O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Uy-joy bilan
ta’minlash muammosini o’rganish har bir davrda dolzarb ayamiyat kasb etgan. Sababi, uy-joy sohasi - davlat iqtisodiy qudratining bir qismi bo‘lib, uy-joy va muhandislik inshootlarini qurish, qayta qurish, asrash, saqlash, ta’mirlashni o‘z ichiga oladigan jarayondir. O‘zbekiston Respublikasi uy- joy bilan siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: har bir fuqaro o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab uy-joy qurishi, uni mulk qilib olishi, ijaraga olishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish; uy-joy fondini rivojlantirish va asrash; uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turuvchi fuqarolarga davlat munitsipal uy-joy fondidan uy-joy berish; fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha davlat aniq maqsadli kommunal-uy-joy fondi hisobidan uy-joy bilan ta’minlash, shuningdek ularga kommunal xizmatlarga haq to‘lash va uy-joydan foydalanishda kompensatsiyalar berish hisoblanadi. Shularga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning saylovoldi Dasturida, shuningdek lavozimga kirishish chog‘idagi qasamyodida, Prezident sifatidagi faoliyatining dastlabki besh yilida e’lon qilgan farmonlarida, ayniqsa, «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da va 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»da ilgari surilgan yangi g‘oyalarni o’z ichiga oladi. Bular: – inson manfaatlari va qonun ustuvorligi, hokimiyatning xalq bilan bevosita muloqoti, «davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi», uy-joy sohasida davlat boshqaruvi tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish, adolatli sud tizimini yaratish, ta’sirchan jamoat nazorati mexanizmlarini vujudga keltirish va boshqalar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling