O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz falsafa 1/9/1 2023 99
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 63.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Suyunova Y FALSAFA
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA 1/9/1 2023 - 100 - harakatlarni sodir etadilar hamda ayni asnoda о‘zlarini tadqiqotchilardek tasavvur qila boshlaydilar [2]. Tadqiqotlarning murakkablik darajasi va hajmidan kelib chiqib, talabalar uchun aniq shartlar belgilab beriladi. Talabalarning faoliyatini baholash ishlab chiqilgan nazorat tartibi va baholash mezonlari oldindan e’lon qilinadi. Bundan maqsad talabalarning loyihada ishtirok etish faolligini rag‘batlantirish va ularning tadqiqot faoliyati ob’ektiv baholanishini ta’minlashdan iboratdir. Texnik mexanika bо‘yicha ishchi dasturga kо‘ra, talabalarning bilimlari bо‘yicha yakuniy nazorat shaxsiy kompyuter vositasida, test shaklidagi imtihon tarzida amalga oshiriladi. “Texnik mexanika” maxsus kursini о‘rganish jarayonida mashina detallari va loyixalash asoslari bо‘limiga muhim о‘rin berilganligi bejiz emas, aynan shu asosda keyinchalik texnik mexanika (bog‘liqlik reaksiyalarini aniqlash) tashqi yuklarning ta’siridan tuzilmalar bо‘limlarida paydo bо‘ladigan normal va urinma kuchlanishlar, ichki kuch omillari va shu kabilar о‘rganiladi. Ushbu bо‘lim umumiy о‘rta ta’lim maktablarida deyarli о‘rganilmasligi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Kasb ta’lim muassasalari uchun yangi avlod DTSlarining joriy etilishi bilan о‘quv soatlari hajmi kamaydi va talabalar umumiy texnik fanlarni о‘rganishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shunday qilib, olib borgan tadqiqotlarimiz doirasida texnika yо‘nalishi talabalarida amaliy bilimlarni bosqichma- bosqich shakllantirish orqali “Amaliy mexanika” maxsus kursidan foydalanish, keyin esa bu jarayonni mexanika о‘qitishga tatbiq etish, maxsus fanlarni о‘qitish sifat va samaradorligini oshirish uchun barqaror asos yaratiladi[3]. Download 63.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling