O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 261 -
til (MQT): nazariya va usul” (unda ingliz tilining funksional 
xilma-xilligi muhim rol o‘ynaydi) [1996] yaratilishi tasodifiy 
emas, albatta. Binobari, muayyan maqsadlar qaratilgan tilning 
metodologik masalariga N.B. Gvishianining “Ilmiy muloqot 
tili (metodologiya masalalari)” mavzusidagi monografiyasi 
bag‘ishlangan[4]. Xulosa qilib aytganda MQT (Muayyan 
maqsadlar qaratilgan til) terminining olimlar o‘rtasida faol 
qo‘llanilishi ingliz tilining ommalashuviga yordam berdi, 
natijada, terminologiya bo‘yicha xalqaro konferensiyalarning 
rasmiy ish tili sifatida - ingliz tili tobora keng qo‘llanilishiga 
olib keldi. Bora-bora “muayyan maqsadlar qaratilgan til” 
termini nafaqat xalqaro ilmiy muloqat vositasi sifatida, balki, 
xar qanday soha terminologiyasining muhim bo‘g‘iniga 
aylandi va tilshunoslikda keng qo‘llanila boshlandi.
Jahon tilshunosligida umumiy til quyi tizimi, ya’ni, 
muayyan maqsadlar qaratilgan til tushuchasining rivojlanishi 
o‘zoq tarixga ega. Hozirda ham muayyan maqsadlarga 
qaratilgan til tushunchasi ko‘plab ilmiy tadqiqotlar hali ham 
turlicha ifodalanishini kuzatishimiz mumkin. Masalan: ilmiy 
nutq, ilmiy taqdimot uslubi, ilmiy uslub, sohaviy til, maxsus 
til, ilmiy-texnik uslub, ilmiy-texnik til, ilmiy til va b. 
Jahon tilshunosligida ham, MDH tilshunosligidagidek 
ko‘plab maqolalar mavjud bo‘lib, ularda hozir ham yuqorida 
qayd 
etilgan 
tushunchaning 
muvofiqligi, 
muayyan 
maqsadlarga 
qaratilgan 
til 
va 
milliy 
adabiy 
til 
tushunchalarining 
o‘zaro 
munosabati 
qizg‘in 
baxs-
munozaraga sabab bo‘ladi. 
Muayyan 
maqsadlarga 
qaratilgan 
til 
(keyingi 
o‘rinlarda - MQT)ning o‘ziga xos xususiyatlariga 
bag‘ishlangan 
fundamental 
tadqiqotlar 
qatoriga 
A.I. Komarovaning tadqiqotlarini kiritish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi, nazarimizda. Uning fikricha muayyan maqsadlarga 
qaratilgan 
til 
– “kategorik-konseptual va lingvistik 
xususiyatlarga ega bo‘lgan tilning maxsus turi”, ya’ni 
muayyan soha bo‘yicha muloqot qilishda ishlatiladigan 
“umumiy til” ning o‘ziga xos turi[5]. 
I.S. Kudashevaning tadqiqotida muayyan maqsadlarga 
qaratilgan til – har qanday bilim yoki faoliyat sohasida, 
asosan, soha ma’lumotlarini uzatish uchun ishlatiladigan, 
milliy tilda so‘zlashuvchilarning muloqot jarayonidan farqli 
bo‘lgan, konseptual apparatni aks ettiruvchi tabiiy yoki sun’iy 
lingvistik vositalar to‘plami ma’nosida ifodalangan[6]. 
Yuqoridagi fikr 
muallifi MQTni milliy tilda 
so‘zlashuvchilarning faqatgina muayyan qismigagina tegishli 
deb hisoblaydi. Shunday ekan, milliy tilda muayyan sohaga 
mansubligi bilan farqlanuvchi bir nechta MQT mavjud 
bo‘ladi. Natijada muayyan sohaga oid terminologik lug‘atni 
shakllantirishda 
tavsiflangan 
MQT 
chegaralarini 
aniq 
belgilash olish maqsadga muvofiq nazarimizda. 
Tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida 
muayyan maqsadlarga qaratilgan til muloqotda quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 
1. kommunikativlik funksiyasi – sohaga oid 
axborotlarni uzatishda namoyon bo‘ladi; 
2. kognitiv funksiyasi – insonning til yordamida 
tevarak-atrofdagi voqelikni bilish va ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirish jarayonida namoyon bo‘ladi; 
3. informativlik funksiyasi – insoniyat tomonidan 
to‘plangan tajribani saqlash va uzatish jarayonida namoyon 
bo‘ladi. Muayyan maqsadlarga qaratilgan tilning yuqorida 
keltirilgan 
funksiyalari 
investitsiya 
sohasiga 
oid 
terminologiyani tadqiq qilishda ham samarali hisoblanadi. 
