O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz falsafa 1/9/1 2023 99
Download 63.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Suyunova Y FALSAFA
Tahlil va natijalar. “Texnik mexanika”ni о‘qitish
bо‘yicha kurslar aniq belgilangan amaliy yо‘nalishda talabalarning tafakkur doirasini kengaytirish, mashg‘ulotlarni tashkil etish shakllarini takomillashtirish orqali ularni shaxs va bо‘lajak mutaxassis sifatida rivojlantirishga qaratiladi. Shuningdek, о‘qituvchining mashg‘ulotlarni rejalashtirish, materiallarni tanlash, alohida masalalarni chuqur о‘rganish, turli о‘qitish metodlarini qо‘llash imkoniyatlari kengayadi. “Texnik mexanika” kursi bо‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishda atrof-borliq hodisalarni ajratish va tegishli kattaliklar bilan tavsif eta bilish, hodisalar zamiridagi qonuniyatlarni anglash hamda ulardan aniq bir vaziyatlarda foydalana olish kо‘nikmasini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilishi lozim. Shu bilan bir qatorda, atrof-borliq hodisalarini bilishda ma’lum bir mantiq (hodisani ajratish → uning sifatli modelini qurish → ta’rif vositalarini belgilash → hodisani miqdor jihatdan о‘rganish natijasining tavsifini keltirish) saqlanib qolishi kerak. Texnik mexanika bо‘yicha kurslarining asosiy vazifasi texnika ixtisosliklari talabalari orasida ma’lum bir ob’ektlar va hodisalarni о‘rganishda amaliy bilimlarni shakllantirish ekan, dasturlarni, sо‘ngra о‘quv qо‘llanmalarini ishlab chiqishda materialni 1-rasmda kо‘rsatilgandek guruhlash zaruriyati paydo bо‘ladi. 1-rasm. Ob’ekt va hodisalarni о‘rganish uchun amaliy bilimlarni shakllantirishda, dasturlar va ular asosida о‘quv qо‘llanmalarini ishlab chiqishda materiallarni guruhlash ketma-ketligi. Ilmiy bilimlarning bunday taqdim etilishi mavzularning mantiqiy tuzilmaviy sxemalarida hamda yaxlit “Texnik mexanika” kursida ham kuzatiladi. Quyida “Texnik mexanika” kursining umumtexnika kurslari tarkibiy tuzilmasi mantiqiy sxemalari keltirilgan (2-3-rasmlarga qarang). Mazkur sxemada quyidagilar о‘z aksini topgan: kursning о‘rganish sohasi va maqsadi; kursning tuzilmaviy tarkibi (qanday bо‘limlardan tashkil topganligi); har bir bо‘lim va umuman, kursning maqsad va asosiy vazifalari; kursni о‘rganishda inobatga olinadigan asosiy tushunchalar va kattaliklar; kurs (fan)ni о‘rganishda amal qilinadigan tamoyillar va asoslanadigan qonuniyatlar; kursni о‘rganish natijasida о‘zlashtirilgan bilimlarning qо‘llaniladigan aniq sohasi. Umumiy tarzda aytish mumkinki, kursning asosiy vazifasi mexanik harakat va muvozanat holatlarining umumiy qonuniyatlarini, mexanik harakatlarni keltirib chiqaradigan sabablarni, jismlarning deformatsiyasini о‘rganishdan iboratdir Jumladan, “Statika” bо‘limida moddiy nuqta va absolyut qattiq jismlar muvozanatining umumiy qonunlari, jismlar muvozanatining shakllari, og‘irlik markazi va uni aniqlash usullari kо‘rib chiqiladi. 2-rasm. Tarkibiy tuzilmaning umumiy kо‘rinishi (Texnik mexanika). 3-rasm. Tarkibiy tuzilmaning umumiy kо‘rinishi (Nazariy mexanika) Ta’kidlab о‘tilganidek, barcha hisob-kitoblarni amalga oshirishda statikaning asosiy holatlari va tushunchalaridan kelib chiqiladi. Statikaning mundarijasida amaliy bilimlarning salmog‘i yetarli bо‘lib, bu bilimlar talabalarda bilishga bо‘lgan motivatsiyani kuchaytirgani barobarida ijodiy-kasbiy motivatsiyani ham shakllantiradi. Ilmiy bilish mantig‘iga kо‘ra, talabalar statikaga oid asosiy tushunchalar va kattaliklar (moddiy nuqta, muvozanat, harakatning nisbiyligi, absolyut qattiq jism, tarkibiy qismlarga kuchlarni qо‘shish va ajratish, kuch momenti va shu kabilar)ni yetarli darajada |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling