O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
Tahlil va natijalar. O’rta Osiyo hududini bosib olgan
Ahamoniylar mahalliy kuchlardan o’z harbiy yurishlarida foydalanganlar. Ahamoniylar qo’shini tarkibidagi xorazmliklar, sak-massagetlar va baqtriyaliklarning otriyadlari ko’p janglarda eng faol kuch bo’lganlar. Masalan, makedoniyalik Aleksandr bilan Ahamoniylar o’rtasida miloddan avvalgi 331 yilda Gavgamel yonida bo’lib o’tgan janglarda ishtrok etgan saklarning otliq askarlari makedoniyaliklar safini yorib kirib, avangard qisimlarni qochishga majbur etganlar. Baqtriyalik va sug’dlik jangchilar jasorati va harbiy mahorati keyinchalik O’rta Osiyoga bostirib kirgan yunon- makedonlarga qarshi miloddan avvalgi 329-328 yillarda Spitamen boshchiligida ko’tarilgan qo’zg’olonlar davomida yanada yorqin namoyon bo’ldi. Ular bir necha yil davomida o’z vatanlarini bosqinchilardan ozod qilish uchun faol kurash olib bordilar. Mahalliy jangchilar mardonavor kurashlarda qo‘llagan harbiy uslublari tufayli ko’p janglarda dushmanga pand berganlar. Shu sababli ham makedoniyalik Aleksandir o’z yurishlari tarixida ilk bor O’rta Osiyoda mag’lubiyat alamini tortgan, bu esa ajdodlarimizning yuksak harbiy mahoratga ega bo’lganligidan dalolat berar edi. Yunon-Baqtriya podsholigi davriga kelib, mamlakatimiz hududidagi harbiy qo’shinlar tarkibida yunonlar va baqtriyaliklardan iborat yengil otliq qo’shin tashkil topdi. Og’ir qurollangan nayzabardorlar va yengil o’qchilardan iborat piyoda qo‘shinlari tuzildi. Qo‘shin tarkibida Hindistondan keltirilgan jangovor fillarga ega harbiy guruhlar ham bor edi. Bu fillarga ichiga jangchilar joylashib olgan minorachalar mahkamlab qo’yilardi. Fillarni pistirmada ushlab turganlar va jangni hal qiluvchi lahzasida urushga solganlar. Keyingi davrlarda, aniqrog’i, Parfiya podsholigi, Kushon podsholigi Qang’‘davlati davrida harbiy taktika va qurol-yarog‘‘ yanada takomillashib bordi. Bu davrda ko’chmanchi va o‘troq aholining barcha sohalardagi o‘zaro ta’siri harbiy sohada ham yaqqol namoyon bo’ldi hamda og’ir qurollangan otliq qo’shin (katafraktarlar) – suvoriylar qismi tashkil topdi. Bu sifat jihatdan yangi, o’z taktikasiga ega bo’lgan qo’shin turi edi. Ushbu qo’shin turi oldingi vaqtlardagi sovutli suvoriylardan tubdan farq qilardi. Garchi, eramizdan oldingi VI-V asrlardayoq massagetlarda yopinchiqli otlarda nayza tutgan holda jang qiluvchi og‘ir qurollangan suvoriylar mavjud bo‘lgan bo‘lsa- da, ularning soni uncha ko‘p emas edi, harbiy otryadlarning asosiy kuchini yengil qurolli otliqlar tashkil etadi. Parfiya podsholigi, Kushon podsholigi Qang‘ davlati davriga kelib esa, og‘ir qurollangan otliq suvoriylar ko‘paytirilib, ularning qurol-yarog‘lari va taktikasi takomillashdi. Qang‘ davlatida yangi turdagi qo‘shin va uning taktikasini yaratishga qaratilgan harbiy islohatlar natijasida nafaqat og‘ir qurolli otliq suvoriylar, balki og‘ir qurolli piyodalar ham tashkil etadi. Qang‘ suvoriylariga xos xususiyat ularning og‘ir, himoyalovchi yarog‘lari edi. Suvoriylar tanalarining asosiy qismini plastinkali va tangali sovut berkitib turgan. Zirhli kiyimlar kiygan bahodir jangchilarning otlariga ustiga charmdan yoki metalldan tayyorlangan yopinchiqlar yopilgan. Ammo ular bunday yopinchiqlardan hamma vaqt ham foydalanavermaganlar. Arxeologik ashyolarda yopinchiqsiz ot mingan suvoriylar tasvirlari ham uchrab turadi. Qang‘ suvoriylariga xos yana bir xususiyat – ularning qurol-yarog‘lari orasida uzunligi 4 -4,5 metrgacha boradigan uchli nayzalarning mavjudligi edi. Bu nayzalar og‘irligi bois doim ikki qo‘llab turib turilar edi. Otlarni esa jangchilar harakat chog‘ida tizzalari va ovozlari yordamida boshqarganlar. Ot anjomlari orasida qoshiga uzun yoy osilgan egar bo‘lgan, ammo, ilgarigidek o‘zagi bo‘lmagan. Suvoriylarning qurol-yarog‘i orasida katta yoy ham bo‘lgan. Yoy uchun mo‘ljallangan sadoq va bu sadoqning o‘qlar solish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling