O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana13.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1091097
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
1.Tarix

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 
1/9 2022 
- 40 -
uchun qilingan cho‘ntaklari ham bo’lib, o‘ng yoyga osib 
yurilgan. Chap tomonda esa uzun qilich kamarga osilgan. 
Xanjar va boltacha esa yordamchi qurollar sifatida xizmat 
qilgan. Boshni dubulg‘a himoya qilib turgan. 
Og‘ir qurolli otliq suvoriylar bir safga mahkam 
jipslashib, dushmanga hamla qilganlar. Chunki yolg‘iz harakat 
qilganda bunday suvoriylar barcha ustunliklardan mahrum 
bo‘lgan. Shuning uchun jangovor harakatlarda og‘ir 
qurollangan otliq qismlar bilan birglikda olib borilgan. Jang 
qilishning bunday taktikasi Plutarxning miloddan avvalgi 53 
yilda parfiyaliklarning rimliklarga qarshi qilgan jangini 
tasvirlab yozgan hikoyasida bayon etilgan. Unda yozilishicha, 
lashkarboshi Surena boshchiligidagi parfiyaliklar Mark Krass 
qo‘mondonligi ostida Rim regionlarini butunlay tor-mor 
keltirgan edilar. Parfiyaliklar avvalga rimliklar safini 
o‘zlarining og‘ir qurolli otliqlar bilan yorib o‘tish fikridan voz 
kechganlar. Ular dushman ustiga o‘q yog‘dirganlar. O‘q 
zaxiralari ko‘p bo‘lgan, chunki jang paytida tuyalardan 
tinimsiz o‘q keltirib turgan. Rimliklar ularga hamla qilishga 
qaror qilgan paytda yengil otliqlar “soxta chekinish” bilan 
otryadining bir qismini o‘z ortlaridan ergashtirib ketganlar. 
Shu tariqa ularni rimliklar qo‘shinining asosiy qismidan uzib 
qo‘yganlar, aynan shu paytda yengil otliqlar yoylardan o‘q 
uzib, og‘ir otliqlar esa nayzalar bilan hujum qilib, dushmanni 
qirib tashlaganlar. Shundan so’ng parfiyaliklar qayta saflanib, 
rimliklarning asosiy kuchlariga hujum qilganlar. Avangardda 
og‘ir suvoriylar borgan va rimliklarni uchli nayzalar bilan 
front tomonidan siqib kelganlar, yengil otliq qismlar esa 
ularning yon qanotlaridan o‘qqa tutganlar. Birgalikda qilingan 
mana shu hujum jang taqdirini hal qilgan va shu vaqtga qadar 
mag‘lubiyat nimaligini bilmagan rimliklar tor-mor bo‘lganlar. 
O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida topilgan, 
miloddan avvalgi I asrga mansub Xolchayon saroyidagi 
bo‘rtma tasvirlar, shuningdek, Taxti Sangin ibodatxonasidan 
topilgan Sulk plastinkalar Kushon davlatida ham, xuddi 
parfiyaliklarda bo’lgani kabi yengil otliqlar va og‘ir qurolli 
otliq suvoriylar mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.
Og’ir qurollangan otliqlar va ularning yuzma-yuz 
to’qnashuvda jangni olib borish usuli yana bir noyob 
yodgorlikda – Samarqand viloyatidagi qo’rgondagi qabrdan 
topilgan (miloddan avvalgi I-milodiy I asrlarga mansub) ikki 
dona yirik suyak plastinkada o’z aksini topgan.
Bu plastinkalarning birida jang tasviri o’yib ishlangan, 
ikkinchisida esa yakkama-yakka jang tasvirlangan. Bu tasvirda 
og’ir 
qurollangan 
otliq 
suvoriylarning 
katafraktarlar 
qurollanishiga xos barcha belgilar aniq ko’zga tashlanadi. 
Plastinkadan ishlangan, bo’yinni himoya qiladigan, tik yoqali, 
tizzagacha tushib turadigan, keng, zirhli yupkasimon qismga 
ega bo’lgan sovut suvoriyning butun gavdasini berkitib turgan.
Plastikada Qang‘ davlatidagi zodagonlar o‘rtasidagi 
jang lavhalari aks ettirilgan. Bu jangda askarlar dudama 
qilichlar, bolta, nayza va yoylardan foydalanganlar. Bu 
tasvirdagi taktik vazifa – guruhlardan birining qo’lida ikki 
dumli ajdarho ko’rinishidagi tig’ni ushlab turgan sarkardani 
yo’q qilishdir. Uning qo’lidagi tig’lar gazlama parchalaridan 
nov shaklida tiqilgan bo’lib, ot chopayotgan paytda ichiga 
havo kirib, o’ziga xos ovoz chiqargan. 
O’rta Osiyoda paydo bo’lgan yangi taktikani 
keyinchalik rimliklar ham qabul qildilar. Keyingi asrlarda ikki 
qo‘shin turining birgalikda harakat qilishi O’rta Osiyoning 
o’zida yanada rivojlandi. O’ziga xos taktikaga ega bo’lgan 
og’ir qurolli otliq suvoriy qo’shinlardan foydalanish 
tajribasidan boshqa xalqlar ham ibrat oldilar. Bu hol ko’p 
asrlar davomida nafaqat Sharqda, balki Sharqiy va G’arbiy 
Yevropada ham harbiy san’atning rivojlanishini belgilab berdi. 
Qadimgi davrda yengil qurollangan otliq qo’shinning 
harbiy taktikasi yalpi shiddatli hamlaga o’tishdan iborat edi. 
Ot ustidan o’q uzayotgan otliqlarning tartibsiz oqimi dushman 
ustiga yomg’irdek o’qlar (ko’p hollarda zaharli o’qlar) 
yog’dirar, so’ngra esa yana shiddat bilan orqaga qaytar edi. 
Qadimgi davr tarixchilari buni, “qochib jang qilish” usuli deb 
ataganlar. Bu usulga ko’ra, jang chog’ida otliq askarlar orqaga 
o’girilib, o’q uzadilar va dushmanni o’zlarining orqalaridan 
ergashtirib ketadilar. Keyin esa birdaniga orqaga qayrilib
jangga kiradilar, lekin qo’l jangiga faqat vaziyat majbur 
qilgandagina kirishganlar. 
Xulosa. Shu tariqa tarixiy manbalarni o’rganish shuni 
ko’rsatadiki, aynan shu davrlarda O‘rta Osiyoda yashovchi 
ko’chmanchi xalqlar tomonidan qo’llanilgan harbiy taktika 
tarix sahnasiga chiqdi. Bu taktikaning mohiyati shundan iborat 
ediki, ko’chmanchi qabilalarda o’zlaridan harbiy jihatdan 
ustun bo’lgan muntazam qo’shinlarga qarshi kurashda o’zini 
sarosimaga tushgandek ko’rsatib, orqadan ta’qib qilgan 
dushman qo’shinini o’z orqasidan ergashtirib sahrolarga, 
dashtlar yoki o’zlari jang qilish qulay bo’lgan tekislik joyga 
olib chiqish va pistirmada turgan qo’shinlar yordamida qirib 
tashlash usuli keng tarqalgan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling