O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/70
Sana13.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1091097
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Bog'liq
1.Tarix

 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 
1/9 2022 
- 39 -
ham tashkil etadi. Yozma manbalar, tarixiy, arxeologik 
tadqiqotlar natijalari va tegishli ilmiy adabiyotlardan 
kompleks foydalangan holda biz bu mavzu manbashunoslik 
doirasini kengaytirishga harakat qildik. 
O’zbek xalqi harbiy san’ati tarixiga qiziqish nafaqat 
bizning mintaqamizda, balki Osiyo va Yevropaning, Sharq va 
G’arb dunyosining mutaxassislari orasida ham katta bo’lgan. 
Xususan, Amir Temur davri harbiy san’ati butun dunyoda 
katta qiziqish uyg‘otganligi ma’lum. Lekin shunga 
qaramasdan o’zbek xalqi harbiy san’atining shakllanishi va 
rivojlanishi tarixiga, xususan qadimgi davrlardagi harbiy 
san’ati masalalariga bag’ishlangan yaxlit ilmiy asarlar 
O’zbekistonda hozirgacha yaratilmagan, qurol-yarog‘lar va 
mudofaa inshootlarining paydo bo’lishi va evolutsiyasi, 
qo’shin tuzilishi, boshqaruv tartiblari va harbiy san’atga 
tegishli boshqa masalalarga yetarlicha ilmiy-tarixiy baho 
berilmagan. Bu masalalar so’nggi yillarda paydo bo’lgan 
ko’plab kichik maqolalarda yoritila boshlagan bo’lsada, lekin 
ular o’zbek xalqi harbiy san’ati tarixining yaxlit manzarasini 
bera olmaydi. 
Tadqiqot metodologiyasi. O’rta Osiyoda dastlabki 
harbiylar kuchlar bronza davrida, harbiy demokratiyaning 
rivojlangan paytidan boshlab paydo bo’ldi. Dastlabki harbiylar 
voyaga yetgan erkaklar bo‘lgan. So’nggi bronza va ilk temir 
davriga kelib, ilk davlatlar paydo bo’lishi va ularning o’z 
hududlarini himoya qilish, kengaytirishga yo’naltirilgan 
siyosati jamiyat hayotida harbiylarning mavqei oshib ketishiga 
olib keldi. Bu ayniqsa tashqi harbiy xavf paydo bo’lganda 
yaqqol kuchayib turardi. Chunki, tashqi dushmanlar hujumi 
davrida aholi orasidan, asosan erkaklardan lashkar to’plangan, 
ular o’sha davrda eng qudratli harbiy qurol bo’lgan nayzalar, 
uloqtirma nayzalar, o’q-yoylar bilan qurollangan. O’qlarning 
uchlari ko’pincha chaqmoqtoshlardan yasalgan, bundan 
tashqari, ular dudama pichoqlar va xanjarlarga ham ega 
bo’lganlar. Bu davrda nayzali oyboltaga o’xshagan jang 
qurollari – (klevest) paydo bo‘lgan. Bu turdagi kistonlar 
Mesopotamiya (Dajla va Frot daryolari oralig’ida) da ham 
topilgan bo’lib, u yerdagi shahar – davlatlarning uyushgan 
armiyasi tarkibida o’q-yoylar, nayzalar bilan qurollangan 
jangchilar qatorida kistonchilar hamda mavjud bo’lgan. 
Gerodotning qayd etishicha, To’maris boshchiligidagi 
massagetlar Kir II qo’shiniga qarshi kurashda saklarga xos 
bo’lgan “qochib jang qilish” taktikasini qo’llaganlar. Oldin 
To’maris, go’yo uning boshiga tushgan kulfat (o’g’lining 
o’limi) tufayli o’z kuchlariga ishonchini yo’qotgandek harakat 
qiladi va ataylabdan kechikib, Kirni o’z ortidan bir dara tomon 
ergashtirib boradi, u yerga esa pistirma qo’yilgan edi. Avval 
bir-birlarini kamondan o’qqa tutish bilan boshlangan jang 
keyin qo’l jangiga aylanib ketadi, nayzalar va qilichlar bilan 
ayovsiz urush olib boriladi. Gerodot “eng shiddatli” deb 
ta’riflagan bu jangda massagetlar fors qo’shinlarini tor-mor 
keltiradilar. 
Massagetlar qo’shiniga ayol kishi rahbarlik qilgani 
yagona farq emas. Zero, Ktesiy Knidskiy va boshqa mualliflar 
ham sak ayollarining otga minib erkaklar bilan bir qatorda 
jang qila olganliklari haqida boshqa misollarni ham qayd 
etadilar. Zarina, Spaterra singari ayol qabila boshliqlari shular 
jumlasidandir. 
Gerodot va boshqa yunon mualliflari asarlarida 
forslarning 
qadimgi 
Grestiyaga 
uyushtirgan 
harbiy 
yurishlarida qatnashgan baqtriyaliklar, saklar, sug‘diylar 
haqida ham ma’lumotlar mavjud. Xususan, mil.avv. 490 yilda 
bo’lib o’tgan Marafon jangida sak qabilasi suvoriylari 
ahamoniylar qo’shinining markaziy qismini tashkil etgan[3]. 
Gerodot Ahamoniylar shohi Kserks (mil.avv. V asr) armiyasi 
tarkibida Grestiyaga uyushtirilgan keng ko‘lamdagi harbiy 
yurishlarda O’rta Osiyolik jangchilarning ishtirok etganligini 
yozib, ularning qurol-yarog’larini batafsil ta’riflab beradi[3]. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling