O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/70
Sana13.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1091097
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
1.Tarix


Tadqiqot 
metodologiyasi
O’zbekiston 
Respublikasining Uy-joy kodeksi (1998), «Xususiy uy-joy 
mulkdorlari shirkatlari to’g’risida»gi Qonuni (2006), 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 
fevraldagi PF-4947-sonli «O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi, 
2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish 
tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi Farmonlari, 2017 yilning 24 apreldagi «2017-
2021 yillarda ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan 
foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi PQ-2922-sonli qarori hamda sohaga tegishli 
boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada 
xizmat qiladi.
- Tahlil va natijalar. Jahonning turli mamlakatlarida 
uy-joy fondini boshqarish sohasida olib borilgan ilmiy 
tadqiqotlarda asosiy e’tibor mazkur soha boshqaruvining 
tashkiliy asoslarini shakllantirish, sohadagi korxonalarning 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/9]
ISSN 2181-7324 
 
TARIX 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences
 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 
1/9 2022 
- 36 -
faoliyat yo’nalishlarini belgilash va ular tomonidan 
ko’rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirishga qaratilgan. 
So’nggi yillardagi ilmiy tadqiqotlarda esa asosiy e’tibor ushbu 
faoliyatning sifati va samaradorligini oshirish, xususan, uy-joy 
fondini 
boshqarish 
tizimini 
nomarkazlashtirish 
va 
boshqaruvda davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilmoqda. 
Shundan kelib chiqib, bugungi kunda uy-joy fondini 
boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish, boshqaruv 
faoliyatini amalga oshirishda xususiy sektor korxonalari 
xizmatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini 
yuksaltirishda ijtimoiy infratuzilma, jumladan kommunal 
xizmatlarining roli beqiyosdir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda 
ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Keyingi yillarda uy-joy kommunal xo’jaligi borasida 
respublikamizda ahamiyatli yutuq va muvaffaqiyatlarga 
erishilmoqda. 
Hozirgi kunga qadar, sohada uy-joy kommunal 
xo’jaligi sohasida ko’pgina o’z yechimini kutayotgan 
muammolar saqlanib qolib, ularning echimini topishda asosiy 
e’tibor sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, uy-joy 
mulkdorlari shirkatlari faoliyati mexanizmini mustahkamlash, 
ta’mirlash va kommunal xizmat-larning haqiqiy bozorini 
shakllantirish, bu sohadagi monopo-liyalarni tugatish va eng 
asosiysi 
aholining 
turmush 
darajasini 
yaxshilash 
va 
farovonligini oshirishga qaratilmog’i lozim. 
Mazkur uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uy-joy xo’jaligini 
boshqarishda uy-joy mulkdorlari bo’lgan fuqarolarning 
ishtirokini kuchaytirish bo’yicha dolzarb masalalar va hal 
etilishi lozim bo’lgan vazifalar 2017-2021-yillar mobaynida 
mamlakatimizda ustuvor vazifalar qatorida alohida e’tiborda 
bo’ldi. 
O’zbekistonda 
davlat 
uy-joy 
fondining 
xususiylashtirilishi natijasida uning amaldagi boshqaruv 
tizimi, asosan, davlat hokimiyati organlari tomonidan 
ma’muriy usulda tashkil etilishi mulkdorlarda xususiy uy-joy 
mulkdorlari shirkati o’zlarining manfaatli tashkiloti emas, 
balki yangi nom ostidagi sobiq «Uy-joy ekspluatatsiya 
idorasi» degan qarashga olib keldi. Bu esa, aholining aksariyat 
qismida o’zlarining xususiy uy-joylaridagi umumiy mulkka 
nisbatan huquq va majburiyatlarini, xususiy uy-joylarni 
boshqarishdagi o’rni va ishtiroki, boshqaruv sifatini 
yaxshilashdagi rolini to’liq anglamasliklariga olib keldi. Shu 
jihatdan ham, bugungi kunda mamlakatimizda xususiy uy-joy 
fondini samarali boshqarish tizimini takomillashtirish muhim 
hisoblanadi. 2017−2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasida «aholining kommunal-maishiy 
xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish»[2] vazifasi 
belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli ijrosi 
mamlakatimizda xususiy uy-joy fondini samarali boshqarish 
tizimini takomillashtirishni talab etadi.
Sinovlar natijasi xususiy uy-joy fondidan foydalanish 
va uni saqlashning samarali va maqbul shakli Xususiy uy-joy 
mulkdorlari shirkati (XUJMSH) ekanligini ko’rsatdi. 2006 
yilning 12 aprelida «Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 
to’g’risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilinishi 
mamlakatimizda ko’p qavatli xususiy uy-joy fondini 
boshqarishda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o’rni 
va ahamiyati mustahkamlanishiga asos bo’ldi. Bugungi kunda 
respublikamizda 4787 ta XUJMSH hamda 352 ta boshqaruv 
tashkilotlari (2018 yil 1 yanvar holatiga) 32400 tadan ortiq 
xususiy uy-joy binolarini boshqarish bo’yicha faoliyat yuritib 
kelmoqda. Shuningdek, har bir shirkat o’rtacha 6 ta ko’p 
qavatli uylarga xizmat ko’rsatmoqda.
Respubhkamizda 
kommunal 
xo’jaligi 
tizimini 
rivojlantirish va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash 
masalasida ichki imkoniyatlardan foydalanish bilan bir 
qatorda xorijiy inves-titsiyalar va xalqaro moliyaviy institutlar 
kreditlaridan keng foydalanildi. Jumladan, O’zbekiston 
Respublikasi hukumati kafolati ostida kommunal sohada 
rejalashtirilgan loyihalar amalga oshirishga 330 mln. AQSH 
dollaridan ortiq xorijiy invetitsiyalarva kreditlar kiritilib 8 ta 
yirik loyihalar (2.1-jadval) amalga oshirildi. Shuningdek, 
yaqin yillarda respublikamiz kommunal xo’jaligi sohasida 
xalqaro moliyaviy institutlarning investitsiyalari va imtiyozli 
kreditlarini jalb etish hisobiga qiymati 293,8 mln. AQSH 
dollari qiymatiga teng bo’lgan 7 ta ustivor investitsion 
loyihalarni (2.2-jadval) amalga oshirilish reja-lashtirildi. 
O’zbekistonda uy-joy fondini boshqarish tizimi 
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasi, 
ko’p xonadonli uylarda esa uy-joy fondini boshqarish tizimi 
«Xususiy uy-joy mulkdorlari to’g’risida»gi qonunida belgilab 
bo’lib, u uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga 
tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkalarini 
lozim darajada saqlashni, ularga xizmat ko’rsatish va ularni 
ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur 
sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o’z ichiga 
oladi. Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joy 
mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki 
boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.
Aholining 
uy-joy 
fondi bilan bog’liq hayot 
kechirishlari davomida talab etiladigan ehtiyojlarini cheklab 
bo’lmaganiday, ularni guruhlashni ham cheksiz davom ettirish 
mumkin. Ammo, ko’p xonadonli va ko’p qavatli turarjoy 
binolarida asosan uy-joyni obodonlashganlik darajasini 
belgilovchi ko’rsatkichlar mavjud bo’ladi. Hozirgi kunda 
qurilayotgan uy-joy fondida turli yuqori shinamlik darajasiga 
kiruvchi 
ehtiyojlarni 
qondirish 
uchun 
imko-niyatlar 
yaratilmoqda. Ammo, bari-bir ko’p xonadonli turaijoy 
binolarida yuqorida keltirilgan ehtiyojlarning individual 
yaratilishi mumkin bo’lganlarini yaratib bo’lmaydi. 
Alohida qurilgan hovli joylar (texnik-arxitekturaviy va 
geodezik talablarga javob bersa) aynan fuqaro hohlagan 
barcha ehtiyojlarni yaratish imkonini beradi. Hovli-joyida turli 
ehtiyojlarni qondirish uchun shart-sharoitni fuqarolarning 
o’zlari yaratishlari sababli ushbu sharoitlarni mavjudligi 
fuqarolarning moddiy imkoniyat-lariga bog’liq. 
Uy-joy fondidan foydalnishni tashkil etish va 
kommunal xizmatlar ko’rsatish uchun yaratilgan shart-
sharoitlar bilan bog’liq ko’rsatkichlar shartli ikki guruhga 
bo’linadi: 
Birinchi guruhga uy-joy fondidan yil davomida sifatli 
foyda-lanishni tashkil etish bilan bog’liq shart-sharoitlar 
kiradi. Ko’p xonadonli uy-joylarda ushbu vazifalar xususiy 
uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan amalga oshiriladi va 
bularga asosan uy-joylarni mavsumiy ekspluatatsiyaga 
tayyorlash, muxandislik uskunalari (lift, nasos, konditsioner, 
markaziy teleantenna, gaz taqsimlash punkti (GRP), elektr 
taqsimlash 
podstantsiyalari, 
havo 
ventilyatsiyalari)ning 
uzluksiz faoliyatini ta’minlash, tozalikni saqlash, hududni 
ko’kalamzorlashtirish kabi xizmatlar kiradi. Hovli-joyida bu 
guruhga kiruvchi shart-sharoitlarning yaratilishini asosan hovli 
egalarining o’zlari tashkil qiladilar. 
Ikkinchi gumhni kommunal xizmatlar ko’rsatish 
uchun yaratilgan shart-sharoitlar tashkil etilib unga uy-joyni 
obodonlashganlik darajasini belgilovchi ko’rsatkichlarga 
kiruvchi xizmat larni tashkil etilish bilan bog’Iiq shart-
sharoitlar kiradi. Bunda asosan uy-joyni markaziy elektr 
energiyasi ta’minoti, gaz ta’mi-noti, ichimlik suvi ta’minoti, 
issiqlik va issiq suv uzatish tizimiga va oqova suv quvuriga 
ulanganligini kiritish mumkin. 
Ma’lum muddat yashab turish uchun mo’ljallangan 
O’zbekistonda 
uy-joy 
fondini 
boshqarish 
shaklini 
mulkdorlarning o’zlari tanlaydilar, boshqarish shakli ko’p 
jihatdan 
uy-joy 
fondining hajmiga bog’liq bo’ladi. 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling