O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Yaxshi  ot  keyin chopadi, deyishsa-da, katta maqsad yoʻlida oʻzingdagi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Yaxshi 
ot
 keyin chopadi, deyishsa-da, katta maqsad yoʻlida oʻzingdagi 
dangasalikni 
ot



O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 250 -
2-rasm. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) komponentlari. 
1. Leksik tahlil. Leksik tahlil jarayonida matnning 
butun qismi abzatslar, gaplar va soʻzlarga ajratiladi. Bu 
jarayon soʻzlarning tuzilishini aniqlash, tahlil qilish va 
matndagi noharfiy belgilarni aniqlab, ularni oʻchirishga 
erishiladi. 
2. Morfologik tahlil. Bu jarayonda so‘zlar va 
so‘zshakllarni ularning lug‘atdagi shakli (leksikon) bilan 
taqqoslash, asosi (lemmasi) va so‘zlarning grammatik 
shakllari (formant / affiks / affiksal morfemalari) aniqlanadi 
hamda ularga tavsif beriladi [2:24] 
3. Sintaktik tahlil. Sintaktik tahlil gapdagi soʻzlarni 
grammatik jihatdan tahlil qiladi va soʻzlar oʻrtasidagi 
bogʻlanish munosabati aniqlanadi. Masalan, dastur bazasiga 
tushum kelishigidagi soʻz oʻtimli fe’l bilan bogʻlanishi haqida 
qoida berilganligi natijasida “Doʻkonni uyga boradi” gapida 
tushum kelishigidagi soʻz (doʻkonni) joʻnalish kelishigidagi 
soʻz bilan notoʻgʻri bogʻlangani aniqlanadi.
4. Semantik tahlil. Semantik tahlil soʻzlarning 
gapda muayyan oʻrinda qoʻllanganini e’tiborga olib, uning 
ma’nosini beradi va matn mazmunini tahlil qiladi. Bu jarayon 
lingvistik bazada soʻzlarning semantik valentliklari, aniqroq 
aytgada, muayyan soʻzning chap va oʻng tomondagi semantik 
jihatdan maqbul birikuvchi soʻzlari berilgan baza muhim 
sanaladi. Shundagina “issiq muzqaymoq” soʻz birikmasi
Togʻda mushuk oʻtlab yuribdi” jumlasi semantik jifatdan xato 
ekanligi aniqlanadi. 
5. Diskurs 
tahlil. 
Diskurs 
tahlilda 
anaforik 
bogʻlanishlar hisobga olinadi. Bu jarayonda muayyan gap 
boshida kelgan, asosan, koʻrsatish olmoshlari oʻzidan oldingi 
gapdagi qaysi boʻlakka ishora qilinayotgani aniqlanadi. 
Masalan, “Salim tinim bilmaydi. U hozirda ham maktabda, 
ham nashriyotda ishlaydi”. 2-gapdagi “u” koʻrsatish olmoshi 
oʻzidan oldingi gapdagi ega (Salim)ga ishora qilmoqda. 
6. Pragmatik tahlil gapdagi soʻzlarning umumiy 
aloqasi va talqinini aniqlaydi. U tilni har xil vaziyatlarda 
mazmunli ishlatishni keltirib chiqarish bilan shugʻullanadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling