmoriy Akustika va qurilish Akustikasi, musiqa Akustikasi, gidroakustika, atmosfera A Akustikasi va harbiy Akustika. Umumiy Akustika tovushning paydo boʻlishi va tarqalishini hamda akustik oʻlchash usullarini oʻrganadi. Tovush qisqa vaqt d avom etadigan hodisa, uni energiya bilan taʼminlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil boʻlishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish amplitudasi, soni , davri, tebranish shakli b-n, tovush toʻlqini toʻlqin uzunligi, toʻlqinlar tarqalish tezligi, toʻlqin energiyasi bilan ifodalanadi. Fiziologik Akustika tovushning eshitilishi, organizmga taʼsiri va h. k. bilan shugʻullanadi. Bunday Akustikaning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan. Elektr Akustika tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasining tovush energiyasiga aylanishi, tovush yozib olish, bino Akustikasi va ultratovush texnikasi bilan shugʻullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi Akustik Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan soʻng telegraf aloqasi amalga oshirildi. 1900-y. tovushli kino vujudga keldi. 1925-y. dan tovush yozib olishning elektr Akustika usuli joriy qilindi.
Elektron lampalar ixtiro qilingandan soʻng elektr Akustika tez taraqqiy etdi. Meʼmoriy Akustika va qurilish Akustikasi binoning hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini taʼminlash, tashqi shovqinni kamaytirish masalalari bilan shugʻullanadi. Qurilish Akustikasida reverberatsiyani amerikalik

olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish materiallarining tovush oʻtkazish parametrlarini aniqlagan. Musiqa Akustikasi musiqa hodisalari (tovush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va b.)ning obyektiv fizik qonuniyatlarini oʻrganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtayi nazaridan yondashadi. Atmosfera Akustikasi va gidroakustika tovushning bir jinsli boʻlmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini oʻrganadi. Dengiz bir jinsli boʻlmagan muhit, unda tovush toʻlqinlari buriladi, yutiladi va sochiladi, bu uzoq, masofadagi kemaning turgan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy Akustika tovush tezligini bilgan holda dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlarning uchish yoʻnalishini, kuzatish punktidan uzoqligini va h. k. ni aniqlash bilan shugʻullanadi. Tovush tutish — radiolokatsiya,


tovush eshitish — pelengatsiya harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik minalar ultratovush bilan boshqariladi.
“Nazariy mexanika” fanini chuqur o'rganish orqali talabalar tabiat hodisalarining hosil bo'lish jarayoni, oqibatlari, mashina- mexanizmlar harakati, kuchlar tasiridagi jismlarda kuzatiladigan holatlar to‘g‘risida chuqur tasawurga ega bo'ladilar va statik kuchlar ta’siridagi qattiq jismlaming bog‘lanish reaksiya kuchlarini aniqlash, yassi plastinkaning og‘irlik markazini aniqlash, kuchlar sistemasining bosh vektori va bosh momentini aniqlash, kuchlar sistemasini sodda holga keltirish, nuqtaning tezligi, tezlanishi hamda traektoriya tenglamasini aniqlash, kuchlar ta’siridagi jismning harakat qonunini aniqlash hamda jismga ta’sir etayotgan bog‘lanish reaksiya kuchlari, tashqi

kuchlari aniqlash kabi masalalami echish malakasiga ega


bo'ladilar.
Mexanika fanlarining rivojlanish tarixini o‘rganishda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini, har bir fan bir-biriga bog‘liq tarzda rivojlanganligini ko'rish mumkin. SHuning uchun mexanika fanlarining rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga bo'lish mumkin:
l.Antik davr mexanikasi;
2 .I-X asrlar mexanikasi;
3.X-XV asrlar mexanikasi;
4. XVI-XX asrlar mexanikasi;
5. Yangi asr mexanikasi.
LAPLAS (Laplace) Pyer Simon (1749.23.3, Normandiya, Bomon-an-Oj — 1827.5.3, Parij) — fransuz astronomi, matematigi va fizigi. Parij FA akademigi. (1785). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1816). Parij harbiy maktabi proffessori. (1766-y. dan). Fransiyada oliy taʼlim tizimini qayta tashkil etishda, Normal va Politexnik maktablar yaratishda qatnashgan. Oʻlchovlarning metrik sistemasini kiritishga rahbarlik qilgan (1790).
Laplasning ilmiy faoliyati astronomiya boʻyicha osmon mexanikasi, kosmogoniyaga; matematika boʻyicha differensial tenglamalarda ; fizika boʻyicha issiqlik, molekulyar fizika va akustikaga bagʻishlangan. Uning «Osmon mexanikasi haqida traktat» asari (1798—1825) shu sohalarga bagishlangan. 1796-y. da Laplas Quyosh sistemasining paydo boʻlishi haqida kosmogonik gipotezani ishlab chikdi. Algebra, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika, termodinamika sohasidagi ishlari

ham muhim. Laplas falsafiy qarashlari bilan fransuz materialistlariga yaqin turgan.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling