Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida tarixiy
tadqiqotning xolislik va tarixiylik tamoyillari hamda
xronologik, tizimlilik tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. G.Snesarevning
“Реликты домусульманских верований и обрядов у
узбеков Хорезма” nomli monografiyasida [2] Xorazm vohasi
o‘zbeklari turmush tarzidagi qadimiy dehqonchilik bilan
bog‘liq urf-odat va marosimlar masalasi ochib berilgan. Ushbu
tadqiqotlarda Xorazmning dehqonchilik bilan bog‘liq taqvimiy
marosimlari tarkibidagi qadimiy qarashlar yoritib berilgan.
О.Bo‘riyev [3] Navro‘z va undagi amalga
oshiriladigan marosimlarda taqvimlarning rolini tarixiy
manbalar orqali izohlab bergan. Ushbu ma’lumotlar mazkur
mavzuni yoritib berishda ma’lum darajada ahamiyatga egadir.
Muallifning “Murodbaxsh kunlar” risolasi Oy (Qamariy)
taqvimi bilan bog‘liq qarashlarga va ushbu taqvim asosida
o‘tkaziluvchi mavsumiy marosimlarga bag‘ishlangan. XX
asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda Markaziy Osiyo
xalqlari turmush tarzidagi taqvimiy marosimlar etnologlar
tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, J.X.Karmisheva tomonidan
qozoq xalqining dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq
urf-odatlari o‘rganilgan[4]. V.Basilov [5] tadqiqotlarida
turkmanlarning qadimiy va islomdan keying davrlardagi
marosimlari, taqvimiy urf-odatlari haqidagi ma’lumotlar o‘z
ifodasini topgan. Yuqoridagi keltirilgan tadqiqotchilarning
ma’lumotlari Xorazm hududida o‘zbeklarning yil taqvimi
bilan bog‘liq marosimlarning qadimiy ildizlari, ularning
rivojlanish jarayonlarini aniqlashda, shuningdek, ularning
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/9]
ISSN 2181-7324
TARIX
https://science.nuu.uz/
Social sciences
Do'stlaringiz bilan baham: |