Binobarin xar bir sohada bo‘lgani kabi investitsiya sohasida 
ham o‘ziga xos murakkab terminlar mavjud bo‘lib, ularni soha 
kesimida o‘zaro kichik guruhlarga ajratib o‘rganish, funsional-
semantik, stilistik va tarjima jihatlariga alohida e’tibor berish 
lozim.
Muayyan maqsadlarga qaratilgan zamonaviy tilning 
rivojlanishi (MQT) ko‘p tilli lug‘atning o‘zaro ta’siri bilan 
tavsiflanadi. Binobarin, MQTning leksik tizimi va uning 
tarkibiy qismlari – leksik vositalari alohida o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning chegaralarini ajratib olish 
va tavsiflash masalasiga o‘nlab, balki yuzlab tadqiqotlar 
bag‘ishlangan. 
Muayyan maqsadlarga qaratilgan til birinchi navbatda 
alohida soha tili sifatida shakllangani uchun muayyan sohaviy 
leksikasiga ega bo‘lishi lozim. Nafaqat ingliz va o‘zbek balki 
xar bir tilning markaziy birligi so‘z bo‘lib, uni sohalar 
kesimida o‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. 
Muayyan MQTga yoki sohaviy terminologiyaga oid leksik 
birliklar haqida, tadqiqotchilar hozirda muayyan qarash yoki 
nazariyaga ega emaslar. Shuning uchun leksik vositalarning 
umumiy qabul qilingan tasnifi, xususiyatlari va tipologiyasi 
hali-xanuz mavjud emas va noaniq masalalardan biridir. 
Xozirgi kunda ensiklopediyalar, lug‘atlar, ilmiy 
adabiyotlarda “termin” tushunchasiga hamroh bo‘lgan o‘nlab 
ta’riflar mavjud. 1977 yilda V.P. Danilenko o‘z ishida termin 
so‘zining ma’nosini tushuntiruvchi leksikografik manbalar va 
ilmiy ishlardan to‘plagan 20 dan ortiq ta’riflarni keltirgan[7]. 
O‘shandan beri o‘tgan o‘ttiz yil davomida “termin” 
tushunchasini belgilovchi ta’riflar soni tabiiy ravishda sezilarli 
darajada oshganini taxmin qilish mumkin. 
Lekin tilshunoslar ham ba’zan turli soha terminlarga 
ta’rif 
keltirishda 
qiyinchiliklarga 
duch 
kelishadi. 
R.Bonononing fikricha, tarjimonlar uchun terminologiya bu 
“men bilmagan so‘zlar”, lug‘atda yo‘q so‘zlar yoki sohaviy 
jargondir[8]. 
Hozirgi kunda tilshunoslikda “sohaviy leksika” 
termini tobora faol qo‘llanilmoqda. Biroq ushbu leksika 
tarkibi qanday terminlardan iborat? Tilshunoslikda muayyan 
sohaga oid bo‘lmagan leksika mavjudmi? Barcha maxsus 
leksika tarkibi terminlardan tarkib topganmi? Agar yo‘q 
bo‘lsa, unda terminlardan tashqari qanday birliklar mavjud? 
Yuqoridagi berilgan savollarga aniq javob topish biroz 
mushkul vazifa, nazarimizda. Biroq, ushbu masalalarni hal 
etish uchun terminologiyaga oid juda ko‘p tadqiqotlar olib 
borilgan. 
S.V. Grinev 1993 yilda termin tushunchasi bilan 
bog‘liq bo‘lgan ikkita qarashni ilgari surdi. Birinchi qarashga 
ko‘ra, ko‘plab tadqiqotchilar (ular orasida S.V. Grinev V.P. 
Danilenko ham bor) sohaviy termin umumiy so‘zga aylanib 
bormoqda deb hisoblashadi. Ikkinchi qarash tarafdorlari (ular 
uchun, xususan, S.V. Grinev N.F. Yakovlevga ishora qiladi) 
til rivojlanishi jarayonidagi xar qanday sohaviy terminlar 
kundalik ishlatiladigan faol so‘zlarga aylanadi deb 
hisoblashadi[9]. 
Hozirgi vaqtda investitsiya terminlarini shartli 
ravishda uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz: 
Birinchisi, investitsiya sohasiga oid terminlarning bir 
ma’noli 
bo‘lishi, 
ularning 
semantikasi 
va 
investitsiyaga oid mavzuda qo‘llanilishining qat’iy 
chegaralariga 
ega 
bo‘lishi 
lozim. 
Binobarin, 
investitsiya terminlari ingliz va o‘zbek tillarida milliy 
til lug‘atidagi juda kichik so‘zlar guruhi bo‘lib, 
ularning qo‘llanish sohasi muayyan chegaralari bilan 
ajralib turadi va terminlarning ma’nosi faqat tor 
doiradagi mutaxassislarga ma’lum bo‘ladi. Masalan:

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling